3. Mehnat unumdorligini o‘lchash usullari
Mehnat unumdorligini o‘lchash murakkab vazifa bo‘lib, bunga bir tomondan, unumdorlik kategoriyasining ko‘pqirraliligining dinamikasi ko‘p sonli o‘sish omillariga (bevosita va bilvosita, korxona tomonidan bo‘lgan va undan tashqarida bo‘lgan omillarga) bog‘liqligi, ikkinchi tomondan esa, unumdorlikni faoliyatning boshqa muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan bog‘lash talabi sabab bo‘ladi. 70-80- yillar mehnat unumdorligini hisoblash usulini takomillashtirish sohasidagi ishlar ikki yo‘nalishda olib borildi. Birinchi yo‘nalish moddiy sarflarni mahsulot qiymatidan chiqarib tashlashdan iborat edi.
Bu hol mahsulotning o‘lchamlari turlicha qiymatga ega bo‘lishi va uning mehnat unumdorligi dinamikasiga ta’sirini kamaytirish imkonini beradi, deb hisoblanar edi. Izlanishning ikkinchi yo‘nalishi korxona darajasida mehnat unumdorligi ko‘rsatkichini hisoblab chiqarish tamoyillarini makro darajada qabul qilingan hisoblash bilan identifikatsiyalashga (ya’ni, taxmin qilinayotgan dinamikani jonli va buyumlashgan mehnatning umumiy xarajatlarini tejash orqali ifodalashga) qaratilgan edi. Biroq qabul qilingan hisoblash usullari asosida sanoatning ko‘pchilik tarmoqlarida o‘tkazilgan keng ko‘lamdagi tajribalar bunday yondashuv muhim afzalliklarga ega ekanligini ko‘rsatmadi.
Xo‘jalik yuritishning bozor tuzilishiga o‘tilishi munosabati bilan milliy hisob varaqlar tizimi joriy etildi. Ana shu tizim asosida yalpi ichki mahsulot hajmlarining ko‘rsatkichlari butun iqtisodiyot bo‘yichahamda uningbarcha tarmoqlari, shu jumladan, no moddiy soha bo‘yicha ham hisoblab chiqariladi. Bu esa, mahsulot ishlab chiqarish hajmlaridan ichki iste’molni ajratib chiqarish va ko‘rsatkichlarni yiriklashtirgan vaqtda takroran hisoblashni kamaytirish imkonini berdi. Xorij tajribasi asosida makro darajada tovarlarning qat’iy belgilangan to‘plami bo‘yicha mahsulotning tabiiy o‘lchamlari asosida uningfizik hajmi indeksi hisoblab chiqarilib, shundan keyin umumiy sanoat indeksiga birlashtiriladi. Bunda ulgurji narxlar hamda mahsulot fizik hajmining indekslari tanlab olingan turli umumiy hajm va tuzilish bo‘yicha faqat mintaqalar, tarmoqlar va butun sanoat darajasidagina aniqlanadi, lekin ulardan korxonada tezkor boshqaruv chog‘ida foydalanish mumkin bo‘lmaydi. Buning oqibatida korxona darajasida mehnat natijalarini baholash yaxshilanish u yoqdatursin, balki yomonlashadi, chunki qiyosiy narxlar yo‘qligi tufayli mehnat natijalari dinamikasining xarakteristikasi yo‘qotilgan edi. SHu bilan bir qatorda, iqtisodiyotda mahsulot hajmi va mehnat unumdorligining ko‘rsatkich darajalari jamlanmaydi. Islohotdan oldingi amaliyot bilan taqqoslaganda, korxona faoliyatida iqtisodiy erkinlik kengayganligi munosabati bilan mehnat sarflarini hisobga olish muammosi juda keskinlashdi. Mazkur muammoni statistika organlari uzoq vaqt mobaynida hal qilmadilar. Bu esa, mahsulot hajmlari va mehnat sarflarini hisoblash usullarida farqlar bo‘lishiga olib keldi. Bunday holat mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarini hisoblash imkonini bermadi. SHunday qilib, mehnat unumdorligini o‘lchashga qabul qilingan xisoblash tizimi bilan muvofiqlashtirilgan, hamma tomondan e’tirof etilgan yondashuvlar hozirga qadar ishlab chiqilmagan.
4. Mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi nazariyalarning rivojlanishi
O‘zbekistonda ham ko‘plab taniqli iqtisodchilar u yoki bu darajada mehnat unumdorligi masalalari bilan shug‘ullanganlar. Har bir ilmiy nazariyaning o‘z tarixi va qiziqarli jihati ko‘p bo‘lib, bunday o‘rganish turli nuqtai nazarlarni hisobga olish va taqqoslash, muammoni hal qilishga oqilona yondashishni topishga yordamlashadi. Iqtisodiy adabiyotlarda, asosan, mehnat unumdorligi, uning ko‘rsatkichlari, o‘lchash usullari xususida bahslar davom etmoqda. SHunga bog‘liq holda masalaga bo‘lgan asosiy yondashuvlar va konsepsiyalarni ko‘rib chiqamiz.
Mehnat unumdorligi bilan ishlab chiqaruvchi mehnat kuchining nisbati to‘g‘risidagi masala yuzasidan munozara XXasrning 20-yillarida boshlanib, keyingi davrlarda u yoki bu darajada keskinlik bilan davom etdi. Ushbu munozaraning zamirida ikki tushuncha - «ishlab chiqaruvchi mehnat kuchi» (Produktiv-kraft) va «mehnat unumdorligi» tushunchalarining talqini yotadi.
Mazkur masala yuzasidan barcha nuqtai nazarlarni ikkita konseptual yondashuvga birlashtirsa bo‘ladi. Birinchi yondashuv «ishlab chiqaruvchi mehnat kuchi» va «mehnat unumdorligi» tushunchalarini farqlash zarurligini rad etishdan iborat. Uning tarafdorlari (A.M. Ginzburg, A.B. Xalatov, A.V. Bazarov, L.E. Gorelik va boshqalar) ushbu tushunchalarni qarama-qarshi qo‘yish behuda va sun’iy bo‘lib, jiddiy xatolarga olib keladi, deb hisoblaydilar. Ikkinchi yondashuv ushbu tushunchalarni farqlash va ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashni nazarda tutadi. Mehnat unumdorligi muammolari bilan shug‘ullanadigan ko‘pchilik mutaxassislar shunday nuqtai nazarning tarafdori bo‘lib keldilar va hozir ham tarafdoridirlar.
5. Mehnat unumdorligini oshirish omillari va zaxiralari
Mehnat unumdorliginioshirish ayrim korxona va jamoalar uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, uning darajasiga ta’sir etadigan barcha omillar va zahiralarini ko‘paytirishni taqozo etadi.
Umuman, omillar deganda - biron-bir jarayon yoki hodisaga ta’sir etuvchi kuchlar, sabablar, tashqi vaziyatlar tushuniladi. Mehnat unumdorligi omillari - mahsulot, ish yoki xizmatlar birligini ishlab chiqarishda yollanma mehnat sarfi miqdorining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi sabablar, harakatlantiruvchi kuchlar.
Mehnat unumdorligiga ta’sir etishning turli usullarini tasniflash va ularni guruhlarga ajratishning ahamiyati shundaki, bu mehnat unumdorligi mohiyatini chuqurroq anglash va oshirish yo‘llarini bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib aniqlash imkonini beradi. Bunday tasnifning amaliy ahamiyati shundaki, uning yordamida u yoki bu omillarning natijasiga ta’sir darajasini yaxshiroq hisobga olish mumkin bo‘ladi, ya’ni ulardan biri mehnat unumdorligining o‘sishiga barqarorroq ta’sir ko‘rsatsa, boshqalari bu ma’noda o‘tkinchi ahamiyatga ega.
Omillarni tasniflashga turlicha yondashuvlar ularning turli yig‘indilarini farqlashga olib kelishi mumkin. Ammo bunday guruhlar orasida u yoki bu ishlab chiqarish omillarining shakllanishi va rivojlanishi asosiy sifat nuqtai nazaridan qabul qilish o‘rinli bo‘ladi. Bunday omillarga mahsulot ishlab chiqarishning ijtimoiy- siyosiy shart-sharoitlarini belgilaydigan guruhini kiritish mumkin. Ularning ta’siri tegishli xo‘jalik mexanizmlari, ijtimoiy munosabatlar (institutlar) orqali amalga oshiriladi. Omillarning boshqa muhim guruhiga mehnatga haq to‘lash, makroiqtisodiy mutanosibliklar, inson kapitali, texnika va texnologiyalar bilan bog‘liq bo‘lganlari, shuningdek, ijtimoiy omillar kiritiladi.
Raqobat - unumdorliknioshirishning hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning harakatlantiruvchi kuchidir, chunki har bir korxona sotuv va ta’minot bozorida o‘z mavqeini yaxshilashga harakat qiladi. Ikkinchi tomondan, qudratli unumdorlik raqobatni oshiradi, iqtisodiy o‘sish esa uni kuchaytiradi. Nafaqat korxonalar, balki milliy iqtisodiyotlar ham o‘zaro raqobatlashadi. Iqtisodiy nazariyaga ko‘ra, korxona va milliy iqtisodiyotlar raqobatning teng sharoitlarida bo‘lib, bir-biriga qarama- qarshi turadi, bu alohida olingan milliy iqtisodiyot va aniq korxonalar o‘rtasidagi real hayotda sezilarli farqlanadi. Masalan, tabiiy resurslar, iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilma, ishchi kuchi ko‘lami va sifat tuzilmasi umuman teng emas.
Buning ustiga, korxonalar bilan milliy iqtisodiyotlar ko‘lamlari o‘rtasidagi farqlarga keyingi yillarga qadar raqobat shartlarining tengsizlik ko‘rsatkichi sifatida qarab kelingan. Albatta, yirik korxonalar ta’minot va sotuv bozorida mutlaq boshqa ishchi kuchini qamrab olishga qodir. Iqtisodiyotni rivojlantirishda ham xuddi shunday, o‘zlarining yirik ichki bozorlari va tashqi bozorlardagi kuchli mavqelari bilan ko‘lami kichikroq iqtisodiy kuchga ega korxonalarga qaraganda raqiblar tazyig‘iga muvaffaqiyatliroq qarshilik ko‘rsatishga qodir bo‘ladi.
Mehnat unumdorligini oshirishga ta’sir etish darajasi va hususiyatiga qarab, omillarni quyidagi uchta guruhga: moddiy-texnik, tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy- ruhiy guruhlarga birlashtirish mumkin.
Moddiy-texnik omillar - yangi texnika, ilg‘or texnologiya, xomashyo va materiallarning yangi turlaridan foydalanish bilan bog‘langan.
Ishlab chiqarishni takomillashtirish vazifalarini hal etishga:
- uskunalarni zamonaviylashtirish;
- ma’naviy eskirgan uskunalarni yangi, unumliroq uskunalar bilan almashtirish;
- ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash darajasini oshirish: qo‘lda bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalash, kichik mexanizatsiya vositalarini joriy etish, uchastka va sexlardagi ishlarni yalpi mexanizatsiyalash;
- ishlab chiqarishni avtomatlashtirish: avtomat-dastgohlarni,
avtomatlashtirilgan uskunalarni o‘rnatish, avtomatlashtirilganliniyalardan va ishlab chiqarish tizimlaridan foydalanish;
- yangi, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish;
- xomashyoning yangi turlaridan, progressiv materiallardan foydalanish yo‘li bilan va boshqa choralar orqali erishiladi.
YAngi texnika va texnologiyalardan, ishlab chiqarish bino va inshootlari, uskuna va asboblar, xomashyo va energiyaning har xil turlaridan foydalanish mahsulot birligiga jonli mehnat sarfini kamaytirish bilan biriktirilgan taqdirdagina mehnat unumdorligini oshirishga qodir bo‘ladi. Bu holatda jonli mehnatning shu yoki kamroq darajasi berilgan ishlab chiqarish chegarasida ko‘proq miqdorda iste’mol qiymatlarini ishlab chiqara oladi. Ammo, bunda mahsulot birligiga jonli mehnat jamg‘armasi joriy etilayotgan yangi texnika, texnologiya sarflaridan ko‘proq bo‘lishi kerak.
Muayyan holatda yangi texnikaga sarflar deganda, kapitalning renta bahosi tushuniladi. Kapitalning renta bahosi - kapital xizmatlaridan foydalanish qiymati. Nazariy jihatdan u texnika ijarasi uchun (yoki uni sotib olish ssudasiga) foizlar to‘lash va amortizatsiya summasini o‘z ichiga oladi. Ammo, bizning amaliyotda lizing ham tarqalgan, bank kreditidan qimmat bo‘lganligi uchun ham foydalaniladi, shuning uchun ham amaliyotda kapitalning renta bahosi amortizatsiya summasidan iborat bo‘ladi.
Demak, yangi texnikani joriy qilish shartiga ko‘ra yangi texnika amortizatsiyasining summasi mahsulot birligiga bevosita jonli mehnat tejamining puldagi ifodasidan kamroq bo‘lishi kerak. Aks holda, tadbirkor yangi texnikani joriy etishdan tijorat foydasini ololmaydi, yangi texnikaga yollanma mehnatga qiladigan sarfidan tejab qolganidan ko‘ra ko‘proq sarflashga to‘g‘ri keladi. Bunda mahsulot birligiga jonli mehnat hissasi, tabiiyki, moddiylashgan foydasiga kamayadi.
Umumdavlat zaxiralari va ulardan foydalanish butun iqtisodiyotda mehnat unumdorligining oshishiga ta’sir etadi. Bular korxonalarni joylashtirish, aholining ish bilan bandligidan oqilona foydalanish, xo‘jalik yuritishning bozor usullarini tatbiq etish va shu kabilardir.
Mintaqaviy zaxiralar - muayyan mintaqaga xos bo‘lgan ishlab chiqaruvchi kuchlardan yaxshiroq foydalanish imkoniyatlari.
Tarmoqlararo zaxiralar turli tarmoqlardagi korxonalar o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash, shartnomaviy intizomni mustahkamlash imkoniyati bilan bog‘langandir.
Ishlab chiqarish ichki zaxiralari korxonada xomashyo, materiallar, uskunalar, ish vaqtdan foydalanishdagi kamchiliklar bilan belgilanadi. Smena ichidagi va butun kun mobaynidagi ish vaqti bevosita nobudgarchiliklardan tashqari, yaroqsiz qilingan buyumlarni tuzatish, texnologiyada ko‘zda tutilgan ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘zga ko‘rinmas nobudgarchiliklar ham bo‘ladi.
Foydalanish muddatlari bo‘yicha zaxiralar - joriyva istiqboldagi zaxiralarga bo‘linadi:
joriy zaxiralardan oy, chorak, yil davomida korxonalarning haqiqiy imkoniyatlariga qarab foydalanish nazarda tutiladi;
istiqboldagi zaxiralar korxonaning ularni yaqin vaqt ichida ishga solish uchun etarlicha resurslari yo‘q va ulardan istiqbolda bir yil yoki yanada ko‘proq vaqt keyin foydalanish mo‘ljallanadi.
Korxonalarda zaxiralardan foydalanish uchun tashkiliy-texnikaviy tadbirlar rejalari ishlab chiqiladi, ularda mehnat unumdorligini oshirishzaxiralarining turlari, ularni amalga oshirish chora-tadbirlari, bunga rejalashtirilayotgan sarflar ishlarni bajarish muddatlari, mas’ul ijrochilar ko‘rsatiladi.
Xulosa
Kurs ishimdan olgan hulosalarim shuki: mehnat unumdorligi ko’rsatkichlari tizimining tuzilishi ulardan har birining funktsional vazifasini aniqlashga asoslanish lozim. Ko’rsatkichlarni tasniflashni mezoni - mehnat natijalarini ifodalash usulidir.
Mehnat unumdorligini aniqlash vazifasi, uning tizimini yaratish, o’rganish muhim yo’nalish hisoblanadi. Mehnat unumdorligini o’lchash usullari ko’p omilli, vektorli va mezonli sifatida tasniflanadi.
Mehnat unumdorligi rivojlanib boruvchi ko’rsatkich bo’lganligi sababli omillar va zahiralarni o’rganish dolzarb muammoga aylandi. Mehnat unumdorligini oshirish zahiralar tizimini yaratish eng muhim yo’nalishdir.
Mehnat unumdorligi darajasi ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi eng muhim ko’rsatkich hisoblanadi, u to’g’ri va teskari ko’rsatkichlar yordamida baholanadi. To’g’ri mehnat unumdorligi ko’rsatkichi - vaqt birligida ishlab chiqargan mahsulot miqdorini ifodalaydi. Teskari mehnat unumdorligi ko’rsatkichi, mehnat talabchanligi - mahsulot birligiga sarf etilgan ish vaqti birligini ifodalaydi. Bu ko’rsatkichlar orasida teskari bog’liqlik mavjud.
Mehnat unumdorligi darajasini o’rganish muammosi, iqtisodchi-statistiklar orasida diskussiya hisoblanib, juda ko’p fikr va mulohazalar bildirilmoqda. G’arb statistikasida unumdorlik ko’rsatkichlari tizimi ishlab chiqarish nazariyasi asosida tashkil etiladi va bu nazariyaga ko’ra mehnat unumdorligi, unumdorlikning xususiy ko’rsatkichi sifatida qaraladi, chunki sarflangan jonli mehnat, faqat ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida qaralib, texnik taraqqiyot etishi sari uning ahamiyati kamayib boradi va shuning uchun mahsulot yaratishda ishtirok etadigan ishlab chiqarish omillarini ham hisobga olish lozim.
Xalqaro statistikada unumdorlik hisob-kitobida, mahsulot ko’rsatkichi sifatida yalpi mahsulot ishlab chiqarish, pirovard mahsulot, sof mahsulot, yalpi qo’shilgan qiymat, sof qo’shilgan qiymat ko’rsatkichlaridan foydalanish mumkinligi ko’riladi. Mehnat unumdorligi dinamikasi indeks usuli yordamida o’rganilib, bu usul nafaqat mehnat unumdorligi o’zgarishini ko’rsatib, balki turli xil omillar ta’sirini ham aks ettiradi. Mehnat unumdorligi bozor sharoitida natijaviy ko’rsatkichni oshirishning asosiy omili bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |