Poydevor turlari.
Binokorlikda ishlatiladigan barcha poydevorlarni quyidagi turlarga ajratish
mumkin. Ular quyidagilardan iborat.
a) Tabiiy zaminda sayoz joylashgan poydevorlar.
Yaxlit holdagi og‘ir poydevorlar. Bunday poydevorlar juda og‘ir inshootlar
ostiga qo‘yiladi. Ular asosan beton va temir betondan ishlanadi. Ularning shakli
esa, asosan inshoot tag yuzasi shaklini takrorlaydi. Agar poydevor o‘lchamlari
hisoblash bo‘yicha inshoot o‘lchamlaridan katta bo‘lsa, u holda qurilish
ashyolarini iqtisod qilish maqsadida poydevorga zina yoki qiyalik shakli
beriladi. Masalan: 5.1-rasmda ko‘prik ustunining poydevori tasvirlangan.
5.1-rasm. Ko‘prik ustuni poydevori.
Do'stlaringiz bilan baham: |