5.22. Yog‘och konstruksiyalardan qurilishda foydalanish
Yog‘och konstruksiyalari boshqa konstruksiyalardan ustunliklari tufayli
qurilishda juda keng foydalaniladi, albatta buning uchun etarli sharoit va
o‘rmonlar kerak.
Qurilishda ishlatiladigan yog‘ochlarning turlari. Germaniyada qurilish
uchun yog‘och materiali sifatida qattiq turdagi evropa igna bargli daraxtlari
qo‘llaniladi. U erda o‘sadigan qattiq bargli daraxtlar (dub, buk) faqatgina
maxsus konstruksiyalarni tayyorlash uchun xizmat qiladi.
Igna bargli daraxt yog‘ochi. Bu xil daraxtlardan tayyorlangan yog‘och kam
zichlikka ega bo‘lib etarlicha mustahkamlikka ega, namlikdan kengayish
ko‘rsatkichlarining sezilarli emasligi bilan harakterlanadi. Unga ham qo‘lda,
ham mashinalar yordamida ishlov berish oson.
Archa - o‘rta va shimoliy Evropada asosiy qurilish materiali hisoblanadi.
Ko‘ndalang kesimidagi xalqalar yordamida uning yoshini aniqlash mumkin.
Pixta va archa taxtalarining sirtiga moy bo‘yokda ishlov berish osondir. Ammo
maxsus ishlov berishsiz u tashqi atmosfera ta’siriga chidamsizdir. Archa daraxti
ham tashqi, ham ichki-konstruksiyalar sifatida, elimlangan taxtalar paketi,
pardoz ishlarida, qobiqlar, pol konstruksiyalarini tayyorlashda ishlatiladi.
Oq qaragay - archa daraxtiga nisbatan rangi ochroq bo‘ladi. Tarkibi va
boshqa ko‘rsatkichlari archaga yaqin. Pixta archa kabi qurilishda keng
ishlatiladi. SHuning uchun pixta va archa daraxtidan tayyorlangan yog‘ochlar
pixta va archa yog‘ochi aralash sortament material sifatida birgalikda sotiladi.
192
Qaragay - Evropaning barcha erlarida, bundan tashqari Osiyo (Sibir) da
keng tarqalgan. Ko‘ndalang kesim yuzasi ko‘p yillik xalkalarga ega bo‘lib, rangi
archaga nisbatan to‘qroq bo‘ladi. Unga ishlov berishda undagi ko‘zlarga,
smolaga e’tibor berish lozim. Sosna atmosfera ta’siriga archaga nisbatan
bardoshlidir. Lyokin tashqi konstruksiyalarda ishlatilganda kerakli himoya
ishlarini talab kiladi.
Sosna tashqi va ichki konstruksiyalar sifatida, deraza va eshiklarni
tayyorlashda, elimlangan taxtalar paketi, pardoz ishlarida, qobiqlar, pol
konstruksiyalarini tayyorlashda, hovli devor tom yopishda ishlatiladi.
Tilag‘och - markaziy Evropada keng tarqalgan. Ko‘ndalang kesimining
rangi to‘q-jigarrang bo‘lib, yillik xalkalari aniq ko‘zga tashlanadi. Tarkibida
smola miqdori juda ko‘p bo‘lib, pardoz ishlariga yaroqlidir. YUqorida sanab
o‘tilgan yog‘ochlarga nisbatan qattiq hisoblanadi. SHuning uchun mix
qoqishdan oldin teshiladi. Tashqi konstruksiyalar sifatida, eshik va deraza
romlari uchun, qishloq qurilishida ham keng qo‘llaniladi.
Oddiy bargli daraxt yog‘ochlari: zichligi katta bo‘lganligi uchun igna bargli
daraxt yog‘ochiga nisbatan unga ishlov berish qiyinroqdir. Ko‘ndalang
siqilishda yuqori mustahkamlikka ega bo‘lib, qurish va namlik ta’siriga
chidamliroq.
Qora qayin - Evropa bo‘ylab keng tarqalgan. Ko‘ndalang kesimida
mutaxkam o‘zakka ega bo‘lib, rangi sariq-jigarrang. Yillik xalqalar bu daraxtda
aniq ko‘rinmaydi. Unga ishlov berish oson bo‘lib, umrboqiy hisoblanadi.
Bolut (Dub) - evropada tarqalgan bo‘lib, unga o‘xshash turlari YAponiyada,
Eronda, Amerikada uchraydi. Ko‘ndalang kesimidagi yillik xalqalari aniq
tasvirlangan oqish rangdagi daraxtdir. Dub daraxtidan tayyorlangan yog‘ochlar
umrboqiy hisoblanadi. Buk yog‘ochiga nisbatan qurish va namlikka nisbatan
chidamlirovdir. Randalangan sirti juda tyokis va silliq bo‘ladi.Umrbok iyligi va
namlikka chidamliligi evaziga juda ko‘p joylarda (gidrotexnik inshootlarda,
ko‘priklarda) ishlatiladi.
193
Umuman
yog‘och
konstruksiyalarining
qo‘llaniladigan
turlari
quyidagilardan iborat:
- YOg‘och to‘shamalar- yuk ko‘taruvchi va faqat o‘zini ko‘taruvchi
yog‘och yopmalar, ustyopmalar;
- YOg‘och to‘sin- butun yog‘ochdan tashkil topgan yopma, to‘sinlari;
- Yig‘ma to‘sin- turli yog‘ochlarni qo‘shib tayyorlangan to‘sin;
- Elimlangan to‘sinlar- turli o‘lchamdagi turli sifatli yog‘ochlarni o‘zoro
elimlab tayyorlangan konstruksiya;
-
YOG
‘
OCH
ustunlar-butun, yig‘ma va elimlangan yog‘ochlardan bo‘lishi
mumkin;
- YOg‘och fermalar, masalan storopil konstruksiyalari;
-
YOG
‘
OCH
arka va ramalar - aksariyat sanoat va qishloq xo‘jalik
imoratlarini ko‘taruvchi konstruksiyalari;
- Kombinatsiyalangan yog‘och – metall - plastmassalardan tashkil topgan
konstruksilar.
Respublikamizda boshqa davlatlardan keltirilgan, o‘zimizda etkazilgan turli
xil daraxtlar har xil murakkablikka ega qurilishlarda yog‘och materiali sifatida
ishlatiladi. Bularga o‘zimizdagi terakning bir necha turi, tol, chinor, yong‘ok,
archa, qaragay, oq qayin va h.q lar misol bo‘la oladi. Bularning ichida terak, tol,
qaragay, chinor daraxtlari qadimdan binokorlikda ishlatilib kelingan.
Tol yog‘ochi juda elastik bo‘lib, bu hususiyatini qurigandan keyin ham
saqlab qoladi. Terakning ko‘p turlari (ok, ko‘k) esa qurigandan keyin bikrligi
juda oshib ketadi. Quritilgan terakka ishlov berish qiyin kechadi. Oq qayin
yog‘ochining xususiyatlari terakka deyarli o‘xshash bo‘ladi.
YOng‘oq yog‘ochi esa aksincha ishlov berishga oson material hisoblanadi.
SHuning uchun yong‘oq pardoz ishlarida ko‘prok ishlatiladi.
6.10- rasmda respublikamizda keng qo‘llaniladigan sinchli bino
konstruksiyasining umumiy ko‘rinishi keltirilgan.
194
5-10 - rasm. Sinchli konstruksiyaning umumiy ko‘rinishi
Mahalliy usulda quriladigan sinchli binolar konstruksiyalariga 7-bobda
batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Mahalliy qurilish ashyosi sifatida yog‘och nafaqat sinchli binoning karkasini
tiklash uchun, eshik va deraza, pol, shift, tom yopmasi, oraliq yopmalar
konstruksiyalarini bajarishda, bundan tashqari pardozlash ishlarida qadimdan
keng qo‘llanilib kelingan.
YO
G
‘
OCH
konstruksiyalari Respublikamizda keng foydalanib keladigan
qurilish ashyosi bo‘lib ko‘priklarda, ba’zi noyob-tarixiy binolarda, imoratlar
stropilasida sinchli imoratlarda, ustyopmalarda, eshik, deraza va pollarda keng
qo‘llanilib keladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yog‘och konstruksiyasi qadimdan keng
qo‘llanilib kelinayotgan va hozirgi kunda ham turli ko‘rinishlarda, turli xildagi
konstruksiya shaklida bino va inshootlarning har xil qismlarida ishlatilib,
bugungi qurilish industriyasi rivojlangan bir davrda xam o‘z mavqeini
yo‘qotmay kelayotgan qurilish ashyosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |