Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Temir-beton konstruksiyalarining asosiy xossalari



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/248
Sana06.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#110577
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   248
Bog'liq
ABw9KJIO6mmD3xRs2QpJyCrMmSGNqx07VZpbfi7a

 
5.5.Temir-beton konstruksiyalarining asosiy xossalari 
 
Temir-betonning  xossalari  faqat  beton  va  armaturaning  xossalarigagina 
emas,  balki  armaturaning  soni,  uning  konstruksiyada  joylashtirilishi,  dastlabki 
kuchlanishning  bo‘lishligi  va  xokazolarga  ham  bog‘liq.  Odatdagi  temir-
betonning  dastlabki  kuchlanishsiz  darzbardoshligi  past  bo‘ladi.  Masalan, 
to‘sinlar  emiruvchi  kuchniig  0,2...0,3  qismiga  qadar  yuklanganda  betonning 
cho‘zilgan  qismida  darzlar  paydo  bo‘ladi.  Temir-betondagi  darzlar  ko‘pgina 
hollarda  konstruksiyadan  normal  foydalanishga  xalaqit  bermaydi,  biroq  bunda 
ularga suv o‘tkazmaslik va yuqori zang bardoshlik talablari ko‘yilmagan bo‘lishi 
kerak  Temir-betonning  darzbardoshligi  yoyib  armaturalashda  (kichik  diametrli 
armatura  zichroq  qilib  joylashtirilganida)  ortadi,  Temir  -  betonning 
darzbardoshligini  oshirishning  eng  qulay  usuli  konstruksiyani  oldindan 
zo‘riqtirishdir. 
Betonning  armatura  bilan  tishlashishi  armaturaningssement  toshi  bilan, 
ishqalanish  kuchlari  bilan  bog‘lanishi  tufayli  ortadi.  Ishqalanish  kuchlari 
armaturaning  beton  qotganida  siqilishi  tufayli  va  ayniqsa  armatura  sirtida 
chiqiqlar  bo‘lganida  betonning  darhol  qarshilik  qilishi  tufayli  hosil  bo‘ladi. 
O‘zgaruvchi  kesimli  armaturaning  beton  bilan  tishlashishi  silliq  kesimli 
armaturaniqiga  qaraganda  2-3  marta  ortiqdir.  Armatura  beton  bilan  tishlashishi 
tufayli  yuklangan  konstruksiyada  birgalikda  ishlaydi;  ular  orasida  doimo  ichki 
kuchlarning  qayta  taqsimanishi  sodir  bo‘ladi.  Temir-betonning  kirishishi  va 
tobtashlashi  armaturalanmagan  betonlarga  qaraganda  ancha  kam  bo‘ladi. 
CHo‘kish  natijasida  temir-beton  elementlarda  darzlar  hosil  bo‘lishi  mumkin. 
SHu  boisdan  uzun  o‘lchamli  konstruksiyalarni  loyihalashda  cho‘kish  choklari 


 128 
 
 
qoldirish  ko‘zda  tutiladi.  Muhitning  harorati  o‘zgarganda  ham  konstruksiya 
deformatsiyalar.  SHuning  uchun  harorat  va  cho‘kish  de-formatsiyalari  odatda 
birlashtiriladi va harorat-cho‘kish choklari deb yuritiladi. 
Temir-beton elementga yuk uzoq vaqt ta’sir etganida betonning tobtashlashi 
tufayli  beton  bilan  armatura  o‘rtasida  kuchlarning  qayta  taqsimlanishi  sodir 
bo‘ladi.  Markaziy  sikilgan  temir-beton  ustunlarda  cho‘kish  va  siljish  bir 
tomonga  yo‘nalib,  betondagi  kuchlanishni  kamaytiradi  va  ularni  bo‘ylama 
armaturada  ko‘paytiradi,  chunki  beton  deformatsiyalanganida  yuki  kamayadi. 
Biroq  ustundagi  kuchlanish  ortganida  armaturaning  deformatsiyasi  o‘sadi,  ayni 
bir  vaqtda  betondagi  chegaraviy  kuchlanishlar  nisbatan  kichik  qiymatlar  bilan 
cheklanadi.  Bular  kuchlarning  teskari  qayta  taqsimlanishiga  olib  keladi    beton 
yuklanadi va armatura yuksizlanadi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ekspluatatsiya 
jarayonida  betonning  tobtashlashi  armaturadagi  kuchlanishni  o‘stiradi,  biroq 
elementning yuk ko‘tarish qobiliyatini kamaytirmaydi. 
Temir-beton  ustunlarda  betonning  siqilgan  qismining  tobtashlashi  siquvchi 
kuchlanishlarni  kamaytiradi;  cho‘zilgan  armaturadagi kuchlanish  esa,  aksincha, 
ortadi.  Temir-beton  elmentlarning  deformatsiyasi  (ayniqsa  to‘sinlarning 
solqilanishi)  yuk  uzoq  vaqt  ta’sir  etganida  betonning  tobtashlash  tufayli  ortadi. 
Tusinlarning  siqilgan  qismini  armaturalashda  siqilgan  betonning  tobtashlashi 
kamayadi,  bu  esa  yuk  uzoq  vaqt  davom  etganida  solqilanishning  kamayishiga 
olib keladi. 
Temir-betonning  zanglashi  armatura  va  betonning  zanglashiga  bog‘liq 
zanglash  suyuq  va  gazsimon  emiruvchi  moddalar  ta’sirida,  shuningdek,  beton 
ichiga  g‘ovaklar  va  darzlar  orqali  kirgan  filьtrlovchi  sup  ta’sirida  kuchayishi 
mumkin.  Armatura  zanglaganda  uning  hajmi  dastlabki  hajmiga  nisbatan 
ko‘payadi,  bu  esa  beton  qismlarining  sinib  tushishiga  olib  keladi.  Beton 
zanglandassement  tosh  ajralib  chiqadi  (kalьsiy  gidrat  oksidi  sirtga  chiqadi)  va 
boshqa emirilishlar sodir bo‘ladi. 
Konstruksiyaning  zanglashiga  qarshi  ko’rashish  uchun  zich  betonlardan, 
sulьfatbardosh  betonlardan,  polmerbetonlardan  foydalaniladi.  Ular  bo‘yaladi, 


 129 
 
 
ustiga biror narsa yopishtiriladi. Konstruksiyalar maxsus izolyasiya materiallari 
bilan  suvaladi  yoki  qonlanadi.  Uning  yuqori  haroratlarga  qarshilik  ko‘rsatishi 
qizdirish haroratiga va uning ta’sir etish davomiyligiga bog‘liq. Konstruksiyaga 
yuqori  haroratlarning  qisqa  muddatli  ta’siri,  masalan,  yong‘in    vaqtida  sodir 
bo‘ladi. 
Temir-beton  elementning  olovbardoshligi  olovbardoshlik  chegarasi  (soat 
hisobida)  bilan  baholanadi,  shunday  vaqt  o‘tishi  bilan  yong‘in  vaqtida 
elementning yuk ko‘tarish qobiliyati yo‘qola boshlaydi, darzlar hosil bo‘lib, bu 
darzlar  orqali  olov  ko‘shni  xonalarga  o‘tadi,  yoki  olovga  teskari  tomoni  150°S 
gacha  qiziydi.  Temir-beton  elementlarning  olovbardoshlik  chegarasi  kesimning 
o‘lchamlariga,  elementning  konstruktiv  sxemalariga,  armatura  turiga, 
armaturalash usuliga va ayniqsa himoya qatlamining qalinligiga bog‘liq. 
Temir-beton  o‘tga  chidamli  materiallarga  kiradi,  yong‘in  vaqtida  yuqori 
haroratlarga chidaydi - bir necha soat davomida mustahkamligini yo‘qotmasdan 
bardosh beradi. Uzoq vaqt yuqori haroratlar ta’sir etadigan inshootlarda (domna 
pechlarining  poydevorlari,  dudburonlar,  mo‘rilar  va  h.k)  temir-beton 
konstruksiyalarga  issiqbardoshlik  talabi  qo‘yiladi.  Bu  holda  konstruksiyalar 
maxsus  izolyasiyalanadi  (futerovka  qilinadi)  yoki  ular  issiqbardosh  betondan 
tayyorlanadi, bu eng tejamli va ishonchli yo‘ldir.  
Armatura va betonning birga ishlashini ta’minlash, armaturani zanglashdan 
saqlash  va  yuqori  haroratlardan  himoya  qilish  uchun  betonda  himoya  qatlami 
hosil qilish ko‘zda tutiladi. Qalinligi 100 mm gacha. bo‘lgan plita va devorlarda 
(ular  og‘ir  betondan  tayyorlanganda)  himoya  qatlamining  qalinligi  kamida  10 
mm  bo‘lishi  kerak,  qalinligi  100  mm  dan  ortiq  plitalar  va  devorlarda, 
shuningdek,  balandligi  250  mm  gacha  bo‘lgan  to‘sinlar  va  kovurg‘alyarda 
kamida  15  mm,  balandligi  250  mm  gacha  va  undan  ortiq  bo‘lgan  to‘sin  va 
qovurg‘alarda, shuningdek, ustunlarda kamida 20 mm bo‘lishi kerak; to‘sin va 
ustunlarning  xomutlari  va  kundalang  sterjenlarida  kesim  elementlari  balandligi 
h-  250  mm  gacha  bo‘lganida  kamida  10  mm,  h  -  250  mm  va  undan  ortiq 


 130 
 
 
bo‘lganida  kamida  15  mm;  plitalarning  taqsimlash  armaturalari  uchun  kamida 
10 mm bo‘lishi kerak. 
Bizning  O‘zbyokistan  sharoitida  temir  beton  konstruksiyalari  bir  necha  va 
turli  maqsadlarda  foydalanib  kelinadi.  Respublikamizda  bir  necha  o‘nlab  temir 
beton zavodlari mavjud. Juda ko‘p andoza-namunaviy uy joy imoratlari, fuqaro, 
jamoa  binolari,  sanoat  inshootlari,  ko‘prik  va  metro  konstruksiyalari  temir-
bstondan ishlangan. 
Keyingi  yillarda  chet  ellarda  keng  tarqalgan  monolit  temir  beton 
konstruksiyalari  Respublikamizda  keng  tarqalyapti.  Buni  evaziga  antiqa  va 
yagona  fuqaro  hamda  turar  joy  binolari,  takrorlanmaydigan  arxitektura 
komplekslari  bunyod  etildi.  Masalan,  Milliy  bank  imorati,  Interkontinental 
binosi, BUMI va SHeraton mehmonxonalari, uzundan- uzun ko‘priklar, YUnus -
Obod va Jar sport komplekslari, Samarkanddagi yoshlar markazi binosi kabilar 
o‘lkamiz  mu’jizasi  sifatida  elga  manzurdir.        Umuman  olganda  temir-beton 
konstruksiyasi  uy-joy,  fuqoro  va  sanoat  binolari  va  turli  maqsadlarga 
moslashgan  inshootlarni  qurishda,  chet  elda,  Respublikamizda  eng  ko‘p 
foydalaniladigan  ashyo  bo‘lib  poydevordan  boshlab  to  ustyopmalargacha, 
zinapoyalardan 
boshlab 
aviokosmik 
sanoati 
imoratlarigacha 
etakchi 
konstruksiya sifatida keng foydalaniladi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish