Televizion minora 1978-1985- yillarda Bo‘zsuv kanalining o‘ng sohilida
balandligi 375 m bo‘lgan televizion minora qurildi. Bu inshoot balandligi
jihatidan MDHda Moskvadagi «Ostankino» televizion minorasidan keyin
ikkinchi o‘rinda, O‘rta Osiyoda birinchi o‘rinda turadi. Bu televizion minora
televizion programmalarning taxminan 100 km radiusda bevosita ko‘rsatilishini
ta’minlaydi. Telivizion minora hajmi 55500 m
3
, metall konstruksiyalar massasi
6000 tonna, minora ustunidagi bino hajmi 15000 m
3
. Inshoot konstruktiv
sxemasining echimi televizion minora quriladigan territoriyaning 9 ballik
seysmik rayondaligi bilan bog‘liq. Minora o‘zagi ichida tezyurar lift va
kommunikatsiya shaxtalari, xizmat xonalari va evakuatsiya zinalari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |