“Mehrjon” – bayramlar asli!
Maktab zali bayramona gullar,sharlar bilan bezatilgan.sahna atrofiga mevalar,poliz mahsulotlari terib qo`yiladi.
1-o`quvchi: 2-o`quvchi:
Odamlaru odamlar, Bog`bonlaru dehqonlar,
Eshitmadim demanglar. Mirishkor paxtakorlar.
G`ir-g`ir shamol yelipti, Hosilni yig`ib –terib,
O`lkamga kuz kelibdi. Keldilar mehmon bo`lib.
1-2 –o`quvchilar birgalikda
Bu “Mehrjon” bayrami,
Hursand qilar hammani.
1-boshlovchi: 2-boshlovchi:
To`ylardan darak berar Yurtimizga sep yoydi
Karnay-surnay sadosi. Oltin kuz fasli.
Yuraklarga zavq solar Bu faslda “Hosil bayram”-
Uning nash‘-u namosi. Bayramlar asli.
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar,aziz ustozlar!
2-boshlovchi:
Assalomu alaykum, mehribon ota-onalaru,qadrli tengdoshlar!
1-boshlovchi:
Bugun biz sizlarni bayramimizning aziz mehmonlari sifatida muborakbod etaamiz!
2-boshlovchi:
Barchangizga bayram muborak bo`lsin!
Raqs:4-“A” sinf oquvchilari ijrosida raqs.
(Chet eldan kelgan mehmonlarimiz kirib kelishadi.)
Ingliz tilida salomlashadi va ular O`zbekistonimizga mehmon bo`lib kelganliklarini,
maktabi oldidan o`tib ketayotganda bayram shodiyonasi eshitilayotganligini va bu yerga kelganliklarini aytishadi.
1-boshlovchi:
Xush kelibsizlar aziz mehmonlar,marhamat mehmonimiz bo`linglar!
1-boshlovchi:
“Mehrjon” bayrami kuz marosimlari negizida taxminan 2-3 ming yiul muqaddam paydo bo`lgan. U kuzgi kun va tun tengligi,hosil yig`ish yakuni,qishga tayyorgarlikning boshlanishi kabi hodisalarni aks ettirgan bayram bo`lib,10-15 asr mobaynida Navro`zdan keying bayram sifatida keng nishonlangan,shuningdek yil yarmi vazifasini o`tagan.
2-boshlovchi:
Bilasizmi, “Mehrjon” xalqimizning an‘anaviy bayramlardan biridir.Xalqimiz tabiat uyg`onishi,dalalarda ish boshlanishini “Navro`z ” sifatida bayram qilishsa, o`simlik dunyisining o`sishdan to`xtab,uyquga ketishi,mehnat mavsumi yakunlanayotganligini “Mehrjon” shaklida bayram qiladilar.
1-boshlovchi:
Mehrjon-kuz bayrami,to`kin- sochinlik,hosilni yig`ishtirib olish,dehqon mehnatini e‘zozlaydigan,kishilar orasidagi mehr-oqibatni oshirish bayramidir.
2-boshlovchi:
Shu sababdan ham kuz faslini barchamiz yaxshi ko`ramiz. Kuz faslida ona Vatanimiz yanada go`zalroq ko`rinadi.
Raqs:4-“B” sinf o`quvchilari ijrosida raqs.
Raqs:4-“A” sinf qizlari ijrosida raqs.
Kuz keldi bizlarga oltin kosada
Sharbat ola kedi,bolo la keldi.
Savat-savat qilib shirin mevalar,
Omborlar liq to`la bol ola keldi.
(Davraga Kuz fasli va Dehqonbobo kirib kelishadi.)
Kuz fasli:
Oltin kuzman, oltin kuz, Hosilni yig`ib olgach,
Doim to`kin shochin kuz. Bog`larni tuzataman.
Hosil mo`l-ko`l bo`ladi, Issiq mijoz qushlarni ,
Qo`yni –qo`njim to`ladi. Janubga kuzataman.
Dalalar gavjum,quvnoq, So`ng xotirjam o`tirib,
Bog`lar sariq oltinday, Yeyman bayram g`amini.
Qayerga qaramasak , Siz ham bir tanib qo`ying,
Ko`zni olar hay-hay-hay. “Mehrjon” bayramini.
Dehqon bobo:
Salom aziz ,jon bolalar Nasibangiz to`liq bo`lsin.
Tog`da o`sgan gul-lolalar. “Hosil bayram” yoqar bizga,
Bayramingiz qutlug` bo`lsin, Bolajonlar , rahmat sizga!
(Yaproqvoy barcha mevalarni boshlab kiradi).
Yaprog`oy:
Men sap-sariq Yaproqman,
Oltinday yaltiroqman.
Qushdek yengil parvozim,
Shaldir-shuldir ovozim.
Menga hamroh bo`lsangiz,
Rosa maza qilasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |