Mavzu:O‘zbekistonning maktabgacha ta’lim muassasalarida ovqatlanishni yaxshilash dasturi bo‘yicha memorandum
“Mehr-shafqat korpusi” (Mercy Corps), Maktabgacha ta’lim vazirligi va Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi qoshidagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati O‘zbekistonning maktabgacha ta’lim muassasalarida ovqatlanishni yaxshilash dasturi bo‘yicha memorandum imzoladi
2021-yil 27-iyul, Toshkent, O‘zbekiston – Bugun “Mercy Corps” tashkiloti AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi (USDA) mablag’ bilan ta’minlovchi “O‘zbekistonda ta’lim va bolalar uchun oziq-ovqat Makgovern-Doul xalqaro dasturi” doirasida Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan anglashuv memorandumini imzoladi. Byudjeti 21,5 million AQSh dollariga teng ushbu dastur 400 dan ortiq maktabgacha ta’lim muassasasini oziq-ovqat bilan ta’minlaydi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi 245 ta qishloq va kam ta’minlangan maktabgacha ta’lim muassasasidagi 90 000 nafar bola uchun ovqatlanush va ta’lim olishni takomillashtirish uchun qo‘shimcha infratuzilmani rivojlantrisihni ko‘zda tutadi.
Mazkur muhim uch tomonlama bitim maktabgacha ta’lim muassasalarini kundalik oziq-ovqat bilan ta’minlash, savodxonlik darajasini oshirish, o‘qituvchilar va tibbiyot hamshiralarini o‘qitish, maktabgacha ta’lim muassasalari, jumladan, sinf xonalari, oshxona va jamoat hojatxonalarini ta’mirlash orqali O‘zbekiston hukumati va «Mercy Corps» xalqaro nodavlat tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni rasman mustahkamlaydi. Maktabgacha ta’lim darajasini yaxshilash bo‘yicha O‘zbekistonning ustuvor rejalariga muvofiq ravishda, mazkur dastur 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun sifatli ta’lim olishni kengaytirish bo‘yicha hukumatning ta’lim sektoriga oid rejasini (2019-2023-yillar uchun) qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu dastur, shuningdek, mamlakat kelajagi uchun yosh, sog‘lom avlodni tarbiyalash muhimligiga e’tibor qaratish maqsadida Prezident Mirziyoyev e’lon qilgan 2021-yil «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» uchun belgilangan ustuvor yo’nalishlarga ham mos keladi.
To’liq maktabgacha ta’limni olish maqsadida bolalar jismoniy va aqliy rivojlanishini ta’minlash uchun, bu dastur, shuningdek, ovqatlanish, salomatlik va gigiyenaning ilg‘or usullari haqida hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida taomlarni xavfsiz tayyorlash haqida xabardorlikni oshirishni ham ko‘zda tutadi. Bu, ayniqsa, COVID-19 O‘zbekiston va butun dunyoda bolalarning ta’lim olishiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan bir paytda juda muhimdir. Maktabgacha ta’lim muassasalarida yuqumli kasalliklar tarqalishini bartaraf etish uchun ushbu dastur sanitariya va gigiyena holatlarini yaxshilash hamda tegishli andoza va amaliyotlarni qo‘llash bo‘yicha o‘qituvchilar, tibbiyot hamshiralari va oshpazlarni o’qitishni ko‘zda tutadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning to’laqonli ovqatlanishi ota-onalar uchun o‘z bolalarini maktabgacha ta’lim muassasalariga qayta yuborish uchun eng samarali rag‘batlantiruvchi omillardan biri hisoblanadi.
“Dunyodagi barcha bolalar qatorida O’zbekistondagi bolajonlarga ham davom etayotgan COVID-19 pandemiyasi salbiy ta’sir qilmoqda. Shu sababli Sog’liqni saqlash vazirligining bu boradagi hamkorlikka qo’shilishi salomatlik va sanitariya holatini yanada yaxshilashga imkon beradi. Birgalikda harakat qilib, biz maktabgacha yoshdagi bolalarning sog’lom va xavfsiz bo’lishlarini ta’minlashimiz mumkin»,- ta’kidladi AQShning O’zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblum.
Dastur kichik yoshdagi bolalarning ta’lim olishi va rivojlanishi muhimligini ommalashtirishda oilalar va jamoatlarni jalb qilishni ham ko‘zda tutadi. Kichik yoshdan savodxonlik asoslarini o’rganish kelajakda akademik va kasbiy muvaffaqiyatga erishish ehtimolini oshiradi. Bolalarni uyda va maktabgacha ta’lim dasturlari doirasida erta rivojlantirish bo’yicha kompleks tadbirlar umrbod ularni o’qishdagi muvaffaqiyatga tayyorlashi mumkin.
USDA “O‘zbekistonda ta’lim va bolalar uchun oziq-ovqat Makgovern-Doul xalqaro dasturi”ni 2024yil sentabr oyigacha amalga oshirish maqsadida “Mercy Corps” bilan hamkorlik qiladi. O‘zbekiston hukumati ko’magida mazkur dasturda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida maktabgacha yoshdagi 90 000 dan ortiq bola ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |