O‘zbekiston mexmonxonasi. O‘zbekiston mexmonxonasi
«Inturist»
aksionerlik jamiyatiga qarashli mehmonxona bo‘lib, u 1974 yilda qurilgan.
Mehmonxona 17 qavatli, 495 xona bor (jami 930 o‘rinli). 2 qavatli blok restoran
(450 o‘rinli 2 zal, 100 o‘rinli banket zali, 250 o‘rinli kafe, 100 o‘rinli tungi bar,
100 o‘rinli choyxona) asosiy korpusga tutashgan. Binoni qurishda zamonaviy va
milliy me’moriy elementlar uyg‘unlashib ketgan. Bezash ishlarida marmar,
granit, shisha, chig‘anok, alyuminiy, qimmatbaho yog‘ochlardan foydalanilgan.
1.7-rasm. O‘zbekiston» mexmonxonasi
12
Tennis korti. Yoshlarning yana bir sport markazi bu- «Tennis korti»
hisoblanadi. Bu «Tennis korti» teleminora yaqinida joylashgan bo‘lib, zilzilaga
chidamli konstruksiyalardan tashkil topgan.