Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Portlash xavfi mavjud bo’lgan inshootlarni himoyalash



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/248
Sana06.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#110577
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   248
Bog'liq
ABw9KJIO6mmD3xRs2QpJyCrMmSGNqx07VZpbfi7a

 
9.5. Portlash xavfi mavjud bo’lgan inshootlarni himoyalash. 
 
Bino va inshootlarda  portlash  hodisalari  ko’proq quyidagi sabablarga  ko’ra 
sodir bo’ladi: 
-  yong’in  xavfsizligi  qoida  va  me’yorlari  talablarini  qo’pol  ravishda 
buzilishi;  
-issiqlik  uzatish,  shamollatish  tizimlarini  va  elektr  dastgohlarini  noto’g’ri 
o’rnatish; 


 237 
 
 
-buzuq holdagi texnologik va elektr uskunalarini ishlatish;  
-yonuvchi  va  portlovchi  moddalarni  omborlarda  saqlash  qoidalarini 
buzilishi; 
  -elektrstatik  va  atmosfera  elektr  zaryadlaridan  himoyalanish  qoida-larini 
buzilishi;  
  -yong’in  darakchilari  va  avtomatik  o’t  o’chirish  tizimining  yo’qligi  yoki 
buzuqligi; 
-  portlashi  mumkin  bo’lgan  manba’lar  (bug’  qozonlari,  ekonomayzerlar,  
nasos agregatlari, kompressorlar, elevatorlar, gaz balonlarini sinovdan o’tkazish 
va to’ldirish xonalari) ustidan nazorat qoidalariga to’liq rioya qilmaslik; 
-yong’in xavfsizligi bo’yicha malakali nazoratni yo’qligi va hokazolar.  
Havo  bilan  aralashmagan  yonuvchi  gaz  va  bug’larni  maxsus  kran  orqali 
uncha katta bo’lmagan teshikdan oqizib, so’ng gugurt chaqib yoqilsa, mash’ala 
bo’lib  osuda  yonaboshlaydi.  Bunday  yonishlarni  shisha  idishlarni  tayyorlash 
zavodlarida,  g’isht,  keramika  va  chinni  pishirish  zavodlarining  pechlarida  
sun’iy  va  tabiiy  gazlarni  yonishi  misolida  ko’rish  mumkin.  Sement 
zavodlarining  aylanma  pechlarida  ham  ko’mir  kukunini  yoqilishi  shu  taqlitda 
amalga oshiriladi. Ammo bu gazlar ba’zi nosozlik sabablariga ko’ra, havo bilan 
aralashib  ketish  hollari  mavjud  bo’lib,  aralashma  xavfli  nisbat  darajasiga  etgan 
bo’lsa, katta kuch bilan portlash sodir bo’lishi mumkin.  
Neftni qayta ishlash, mashinasozlik va kimyo sanoatlarini tez sur’atlar bilan 
rivojlanishi,  yonuvchi  gazlar  va  changlarni  hamda  engil  alangalanuvchi 
suyuqliklarni  ishlab  chiqaruvchi  va  ularni  qayta  ishlovchi  korxonalarni  
ko’payib  ketishiga  olib  keladi.  YOnuvchi  moddalarni  bug’  va  changlari 
xonadagi  havo  bilan  aralashib  ketsa,  portlash  xavfini  chaqiruvchi  gazli  havo 
aralashmasini hosil qiladi. Bunday aralashmalarning portlashi oqibatida bino va 
inshootlar  vayronaga  aylanishi  va  odamlarni  qurbon  bo’lishiga  sabab  bo’ladi. 
Agar  yonish  oqibatida  portlash  jarayoni  biror  yopiq  hajmda  sodir  bo’lsa, 
yonuvchi  moddaning  harorat  ta’sirida  kengayishi  evaziga,  uning  devorlariga 


 238 
 
 
bosim kuchi tez ortib boradi va butun hajm bo’yicha teng quvvatli quporuvchi, 
ta’sir kuchiga ega bo’ladi. 
 CHizma  15.    Portlash  vaqtida  hamma  tomoni  yopiq  xonaning  devorlariga 
ta’sir  etayotgan  bosimni  o’zgarish  tasnifi  berilgan.  Agar  yopiq  hajmning 
devorlari etarli darajada mustahkam bo’lsa, portlashgacha o’tgan vaqt davomida 
bosim  R ni o’zgarishi egri chiziq 1 bilan ifodalanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9.8-rasm.Portlash jarayonida xonadagi bosimni o’zgarishi. 
 
Bu holda bosim ko’tarilishi oqibatida τp vaqt o’tgandan keyin portlash sodir 
bo’ladi  va  xonaning  barcha  devorlari  va  tomi  otilib  ketib,  shikastlanadi.  Egri 
chiziq  2  -  qurilmada  ochiq  tuynuk  bo’lganda  bosimni  o’zgarishini  ifodalaydi. 
Bunda  tuynukni  satxi  qancha  katta,  bosimni  asosiy  qurilmalarga  ta’sir  euvchi 
ko’poruvchi  kuchi  shuncha  bo’lsa  kichik  bo’ladi.  Agar  EOK  qurilmalar 
o’rnatilgan bo’lsa idishdagi bosim oldin egri chiziq 1 bo’yicha o’zgarib boradi. 
Bosim    Rr  darajasiga  etganda  omonat  o’rnatilgan    EOK  qurilmasi  otilib  ketadi 
va devorda  ochiq tuynuk  
hosil  bo’lganligi  tufayli  idishdagi  bosim  egri  chiziq  3-ga  binoan 
o’zgaraboshlaydi.  
Bunda  portlashdan  keyin  ham  bosimni  biroz  ko’tarilishi,  ulardagi  inersiya 
kuchining ta’siridandir. Chunki EOK qurilmalarini tuynukdan ma’lum masofaga 
uloqtirib  tashlash  uchun  yana  qo’shimcha  bosim  va  birnecha  soniya  ∆τ  vaqt 
kerak  bo’ladi.  Uloqtirib  tashlanayotgan  EOK  qurilmasi  qancha  og’ir  va  katta 
bo’lsa, uni engish uchun shuncha uzoq vaqt va qo’shimcha bosim talab etiladi. 


 239 
 
 
Agar  EOK  qurilmalari  juda  engil  bo’lib,  inersiya  kuchi  bosim  kuchiga 
qarshilik  ko’rsataolmaydigan  darajada  kuchsiz  bo’lsa,  portlashdan  keyingi 
bosimning kuchi egri chiziq -4 ga binoan o’zgarishi mumkin. 
EOK  qurilmalarni  portlash  jarayonida  bosimni  ko’tarilishiga  ta’sir  etishi 
ularni  og’irligi  va  sirtini  kattaligi  tufayli  yuzaga  keladigan  inersiya  kuchiga 
bevosita bog’liq bo’ladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9.10-rasm. EOK qurilmasi o’rnatilgan xona devorlariga bosim ta’siri 
 
9.10-rasmda  EOK  qurilmalar  o’rnatilgan  xonaning  devorlariga  oqibatida 
hosil  bo’lgan  R(τ)  portlash  bosim  kuchi  ta’siridan  engil  qurilma-  larni  otilib 
ketayotgan  jarayoni  aks  ettirilgan.  Agar  devorlari  portlash  jarayoni-dagi  ichki 
bosimga  chidamli  bo’lgan,  germetik  mustahkam    qilib  tayyorlangan  yopiq 
idishda portlash sodir bo’lsa, undagi maksimal bosim R
p
 q γP
o
ε ga teng bo’ladi. 
 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish