Texnologiya fanida o’qitish metodlari.
Mehnat ta’limining ogzaki metodlari
1. Suhbat, materialni ogzaki bayon qilish. Bu metod o`quv materialini shunday bayon qilishni nazarda tutadiki, buning natijasida yangi texnika mehnat tushunchalari ochib beriladi, mashinalar, mehnat va texnologiya jarayonlari haqidagi texnik-iqtisodiy ma’lumotlar o`rganib chiqiladi, umuman mehnat usullari va topshiriqlarini bajarish yuzasidan tushuntirishlar beriladi. Bu metod asosida o`qituvchining jonli so`zi yotadi, bu so`z esa o`quvchilarga kuchli xis etilishi (emotsional) ta’sir ko`rsatadi, ularning tasavvurini boyitadi, ijodiy fikr yuritishga undaydi, ko`pgina shaxsiy ijobiy sifatlarni tarkib toptirishga yordam beradi.
Bayon qilinayotgan material o`quvchilarning tushunishi uchun qiyin bo`lgan, yangi ma’-lumotlar xabar qilingan, mehnat usullarini bajarish yo`llarini tushuntirib berish talab qilingan hollarda ogzaki bayon qilish metodidan foydalaniladi. O`qituvchi ogzaki bayon qilish jarayonida o`z yozuvlari, hisoblari, hisob-kitoblar, eskizlardan keng foydalanadi. O`quv-materialini o`zlashtirish uchun o`quvchilar o`tilgan mavzu yuzasidan haqiqiy tayyorgarlik darajasiga ega bo`lishlari kerak. Bu so`rash yoki esdan chiqarib yuborilgan darslarni qayta tiklash va tajriba orttirish yo`li bilan oson aniqlanadi.
O`quv materialini bayon qilish muntazam, mantiqan izchil va shugullangan bo`lishi kerak. Bunda o`quvchilar materialni oson anglab olish uchun o`qituvchi o`z tushuntirishini o`quv-chilarga test savollarini berish bilan bo`lib turishi, ularning o`zlashtirishini va diqqatini tekshirishi kerak.
Ogzaki bayon qilish metodi ayrim kamchiliklarga egadir (ba’zan o`quvchilarning darsda faollik ko`rsatmaganligi va ularning darslarda yaxshi o`zlashtirmasligi kuzatiladi), natijada o`qituvchi ko`pincha darsning o`zlashtirilish jarayonini tezlatib boshqarish imkonidan mahrum bo`lib qoladi. Bu kamchiliklarga barham berish uchun darsda ritorik savollar (ya’ni bular shunday savollarki, ularga o`qituvchining o`zi javob qaytaradi) berish, shuningdek ko`rsatmali qo`llanmalarni namoyish qilish, texnologiya hujjatlarini, kinematik qo`llanmalarni tahlil qilish, hisob-kitoblar o`tkazish maqsadga muvofiqdir.
O`qituvchi o`quvchilar ehtimol bo`lgan savollarni, ularning shubhalari va e’tirozlarini oldindan ko`ra olishi, o`zi savollar qo`yib o`zi ularga javob qaytarishi kerak. Kirish va joriy instruktajlari o`tkazish vaqtida mehnat va hunar darslarida o`quv materialining og´zaki bayon qilishdan keng foydalaniladi. Tajribali o`qituvchilar odatda gapni mashgulot mavzusi uning ayrim muhim masalalari bilan qisqacha tanishtirishdan boshlaydilar, bunday maqsad o`quvchilarga mazkur masalalar o`rtasidagi uzviy bog´liklik oldindan aniq bo`lishi kerakligidir. Masalan: har bir stanokni, mashinani o`rganish vaqtida o`qituvchi o`quvchilarni bu stanok va mashinaning vazifasi bilan tanishtiradi. Shundan keyingina ularning tuzilishi va ishlash tamoyillarini tushuntirishga o`tadi, ularda bajariladigan texnologiya jarayonlari bilan tanishtiradi. Bu hol o`quvchilarda ana shu stanok va mashinaning konstruktsiyasini batafsil o`rganib chiqishga qiziqish uyg´otadi. Ular bu stanok va mashinalarning paydo bo`lish g´oyalari ayrim uzellari qanday tuzilganligini, ularning vazifasi va konstruktiv xususiyatlari qandayligini, ular o`r-tasidagi kinematik boglanish nimalardan iborat ekanligini va hokazolarni bilishni istaydilar. O`quv ustaxonalarida o`tkaziladigan mehnat operatsiyalarini bilib va o`zlashtira olish vaqtida o`qituvchi avvaliga ularning vazifasi va ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonida tutgan o`rnini tushuntirib beradi, ularni o`quvchilar ilgari o`zlashtirib olgan operatsiyalar bilan taqqoslaydi, bu bilan ularga xos bo`lgan umumiy belgilarni ajratib ko`rsatadi va farklarni tushuntirib beradi. Shunday qilib o`quv materialini ogzaki bayon qilish vaqtida xulosalar va umumlashmalarni isbot bo`lishi uchun o`rgani-layotgan jarayonlar, hodisalar va predmetlarni qiyosiy tahlil qilish katta ahamiyatga ega bo`ladi.
O`qituvchi mavzuni bayon qilishni tamomlar ekan, o`quv materialining asosiy qoidalariga qisqacha yakun yasashi lozim.
2-suhbat. Bu mehnat ta’limining shunday usulidirki, unda o`qituvchi to`g´ri qo`yilgan savollar yordamida o`quvchilarda ilgari o`zlashtirilgan bilimlarni esga tushiradi va shu asosda mustaqil ravishda yangi bilimlar hosil qilishga undaydi.
Mehnat ta’limi metodi bo`lgan suhbatdan yangi materiallarni o`rganish vaqtida shuning uchun foydalaniladigan, ilgari o`zlashtirilgan bilimlar va amaliy tajriba uning bazasi bo`lib, xizmat qilishi kerak. Bilimlar, amaliy tajribalar mavhum bo`lmasdan, mazmun jihatidan ham tafsilot (xarakter) jihatidan ham, boglangan bo`lishi, ya’ni umumiylikka ega bo`lishi lozim.
O`quvchilarning yangi o`quv materialining suhbat usuli bilan o`rganish o`qituvchilar mashgulotga puxta tayyorgarlik ko`rishni talab qiladi. Bu tayyorgarlik shundan iborat bo`ladiki, o`qituvchi dars rejasini tuzish vaqtida suhbatning asosiy mazmunini belgilab oladi, asosiy savollarni tuzib chiqadi, butun suhbatning borishini, o`quvchilar bajarishi mumkin bo`lgan javoblarni o`ylab oladi, qisqicha kirish va yakunlovchi suhbatlarni tayyorlaydi.
O`quvchilar suhbatning borishi jarayonida o`qituvchining savollariga javob berar ekanlar, o`zlariga ilgarigi materialdan ma’lum bo`lgan faktlar, qoidalarni taxlil qiladilar, yangi yakunlarni ifodalaydilar va umumiy xulosalar chiqaradilar. Hamma o`quvchilar qo`yilgan savollarning mazmuniga qarab, zarur bo`lib qolsa, bir-birlarining javoblarini to`ldiradilar va to`girlaydilar. Bunda o`qituvchi suhbatning borishini to`g´ri boshqarishi asosiy e’tiborni ancha kuchli va faol o`quvchilarga qaratmasdan birmuncha 3, 2, 1 baholar atrofida biladigan o`quvchilarni ham suhbatga jalb qilishga e’tibor berishi muhimdir. Suhbatni o`tkazish vaqtida o`qituvchi o`zi chaqirmoqchi bo`lgan o`quvchining o`zi-gagina murojaat qilib qolmasligi kerak, chunki bunday holda boshqa o`quvchilarning ijodiy faolligi pasayib ketishi, bu hol suhbatning borishi va sifatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Jamoa suhbatlardan kirish, shuningdek yakunlovchi instruktajlar o`tkazish vaqtida ham foydalanish mumkin.
Mehnat ta’limi bo`yicha o`tkaziladigan mashgulotlar, o`quv materialining mazmuni suhbat metodidan foydalanish uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi. Masalan: ishlab chiqarishning turli tarmoklarida ishlatiladigan mashinalar, mexanizmlar va asboblarni, texnologiya, mehnat jarayonlari va operatsiyalarni, mehnatni rejalashtirish va tashqil etishni o`rganish, o`z maz-munida umumiy belgilar va o`xshash xususiyatlarga ega bo`lgan ana shu jarayonlarni qiyosiy tahlil qilish asosida o`quvchilarning fikrlash faolligini rivojlantirish, ularni olgan bilimlarini e’tiqodga aylantirish imkonini beradi.
Demak, mehnat ta’limi darslarida foydalanadigan suhbat metodining afzalligi shundaki, u o`quvchilarning bilishga oid qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi, ularning fikrini nihoyatda faollashtiradi, ta’lim jaraenini operativ boshqarish uchun shart-sharoitlar yaratib beradi. Birok, bu metodni universal metod deb hisoblab bo`lmaydi, chunki u o`quvchilarda mehnat ko`nikmalari va malakalarini tarkib toptirishni ta’minlab bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |