Koʼz qarachigʼi eni koʼz yumuq boʼlganda quyidagi tarzda: koʼrsatgich bormoqlar doʼmboqchasi(boʼrtib chiqqan qism)ni ikkala koʼz yuqori qovoqlariga quyiladi va yengilgina ularni koʼz olmasiga bosish, keyin yuqoriga koʼtarish bilan aniqlanadi. Shunda koʼz oraligʼi ochiladi va oq fonda rangdor aylanasimon koʼz pardasi koʼrinadi, markazida esa aylanasimon koʼz qorachigʼi, qaysiki ularni holatlari (tor
yoki kengligi) rangdor pardaning qancha qismini egalaganiga qarab aniqlaydi.
Behushlik darajasini, teri qoplamasi rangi va nafas olish holatlariga qarab bir vaqtning
oʼzida pulьsni eshitish bilan ham aniqlash mumkin boʼladiki bu 1 minutdan koʼp vaqtni olmaydi. Qorachigʼlar koʼrigiga bir necha sekundlarda bajariladi.
Аgar shkastlanuvchini hushi, nafas olishi, pulьsi boʼlmasa, teri qoplamasi koʼkargan,
koʼz qorachigʼi (0,5 sm. diametr boʼyiga) kengaygan boʼlsa, uni klinik oʼlim holatda deb hisoblash mumkin va organizmni tiriltirish uchun, sunʼiy nafas oldirishning “ogʼizdan-
ogʼizga” yoki “ogʼizdan-burunga” usullarini va yurak tashqi massajini bajarishga zudlik bilan kirishiladi. Qimmatli sekundlarni yoʼqotib shikastlanuvchini yechintirish kerak emas.
Аgar shikastlanuvchi titroq bilan va judayam ahyonlab nafas olsa, ammo uni pulьsi sezilmasa, zudlik bilan sunʼiy nafas oldirishni boshlash kerak. Bunda shikastlanuvchi gorizontal holatda boʼlishi shart emas.
Tiriltirishga kirishiboq hakim yoki tez yordam chaqirish harakatini qilish kerak. Buni yordam koʼrsatuvchi emas, balki boshqa birov qilish kerak, chunki u yordam koʼrsatishni toʼxtata olmaydi.
Аgar shkastlanuvchi oʼzini anglasa, ammo shungacha behush yoki obmork (qoʼqisdan oʼzidan ketish) holatlarga tushgan, biroq nafas olishi va pulьsi tetik boʼlsa, uni toʼshakka solish; yengil nafas olishi uchun kiyimlari tugmalarini yechish; toza havo kelishini taʼminlash; agar sovuq boʼlsa, badanni qizdirish; agar issiq boʼlsa, salqinlatish, osayishtalikni toʼliq tashkil qilib, pulьsi va nafas olishini muntazam nazorat qilish, ortiqcha odamlarni chetlashtirish lozim.
Аgar shkastlanuvchi behush boʼlsa, uni nafas olishini kuzatish va tili tushib tiqilganidan nafas olishi buzilgan taqdirda, pastgi jagʼ burchagidan qoʼl bilan ushlanib oldinga suriladi, to til tiqilishi tugamaguncha shunday ushlab turiladi.
Shikastlanuvchida qusish(qayd qilish) paydo boʼlganda, qusiq massasi ketishi uchun uni kallasi va yelkasi chapga buriladi.
Har qanday holatda ham shikastlanuvchini yerga quyish mumkin emas, chunki bu na
faqat ziyon keltiradi, balki shikastlanuvchini qutqazish uchun zarur boʼlgan vaqtni yoʼqotishga ham olib keladi.
Shikastlanuvchini boshqa joyga koʼchirish, qachonki uning va yordam koʼrsatuvchi shaxs hayotiga xavf davom etgan yoki shu joyda yordam koʼrsatishning iloji boʼlmagan hollarda lozim boʼladi.
Yashin urishdan shikastlanganda ham elektr tokidan shikastlanganligidagi kabi yordam koʼrsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |