2-boshlovchi : Bizning shior:
Hamma:’’ Kim kasb-hunarni desa u dono bo’lur,
Nodonlar qudrat deb boylikni bilur.”
3-boshlovchi:Darhaqiqat,dunyoda kasb-hunarlar juda ko’p.Hayotda har bir kasbning o’ziga yarasha o’rni,ahamiyati bor.
4-boshlovchi:Kelinglar hozir shu haqida o’quvchilarimiz fikrlarini tinglasak.
1-boshlovchi:Kim bolalarga ta’lim-tarbiya beradi?
Hamma:Muallim ustoz.
2-boshlovchi:Kim insonlarni davolaydi?
Hamma:Shifokorlardir albat
3-boshlovchi:Kim chiroyli imoratlar quradi?
Hamma:Quruvchidir quruvchi.
4-boshlovchi:Kim tansiq taomlar pishiradi?
Hamma:Qo’li shirin oshpazlar.
1-boshlovchi:Kim bejirim kiyimlar tikadi?
Hamma:Mohir tikuvchi
2-boshlovchi:Kim odamlarning uzog’ini yaqin qila oladi?
Hamma:Sezgir haydovchi
3-boshlovchi:Kim vatanini qo’riqlaydi?
Hamma:Epchil harbiylar
4-boshlovchi:Kim turli-tuman noz-ne’matlar yetishtiradi?
Hamma:Albatta dehqon.
Yulduz:Bizlar ilm o’rganib
Kasbga havas uyg’otdik
Bugun do’stlar bilan birga
Biz tadbir tayyorladik
5-o’quvchi: Kasblar ko’pdir dunyoda
Bir biridan ziyoda
Kasb hunarni egallar
Ishtiyoqqa egalar
Orzuli bo’lsa yurak
Bajo bo’lar har istak
6-o’quvchi:Yildan yilga ulg’ayib
16 ga to’laman
Kasblar juda xilma-xil
Men-chi,men kim bo’laman?
7-o’quvchi:Kasb-hunarning yomoni bo’lmaydi.Muhimi,inson o’z ishini puxta egallashi va mehnati bilan el-yurtga,oilasiga naf keltirishidir.
8-o’quvchi:Novvoy xalq dasturxonini to’yimli va shifobaxsh nonlar bilan ta’minlasa,shifokor bemorlarni davolaydi.
9-o’quvchi:Haydovchi odamlarning uzog’ini yaqin qilsa,dehqon el dasturxoniga shirin-shakar qovun-tarvuzlar,don mahsulotlari va sabzavotlar yetkazib beradi.
10-o’quvchi:Chevar xushbichim kiyim-kechaklar tikadi,me’mor yurt ko’rkiga ko’rk qo’shuvchi mahobatli binolar quradi.
11-o’quvchi:Ota-bobolarimiz “Hunarli-unar”,”Hunarli kishi xor bo’lmas”,”Husniga emas,hunariga boq”,”Bir yigitga qirq hunar oz”degan maqollarni bot-bot takrorlashgan.
12-o’quvchi:Boylikni bir soniyada yo’qotish mumkin.
13-o’quvchi:Lekin bilim va hunarni hech kim tortib ololmaydi.
14-o’quvchi:Inson eng qiyin vaziyatlarda ham o’z hunarini ishga solib,qiyinchiliklarni yengishi mumkin.
1-boshlovchi:Tasavvur qiling,jamiyatdagi qaysidir kasb yoki hunar bo’lmasa,qanday vaziyat yuzaga kelishi mumkin?
2-boshlovchi:Agar haydovchi bo’lmasa,odamlar ishga,o’qishga o’z vaqtida yetib olishlari amrimahol.
3-boshlovchi:Farrosh vazifasini bajarmasa,ko’cha va jamoat joylarida sarishtalik bo’lmaydi.
4-boshlovchi:Demak,hayot maromida borishi uchun har bir inson o’z kasbini sidqidildan bajarishi lozim ekan-da?
Dialog ingliz tilida.
1-boshlovchi:Bolajonlar siz kelajakda kim bo’lmoqchisiz?
Shifokor:Men istayman bo’lmoq shifokor,
Dard bor joyda albat davo bor.
Shifokorlar zahmati hayhot,
Bunyod etmoq shod sog’lom avlod.
Do'stlaringiz bilan baham: |