Mehnat va ish haqi hisobi


Materiallar to‘lovni kechiktirish sharti bilan sotib olinishini aks ettirish



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581782
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 бух сиртки (5)

Materiallar to‘lovni kechiktirish sharti bilan sotib olinishini aks ettirish
MAVZU: “
KAPITAL, FONDLAR VA MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI
” 
 
Maqsad: 
Ustav kapitalining shakllanishi va ularning hisobini tashkil qilish, 
Moliyaviy qo’yilmalar va qimmatli qog’ozlar hisobini talabalarga o’rgatish.
 
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi BHMS 21-son O’zR Moliya Vazirligining 2002 y. 9 
- sentyabrda 103-sonli buyrug’i.
2.
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonuni. 1996 y. 30 
avgust.
3.
Makarov B.C. Teoriya buxgalterskogo ucheta. MT.: «Statistika», 1974 g.
4.
 
1. Ustav kapitalining shakllanishi va ularning hisobini tashkil qilish 
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o’z moliyaviy resurslarini mustaqil 
shakllantirishlari mumkin. Korxona moliyaviy resurslarinining asosiy manbalari bo’lib 
foyda, amortizatsiya ajratmalari, qimmatli qog’ozlarni sotishdan olingan mablag’lar, 
aksionerlar yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa badallari, shuningdek, 
kreditlar va qonunchilikka zid bo’lmagan boshqa tushumlar hisoblanadi.
Korxonaning o’z mablag’larini shakllantirish asosiy manbai bo’lib, uning mulkdorlari 
tomonidan korxonaga qo’yilgan mablag’lar majmui bo’lgan ustav kapitali hisoblanadi. 
Ustav kapitalini shakllantirish tartibi qonunchilik va ta’sis hujjatlari bilan amalga 
oshiriladi. Chunonchi, davlat korxonalarining ustav fondi korxona foydalanishga 
topshirilgan vaqtida o’z faoliyatini amalga oshirish uchun davlat tomonidan ajratilgan 
mablag’larni aks ettiradi.
Aksioner jamiyati deb maxsus nom bilan ta’sis etiladigan, ma’lum miqdorda teng 
qismlarga bo’lingan (aksiyalar) asosiy (ustav) kapitaliga ega bo’lgan, va majburiyatlari 
bo’yicha faqat o’zining mulki bilan javob beradigan yuridik shaxslar tushuniladi. Bu 
ta’sischilarning tenglik prinsipiga asoslangan ixtiyoriy birlashmadir. Asosiy sharti – 
faoliyatiga o’z kapitalini qo’yish, ya’ni aksioner jamiyati – bu kapitalning birlashishi 
demakdir. Aksioner jamiyatining faoliyati ustav bilan belgilanadi. Aksioner jamiyatining 
majburiyatlari bo’yicha aksionerlar mulklari bilan to’la mas’uliyatli emas, ularning 
mas’uliyatlari faqat ustav kapitaliga qo’yilma bilan cheklanadi. Aksioner jamiyatining 
ustav kapitalini hajmi uning ustavida ko’rsatiladi va uning o’zgarishi ustavini o’zgarishi 
uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ustav kapitali miqdorini o’zgartirish 
to’g’risidagi qaror, agar korxonaning ustav kapitalini yangi miqdori ro’yxatdan 
o’tkazilgan bo’lsa, umumiy majlis qabul qilgan kundan boshlab kuchga kiradi. Jamiyat 
ta’sis etilgan paytdagi ustav kapitali bir xilda nominal qiymatga ega bo’lgan oldindan 
belgilangan miqdordagi bir qancha oddiy aksiyalardan iborat bo’lishi kerak. Aksioner 
jamiyatlari faqat nomi ko’rsatilgan aksiyalar chiqaradi va ular albatta tegishli reestrlarda 


ro’yxatdan o’tkazilishi kerak. Aksiyalarni to’lash mulklar, inshootlar, nomoddiy aktivlar 
va boshqa moddiy qimmatliklarni, so’mdagi va xorijiy valutadagi pul mablag’larini 
o’tkazish yo’li bilan bo’lishi mumkin.
Ustav (fondi) kapitalining hisobi 8300 «Ustav kapitalini hisobga oluvchi 
schyotlar» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo’lib quyidagi: 8310 «Oddiy 
aksiyalar»; 8320 «Imtiyozli aksiyalar»» 8330 «Pay va ulushlar» schyotlarga bo’linadi. 
Yuqorida keltirilgan schyotlar davlat korxonalari, birlashmalari va tashkilotlarining 
ustav fondini va aksioner jamiyatlari va shirkatlarning ustav kapitalini hisobga olish 
uchun tayinlagan. Bu schyotlarda ro’yxatdan o’tkazilgan miqdor doirasidagi haqiqiy 
ustav kapitali yoki to’langan aksiyalarni nominal qiymati aks ettiriladi. Ustav 
kapitalining miqdori ustavda ro’yxatdan o’tkazilgan summadan ortiq bo’lishi mumkin 
emas. Тa’sischilarga qaytarilgan ulushi ustav kapitalni kamaytirmaydi, balki aksioner 
jamiyati tomonidan o’z aksiyalarini sotib olingandek rasmiylashtirilib 8610 «Sotib 
olingan xususiy aksiyalar - oddiy» va 8620 «Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli» 
schyotlarning debetida aks ettiriladi. Bu schyotlarning debet aylanmasi ustav kapitalini 
kamayishini, kredit oboroti esa qonunchilikka binoan turli sabablarga ko’ra ustav 
kapitalini ko’payishini ko’rsatadi. 8310, 8320 va 8330 – schyotlarda aks ettiriladigan 
muomalalarning hisobi 12 – jurnal – orderda yuritiladi.
Aksioner jamiyat ro’yxatdan o’tgandan so’ng ro’yxatdan o’tkazilgan ustav kapitali 
summasiga jamiyat oldida aksionerlarning qarzi vujudga keladi. Тa’sischilar bilan olib 
boriladigan hisob – kitoblarning hisobi 4610 «Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari 
bo’yicha qarzi» schyotida olib boriladi. Ro’yxatdan o’tkazilgan ustav kapitali 
summasiga 4610 schyoti debetlanib, 8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar» 
va 8330 «Pay va ulushlar» schyotlari kreditlanadi. 4610- schyoti aktiv bo’lib, debet 
saldosi oy boshiga qolgan ta’sischilarning qarzlarini ko’rsatadi. Debet oboroti hisobot 
oyida vujudga kelgan ta’sischilarning qarzlarini aks ettirsa, kredit obroti debitor qarzlarni 
kamayishini, ya’ni ta’sischilar tomonidan o’tkazib berilgan pul mablag’lari, moddiy 
qimmatliklar va mulklar qiymatini ko’rsatadi. Jamiyatning aksionerlari maxsus reestrda 
ro’yxatga olinadi. Qo’yilmalar bo’yicha aksionerlar bilan olib boriladigan hisob – 
kitobning analitik hisobi aksionerlarning har biri bo’yicha kartochkalarda yoki 
qaydnomalarda ustav kapitaliga qo’yilmalar bo’yicha qarzlari, qarzlarni qaytarish 
muddati, qarzni qaytarish hisobiga topshirilgan aktivlar summasi ko’rsatilgan holda 
yuritiladi. Sotib olingan aksiyalar summasini ta’sischilar asosiy vositalar, nomoddiy 
aktivlar, so’mda va xorijiy valuta pul mablag’lari va boshqa moddiy qimmatliklari bilan 
to’lashlari mumkin. Analitik hisob yuritish uchun asos bo’lib ta’sis hujjatlari, asosiy 
vositalar va nomoddiy aktivlarni qabul qilish – topshirish dalolatnomalari, kirim kassa 
orderlari va boshqalar hisoblanadi. Aksioner jamiyatlarining xo’jalik faoliyati amaldagi 
qonunchilik asosida olib borilsa, ularning ishlab chiqarish xarajatlari va moliya – xo’jalik 
faoliyatining hisobi Nizomga asosan yuritiladi.
32
Chunonchi, jamiyat tomonidan olingan 
balans foydaga hisobot davrida sotilgan mahsulot tannarxiga yoki davr xarajatlariga yoki 
foydani kamaytirishga kiritilgan xarajatlar qo’shiladi. Natijada soliqqa tortiladigan baza 
aniqlanib, undan foyda (daromad) dan ajratma solig’i summasi hisoblanadi. Foydaning 
qolgan summasi sof foyda hisoblanib, u aksionerlar majlisining qaroriga binoan 
taqsimlanadi. Mehnat jamoasining tasarrufida, qolgan sof foyda, odatda, ikki maqsadga 
foydalaniladi: dividend to’lashga va ishlab chiqarishni kengaytirish ham ijtimoiy 
ehtiyojlar uchun. Dividend har chorakda yoki bir yilda bir marta to’lanishi mumkin. 
Oraliq dividend direktorlar kengashi tomonidan e’lon qilinib qat’iy belgilangan 


miqdorda bo’ladi. Yillik dividendlar miqdori aksionerlarning umumiy majlisi tomonidan 
yillik ish natijasi bo’yicha belgilanadi. Yillik dividendlarga oraliq hisoblangan 
dividendlar qo’shilmaydi. Dividendlar hisoblash va to’lash amaldagi Nizomga asosan 
rasmiylashtiriladi.
Imtiyozli aksiyalar bo’yicha oldindan belgilangan dividend ularni muomalaga 
chiqargan paytda ko’rsatiladi. Bunday aksiyalar bo’yicha dividendlar olingan foyda 
miqdoridan qat’iy nazar birinchi navbatda hisoblanadi va to’lanadi. Basharti imtiyozli 
aksiyalar bo’yicha hisoblangan dividendlarni to’lash uchun olingan foyda yetarli 
bo’lmasa, maxsus tashkil etilgan zaxira kapitali yoki boshqa manbalardan foydalaniladi. 
Muomalaga chiqarilmagan aksiyalar bo’yicha dividend hisoblanmaydi. Agar 
jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo’lsa, dividendlar aksiyalar, obligatsiyalar, 
tovarlar bilan to’lanishi mumkin. Jamiyat soliqni hisobga olmagan holda dividend e’lon 
qiladi. Dividend faqat qo’shilgan ulushga yoki sotib olingan aksiyalar uchun to’langan 
summaga mutanosib ravishda beriladi. Dividend tarzida olingan daromaddan soliq 
dividendlarni to’lash manbaida, ya’ni aksioner jamiyatida ushlab qolinadi.
Aksionerlar bilan daromadlar bo’yicha olib boriladigan hisob 6610
«Тo’lanadigan dividendlar» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo’lib, uning kredit 
qoldig’i AJ ning aksionerlar oldidagi qarzini ko’rsatadi, debet oboroti ushlangan soliq va 
to’langan dividendlar summasini aks ettiradi. Aksioner jamiyatida ishlayotgan 
xodimlarga dividendlar hisoblansa, 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan 
xisoblashishlar» schyotidan foydalaniladi.
Dividendlar aksionerlarning umumiy majlisi protokoli va qaroriga binoan ham 
ushlangan soliqlar to’g’risidagi buxgalteriyaning ma’lumoti bo’yicha hisoblanadi. 
Dividendlarni naqd pul va naqd pulsiz to’lanishi kassa chiqim orderi va to’lov topshirig’i 
bilan rasmiylashtiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarga to’lanadigan dividend va foizlar O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavkalarda to’lash 
manbaida soliqqa tortiladi.
Aksioner jamiyatidan chiqib ketayotgan ta’sischilar bilan olib boriladigan hisob – 
kitoblar hisobi 6620-«Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo’yicha qarz» 
schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo’lib kreditida chiqib ketayotgan ta’sischilarga 
to’lanadigan summa aks ettirilsa, debetida ularga to’langan summa ko’rsatiladi. Chiqib 
ketayotgan ta’sischilardan aksiyalar sotib olinsa, 8610-«Sotib olingan xususiy aksiyalar 
– oddiy» yoki 8620-«Sotib olingan xususiy aksiyalar – imtiyozli» schyotlari debetlanib 
6620-«Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo’yicha qarz» schyoti kreditlanadi.
Sotib olingan aksiyalar bo’yicha puli to’langanda 6620-schyot debetlanib 5010, 
5110-schyotlari kreditlanadi. 6610 «Тo’lanadigan dividendlar» va 6620 «Chiqib 
ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo’yicha qarz» schyotlari bo’yicha analitik hisob har 
bir aksioner bo’yicha 7-qaydnomada yuritiladi. Sintetik hisob esa 8-jurnal – orderda aks 
ettiriladi.
1-jadval 
«Тa’sischilarga bo’lgan qarzni hisobga (6600) oluvchi schyotlar» bo’yicha schyotlar 
korrespondensiyasi



Хo’jalik muomalalarining 
mazmuni
Schyotlar 
korrespondensiyasi
Yozuvni 
tasdiqlovchi hujjatlar 
Debet
Kredit
1
Aksionerlarga dividendlar 
hisoblandi
8710
6610
Majlis 
bayonnomasidan 
ko’chirma, 
dividendlar hisobi
2
Hisoblangan 
dividendlarni to’lash
6610
5010, 5110
Kassa
hisoboti 
bankning 
ko’chirmasi
3
Chiqib 
ketayotgan 
ta’sischilarga 
ularning 
ulushlari bo’yicha qarzlar 
hisoblandi
8610,
8620
6620
Majlisning 
bayonnomasidan 
ko’chirma, 
rahbarning 
bo’yruYoi
4
Chiqib 
ketayotgan 
ta’sischilarga 
ularning 
ulushlari bo’yicha
qarzlarni to’lanishi
6620
5010, 5110
Kassa 
hisoboti, 
bankning 
ko’chirmasi
5
Aksionerlardan daromad 
solig’i ushlandi
6610,
6620
6410
Buxgalteriya 
hisobkitodi

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish