Rejadagi shakliga ko‘ra ko‘pchilik hollarda rezervuarlar doira va to‘g‘ri
to‘rtburchak shaklida bo‘ladi. Rezervuarning shaklini tanlashda birinchi
navbatda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni, ba’zi hollarda esa maxsus shart-
sharoitlar – joyning relьefi, qurilish uchastkasining rejasi hisobga olinadi.
Rezervuar devorini suyuqlik o‘tkazmayligan qilib tayyorlashga qaratilgan
chora-tadbirlar ishlab chiqishda bir xil sig‘imga ega bo‘lgan to‘g‘ri
to‘rtburchakli vassilindrsimon rezervuarlarni solishtirsak, to‘g‘ri to‘rtburchakli
rezervuarlarning namlanadigan yuzasi kattaroq ekanligini e’tiborga olish lozim.
Rezervuarlarni shar, ko‘p burchak va boshqa shakllarda ham tayyorlash
mumkin. Lyokin ularni temirbeton konstruksiyalari asosida qurish ancha
murakkab va ko‘p mehnat talab qiladi. SHuning uchun bunday shakldagi
rezervuarlar qurilish amaliyotida kamdan-kam uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |