Mehriniso: Men istayman bo’lmoq shifokor



Download 0,56 Mb.
bet4/4
Sana31.12.2021
Hajmi0,56 Mb.
#204093
1   2   3   4
Bog'liq
kasblar kopdir dunyodamen chi men kim

Informatika ustoz:Men-chi kompyuterni egallab mutloq,

Informatikadan beraman saboq.



Paxtakor:Paxtakor akam kabi,

Shu kasb egasi bo’lgum.

Mashinada paxta terib,

Men elimga tanilgum.



Yozuvchi:Kitob yozib odamlarga

Yaxshilik ulashaman

Qalam bilan yovuzlikka

Qarshi men kurashaman.



Quruvchi:Orzularim ulashib,

Men quruvchi bo’laman.

Osmon o’par binolar,

Maktab, bog’cha, saroylar,

Qurishni do’ndiraman.

Bulder(Quruvchi)

I want to be a builder and build the houses,

In the cities,in the towns,

Supermarkets,hotels and banks

For the people,for the guests.
Nonvoy:Issiq tandir oldida,

Non yopish ham osonmas.

Nonni isrof qilganlar,

Buni bilsa yomonmas.



Qo’shiq:Sartarosh

Kaminaning nomlari

Mulla Ali jon Ali

Qo’llari gul o’zlari,

Shirin-shakar so’zlari.

Hey-hey do’stlarim,

Yurtimda to’y-tomosha bayrami.

Bayrami,bayrami,

Xizmatida hey barakallo,Ali.

Jonginam Ali kasbi-korim sartarosh,

Oromijon-ey,sarviravoney.

Tikuvchi:Chiroyli liboslarni

Juda yaxshi ko’raman.

Katta bo’lsam, albatta,

Zo’r tikuvchi bo’laman.

Sizga nima? Ko’ylakmi?

Yo tikib beray nimcha?

Shoshmay turing azizlar,

O’rganib olay picha.



Harbiy:Men askarman doimo

Hushyorlik menga qurol

Darrov sezaman hatto

Shitirlasa gar shamol.

Axir ona vatanim

Tikkan menga ko’zini

Fido etib bu jonim

Oqlayman yurt tuzini



Duradgor:Juda ko’p hunarlar bor,

Eng keragi duradgor.

Yasayman turli jihoz,

Ustaxonam keng va soz.



Pardozchi:Eshiting quloq osib,

Pardozchi ham kasb

Pardoz qilsam yuzingiz

Tanimaysiz o’zingiz

Pardoz bo’lsa sizga mos

Bildirmaymiz e’tiroz

Aytasiz ming bor rahmat

Qo’lingiz ko’rmasin dard



Danser(Raqqosa)

She is a danser,she likes dansing,

She brings happiness to us.

She dances for “Lazgi” and “Tanovar”,

She is really our star

She dansces for national “Dilxiroj”

Let’s enjoy and let’s watch!

Qoshiqqa qizlar raqs ijro etadi.”Doiraqoshigi.

Bo’yoqchi:Men bo’lmoqchi bo’yoqchi

Uning ishiga boqchi

Bo’yalgan zahot xona

Go’zallashadi yana

Cho’tka bo’yoq,purkagich

Ular bilan ko’ngil tinch

Sariq yashil ko’k bo’yoq

Buncha go’zal hamma yoq



Kulol:Men-chi bo’laman kulol

Sizni qilib hayron lol

Yasasam ko’za idish

Juda maroqli bu ish

Loy go’yoki jonlanar

So’ng ko’za olovlanar

Keyin naqshi chizilar

Tayyor bo’lib tuzilar



Haydovchi:Mashinam pishqiradi,

G’izillab tez yuradi.

Haydovchiman tin bilmas,

Manzilni aytsangiz bas.



Zargar:Men zargar bo’lib,yarataman ajib bir bezak

Unda jilolanadi momolar aksi

Ajdodlar merosin asramoq kerak

Shunda davom etar o’zbekning nasli.



Qo’shiq:Oshpaz.

Oshpazlik kasbu-korim,

Mehnatim-iftixorim.

Mana katta qozonda,

Qozonda,qozondayey,

Damlab qo’ydim palovni,

Palovni,palovniyey.

Olmasin deb tagini,

Tagini,taginiyey.

Pasaytirdim olovni,

Olovni,olovniyey.

Cook(Oshpaz)

I am a cook and I cook,

I am reading cooking book.

Cooking is tasty and good,

I have many kinds of food.

I have meat and I have oil,

I want to fry and I want to boil.

15-o’quvchi:Bo’lay desang bog’bon

Yo vatanga posbon

Yo osmonda uchuvchi

Yo dengizda suzuvchi,

Nimaiki qilsang tilak

Bariga o’qish kerak.



16-o’quvchi:Hunar o’rgan, ey o’glon,

Hunar senga asqotar.

Hunarlar ko’p, soni yo’q,

Sanasang, qator-qator.



17-o’quvchi:O’rgan o’glim yigitsan,

Yetmish hunar oz senga

“Hunarli er kam bo’lmas”

Maqolin ol esinga.



18-o’quvchi:Mayli duradgor usta,

Chilangar bo’l, xohishing,

Xalqqa biron manfaat,

Yetkazsin qilgin ishing.



19-o’quvchi:Binokor bo’l, ha balli,

Bizga sos uylar kerak.

Bastako bo’l, marhamat,

Sho’x qo’shiq, kuylar kerak.



20-o’quvchi:Rizamat bobodek bo’l,

Yashnat vatan bog’larin.

Har qarichi oltindir,

Cheksiz bug’doyzorlarin.



Hamma:Hunarli bo’l, ilm ol,

Har ikkisi ham zarur.

Hunar-bu baxtu iqbol,

Belga quvvat, ko’zga nur.



Sahna ko’rinishi:Sunnatilla Anorboyevning “Bahs”hikoyasi asosida.

Muallif:Oqsoy qishlog’ida Halim,Salim,Karim degan bolalar bor.Ular sinfda ham yonma-yon o’tirishadi.Darsni ham birga tayyorlashadi.Ta’til yaqinlashgan edi.Uch o’rtoq yozda qiladigan ishlari to’g’risida suhbatlashishyapti.

Karim:O’qish tugagan kunining ertasigayoq yaylovga ketaman.Bo’ribosarni ergashtirib,qo’y boqishga otamga yordamlashaman.Katta bo’lsamchi otamdek cho’pon bo’laman.Cho’ponlikdan yaxshi kasb yo’q olamda!

Muallif:Karimning so’nggi gapidan Halim va Salimning jahli chiqdi.

Ikkalasi:Nega endi?

Halim:Mana masalan mening otamday hisobchi bo’lish yomonmi?Fermer xo’jaligida kim qanday ish qiladi,qancha ish haqi oladi,cho’ponlar qancha davlatga yog’,jun,go’sht,sut yetkazishini hisoblab beradi.Men katta bo’lsam otamdek hisobchi bo’laman.

Karim:I-i anavini qaranglar!

Salim:Xo’jalik mulki omborxonada saqlanadimi yoki ko’chadami?

-Albatta omborxonada!



Salim:Omborxonani kechasi otam qo’riqlaydi.Xo’jalik don-duni,go’sht yog’i-yu asbob-uskunalarini otamga ishonib topshirib qo’yibdi!Men katta bo’lsam otamdek qorovul bo’laman.

Uch o’rtoq bahslashib qoladi.



Muallif:O’qishlar ham tugadi.Karim ertaga buvasi bilan tog’ga jo’naydi.Lekin Karimning qovog’i soliq edi.Buvasi hayron edi.

Karim:Buva cho’ponlik yomon kasbmi?

Buvasi:Yo’q chirog’im

Karim:Qorovullik-chi?

Buvasi:Qorovulchilik ham.

Karim:Hisobchi bo’lishchi?

Buvasi:Hisobchilik ham yaxshi.

Karim:Ichida eng yaxshisi qaysi?

Buvasi:Kasbning yomoni bo’lmaydi.

Karim yugurganicha soy bo’yiga ketdi.O’rtoqlari oldiga borib chimga cho’ziladi-da:

-Hech bir kasbning yomoni bo’lmaydi!(hansiraydi)

Sening otangning qorovulchilik kasbi ham yaxshi,sening otangni hisobchilik kasbi ham yaxshi….



Ikkalasi:Sening otangning ham kasbi yaxshi.

Uchalasi ham xursand bo’lishib uyga qaytishadi.



Shahrizoda:Ammo atrofga qarang

Kasb hunar ko’p rang-barang

Hammasin eslab ko’ring

Biriga ega bo’ling

Ekskavatorchi, naqqosh

Qandolatchi, sartarosh

Muhandis, bastakor

Chilangar dirijyor

Temir yo’lchi gilamdo’z

Hamshira yoki zardo’z

Shaxtachi hamda jongle

C hegarachi suxandon

Harbiymi yoki bog’bon

Iqtisodchi hisobchi

Aytmaganimni topchi

Charos:Ziroatchi kimyogar

Barin o’ylasak agar

Etikdo’z yoki rassom

Sanasak bo’lmas tamom

Hammasi juda zarur

Bari hurmatli erur

Kasb hunarlar har joyda

Xalqqa keltirar foyda



Aziz:Do’stim endi o’ylab boq

Qay biriga ishtiyoq

Qalbbingda bo’ldi paydo

Qay biri qildi shaydo

Xoxlaganingni tanla

Zarurligingni tanla

O’qi o’rgan mehnat qil

Harakat qil mustaqil

Bu yo’lda senga ta’lim

Berar ustoz muallim



1-boshlovchi:Birimiz tadbirkor birimiz me’mor

2-boshlovchi:Birimiz shifokor birimiz dehqon

3-boshlovchi:Birimiz kuy qo’shiq yaratsa agar

4-boshlovchi:Birimiz sarhadda bo’lamiz qalqon

Hamma:Yurt rivoji uchun mehnat qilamiz

Shu ozod vatanni obod qilamiz.



Sinflar o’rtasida musobaqa.

4-sinf o’g’illari o’rtasida tugmani qadash musoboqasi o’tkaziladi.

3-sinf qizlari orasida “So’z top”metodi-“Mehnatsevarlik”

2-sinf o’quvchilari o’rtasida “Sehrli shar”metodi.Sharni shishirib,yorib ichidagi savolga javob berish.

1-sinf o’quvchilari o’rtasida “Xotira”mashqi.Bunda kasb-hunarlar nomi aytiladi.

G’olib o’quvchilarga estalik sovg’alari beriladi.



1-boshlovchi:Shu bilan bizga ajratilgan vaqt o’z nihoyasiga yetdi.

2-boshlovchi:E’tiboringiz uchun rahmat.

3-boshlovchi: Aziz o`quvchilar, jonajon yurtimizga xizmat qiladigan ajoyib bilimdon farzandlar bo`lib yetishing.

4-boshlovchi: Bilim cho`qillarini egallang. Vatanimizni chin dildan sevadigan vatanparvarlari bo`lib yetishing.

Buxoro viloyati Romitan tumani 1-umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi Murodova Surayyo






Vebsayt:www.btr2014.zn.uz tel:94-543 71 70

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish