5.3-rasm. Jo‘yaksimon chorraha poydevor.
Jo‘yaksimon chorraha poydevorlari. Ko‘pincha alohida turuvchi ustunlar
osti poydevorlarini loyihalashda zamin gruntlarining yuk ko‘tarish qobiliyati
etarli darajada bo‘lmaydi. SHuning uchun bino va inshoot qurilmalarining
turlicha cho‘kishi tufayli juyaksimon poydevorlar ularning mustahkamligini
ta’minlay olmaydi. Bunday hollarda o‘zaro kesishuvchi jo‘yaksimon
80
poydevorlar juda ko‘l keladi (5.3-rasm). Bu poydevorlar asosan temir-betondan
ishlanib, ustunlar esa ularning o‘zaro kesishgan joyiga o‘rnatiladi.