5.7. Metall konstruksiyalarning xususiyatlari
Po‘lat yuqori fizik va mexaniq ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgani sababli
qurilishda keng qo‘llanib kelinmoqda, ayniqsa murakkab, noyob, Mas’uliyati
yuqori bo‘lgan, juda baland sanoat va jamoat binolarida samarali foydalanib
kelinmokda. Metall konstruksiyalar (6.6-rasm) yuqori mustahkamligi,
ishonchliligi va umrboqiyligi bilan ajralib turadi.
134
6.6-rasm.Metal ferma turlari:
a-to‘sinsimon, b-ikki tayanchli uzluksiz, v-qo‘shkonsolli, g-egri o‘qli, d-
ramali, e-kombinatsiyalashgan ferma.
Respublikamizda quyidagi turlardagi inshootlarda metalldan keng
foydalaniladi:
• ustunlar oralig‘i 8 * 18 m bo‘lgan bir qavatli, sanoat binolarida;
• ustun balandligi 14,4 metrdan yuqori, oralig‘i 30 metrli sanoat
inshootlarida;
• ustunlar orasi 6,0 * 6,0 m va 6,0 * 12,0 m bo‘lgan imoratlarda, ko’p
qavatli fuqaro va sanoat binolarida;
• estakada, kranlar, silosxonalar, rezervuarlar, ko‘prik va yuqori
kuchlanishli elektr tayanchlari, kabi turli muxandislik inshoatlarida;
• teleminora, metropoliten va boshqa betondan foydalanib bo‘lmaydigan
sharoitlarda;
• katta masofali oraliqlarni yopishda ishlatiladigan metall fermalar,
strukturalar, vantlar va membranalarda;
Keyingi yillarda qurilishda engillashtirilgan metall konstruksiyalar keng
qo‘llanilib kelinmokda. Engil konstruksiyalar tomlarda, Kislovodsk nomi bilan
mashhur bo‘lgan panjarasimon zilzilabardosh ust yopmalarda keng qo‘llaniladi.
Bunday konstruksiyalar zavod sharoitida tayyorlanib, qurilish maydonida
yig‘iladi va shuning uchun industrial konstruksiyalar deb nom olgan.
135
Metalldan turli xil arxitektura ko‘rinishiga ega bo‘lgan konstruksiyalarni
oson va juda chiroyli yasash mumkin.
Metall konstruksiyalarga allyuminiydan va turli qorishmalardan qilingan
konstruksiyalar ham kiradi. Bunday qotishmalar po‘latlarga nisbatan 10-20
baravar zangbordosh bo‘ladi va juda egiluvchanligi bilan mehnatni ancha
engilashtiradilar, ayniqsa yopma konstruksiyalarda va qo‘shimcha yuk
ko‘tarmaydigan devorlarda qo‘l keladi. Ammo bunday konstruksiyalar ancha
qimmat bo‘ladi. Allyuminiy konstruksiyalar, po‘latdan ham qimmat bo‘lib, juda
defitsit material hisoblanadi.
Metall konstruksiyalarning salbiy ko‘rsatkichlaridan biri olovdan va yuqori
haroratdan qo‘rqishidir. Metall shu bilan birga boshqa vazifasi orqali ham
qurilishda keng tarqalgan, masalan, temir-beton konstruksiyalarida bikr
sortamentlar, armatura sifatida beqiyos samaralidir. Undan tashqari muhandislik
uskunalarida, suv, kanalizatsiya, quvurlarida, lift shaxtalarida, imoratning turli
qismlarida keng foydalaniladi.
Metall konstruksiyalai anchagina qimmat bo‘lganligi sababli undan
konstruksiyalar loyihalansa, uning narxi kamaytirish, undan ratsional va optimal
foydalanish masalalari dolzarb masalaga aylanadi. Metall konstruksiyalaridan
samarali foydalanishda ikki xil yondashish bor. Birinchisi ratsional foydalanish
bo‘lsa, ikkinchisi matematik usullar yordamida optimal loyihalash deb nom
olgan. Variantli loyihalashda bir necha raqobatli echimga ega bo‘lgan variantlar
tanlanadi va hisoblanadi. Iqtisodiy mezonlar (tannarxi, og‘irligi, mehnat harajati
va h.q) orqali eng samarali echimga ega bo‘lgan variant tanlanadi.
Optimal variant, ya’ni eng samarali echimni topish uchun iqtisod
matematika usullaridan foydalanib konstruksiyani matematik modeli va
masalaning matematik optimalalashtirish modellari yaratiladi hamda tegishli
optimallashtirish usuli yordamida eng samarador echim aniqlanadi. Bu optimal
loyihalash yondashishi oxirgi 40 yil ichida keng qo‘llanilib kelayotgan
kompьyuter usuli hisoblanib, tajribada bir necha foiz (6,0 -28,0) gacha iqtisodiy
samara berishi tasdiqlandi. Bizning Respublikamizda bu ilmiy yo‘nalish
136
taraqqiy topgan markazlar ko‘p, masalan Toshkent Davlat Aviatsiya
institutining «Amaliy mexaniqa» kafedrasida optimal masalalarni echishga doir
salmoqli, xalqaro tan olingan ilmiy yutuq va amaliy natijalarga erishilgan.
Umuman metall konstruksiyalari oxirgi davrda, uning turli komponenti
asosida, eng zamonaviyligi, eng mustahkamligi, engilligi, chiroyli va
umrboqiyligi, ayniqsa zilzilabardoshligi bilan katta e’tibor qozondi.
Respublikamizda bunday konstruksiyalar keng qo‘llanib kelinadi, masalan,
Kislovodsk nomli struktura ustyopmasi. Xususan poytaxtimiz Toshkent shahrida
metalldan qurilgan bir necha noyob va go‘zal imoratlarimiz bor, masalan
Toshkentssirki, SHarq konserin, ekspomarkaz pavilonlari, teleminoralar va x,.q.
Insoniyat taraqqiyotida metall konstruksiya va ulardan yaratilgan bino va
inshootlar xali ko‘p quriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |