Mehnat ta'limi o'quv jarayonida ta'lim vositalaridan foydalanish metodikasi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Mehnat ta’limining ko`rsatmali metodlari



Download 170 Kb.
bet14/16
Sana03.03.2023
Hajmi170 Kb.
#916046
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Mehnat ta\'limi o\'quv jarayonida ta\'lim vositalaridan foydalanish metodikasi

Mehnat ta’limining ko`rsatmali metodlari
Mustaqil kuzatishlar mehnat ta’limining shunday metodikiy, u vaqtida, korxonalarga ekskursiyalar o`tkazish va mehnat usullari bo`yicha mashqlarni o`tkazish vaqtida, mashina-larning konstruktsiyalarini o`rganish hamda texnalogik jarayonlarni bajarish vaqtida tarbiyalab borish zarur.
Ko`rsatmali qo`llanmalarni namoyish qilish mehnat va kasb ta’limining o`rganilayotgan ob’ektlarini ko`rsatma hissiy idrok qilishga asoslangan metodidir. Bu metod o`quv materialini bayon qilish jarayonida quyidagilarni ko`rsatishni nazarda tutadi:
a) tabiiy namunalar: mashinalar, stanoklar, mexanizmlar, moslamalar, asboblar, za-gotovkalar, materiallar.;
b) yassi va hajmdor qo`llanmalar (plakatlar, sxemalar, jadvallar, diagrammalar, mo-dellar);
v) ekranli qo`llanmalar (diapozitivlar, diafilmlar, o`quv video va kino-filmlar). Ko`rsatma qo`llanmalarni namoyish qilish vaqtida muayyan izchillikka amal qilish, o`quvchilar kuza-tayotgan ob’ektni bayon qilinayotgan material mazmuni bilan bog´lash kerak.
Tabiiy namunalarni namoyish qilish jarayonida agar ular yirik ob’ektlar (mashinalar, stanoklar, mexanizmlar, moslamalar) bo`lsa, mehnat o`qituvchisi ularni to`gridan-to`gri ish joyining o`zidan turib ko`rsatishi mumkin. Agar tabiiy kuzatishlar ob’ektlari kichik bo`lsa (asboblar, zagotovkalar, materiallarning namunalari), u holda bu materiallarni o`quvchilarga tarqatish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilganda o`quvchilar bu ob’ektlarning tashqi ko`rinishi, tuzilishi bilan yaxshiroq tanishadilar. Ba’zan kuzatish ob’ektini dinamik tarzda, ya’ni harakatda namoyish qilgan foydalidir, bu esa o`quvchilarning ob’ektlarning konstruktiv xususiyatlarini ham, ularning ayrim qismlari o`rtasidagi kinematik boglanishni ham yaxshiroq tushunishlariga yordam beradi.
Yassi va hajmdor qo`llanmalar (ular odatda ancha yirik masshtabda bajariladi) bevosita o`qituvchining ish joyidan turib namoyish etilishi mumkin. Katta hajmdagi qo`llanmalar sodda konstruktsiyaga ega bo`lib, ularning ichki tuzatish va ishlash printsipini ko`rsatish vaqtida osongina bo`laklarga ajraladi, lekin ular kuzatishning tabiiy ob’ektlarini namoyish qilish o`rnini egallay olmaydi.
Mehnat darslarida ekranli qo`llanmalarni namoyish qilish o`quvchilarga bayon qili-nayotgan materialni yaxshiroq tushunish va o`zlashtirib olish imkonini, o`qituvchi esa dars-ga tayyorgarlik ko`rish va predmetlarni namoyish qilish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Masalan, detal tayyorlashning texnalogik jarayonini tushuntirganda o`qituvchi o`quvchilarga diapozitivning tayyor lentasini namoyish qilishi yoki stanok va mashinaning kinematik sxemasini tushintirish vaqtida (ayniqsa tegishli plakatlar mavjud bo`lmaganda) epidiaskop yordamida kitoblarda joylashtirilgan sxemalar va suratlarning slaydlarini namoyish qilish mumkin.
O`quv video va kinofilmlardan foydalanish o`quvchilarga hozirgi zamon texnikasining namunalarini yaqqol va harakat qilayotgan vaqtda ko`rsatish, ilgor texnologiya bilan korxo-nadagi mehnatni tashkil etish va uning madaniyati xususiyatlari bilan u erga bormasdan turib tanishish imkonini beradi. Masalan, o`quvchilar cho`yan va po`lat olishdan iborat metallurgiya jarayonini o`rganayotganlarida ko`pincha ana shunday korxonaga ekskursiyaga borish imkoni bo`lmaydi. Mazkur mavzudagi o`quv kinolentasi esa o`quvchilarning tabiiy sharoitlarda xodisalarni va ishlab chiqarish jarayonlarini bevosita idrok qilishni ta’minlaydi. Bu metoddan texnologiya va mehnat jarayonlarini borishi, mashinalar va ularning ish rejimini o`rganish uchun, stanoklar, mashinalarning ishidagi nuqsonlarini aniqlash, mehnat usullari va ularning elementlarini o`rganish vaqtida foydalanish mumkin.
Mustaqil kuzatishlar jarayonida o`quvchilarda texnologiya va mehnat jarayonining borishini to`gri va tez aniqlab olishga oid sensor ko`nikmalar va malakalargina emas, bir-biriga o`xshash xususiyatlar, hodisalar faktlarni guruhlarga ajratishda, ulardagi o`xshash va farq qiluvchi belgilarni topishda, xulosalar va umumiy fikrlar chiqarishda namoyon bo`ladigan intellektual faoliyatni rivojlantirish ham ro`y beradi.
O`quvchilarning mustaqil kuzatishlarini quyidagi sxema asosida tashkil etish va o`tkazish maqsadga muvofikdir.
1. O`qituvchining kuzatish ob’ektlarini tanlashi.
2. Kuzatishga oid yakka va zvenoga rejalangan topshiriqlarni tayerlash va berish; bu topshiriqqa kuzatish vaqtida aniqlanishi lozim bo`lgan masalalar aniq ifodalangan bo`lishi lozim.
3. Bevosita kuzatishlarning bajarilishi (kuzatishni qanday olib borish, qanday tizimda va izchilliqia o`tkazish kerakligi haqida yo`l-yo`riq beriladi).
4. Kuzatish natijalarini yozma, grafik hisobotlar tarzida rasmiylashtirish.
5. Kuzatish natijalarini jamoa ravishda muhokama qilish va ularga baho berish.
Mehnat ta’lim darslarida mustaqil kuzatishga oid vazifalar o`z murakkabligi, xarakter va mazmuniga qarab o`qituvchi tomonidan turli muddatlarga berilishi mumkin.
O`quv ustaxonalarida o`tkaziladigan mashgulotlar vaqtidagi mustaqil kuzatishlarning turlaridan biri sifatida o`quvchilarning ob’ektiv o`quvchilar vaqtini belgilash maqsadida amaliy ishlarni bajarish vaqtida o`z mehnat faoliyatini mustaqil kuzatishni aytish mumkin. Boshqacha so`zlar bilan aytganda, o`quvchilar har yili yoki bir necha yil mobaynida takrorlanib turadigan eng tipik va izchil ish turlarini bajarish vaqtida o`z faoliyatlarini mustaqil xronometraj qilishlari lozim.
Har bir o`quvchi mustaqil xronometraj jarayonida sekundomerdan foydalanib, xro-nometraj xaritasida har bir mehnat operatsiyasiga ketadigan haqiqiy vaqt sarfini qayd qiladi, ulardan butun mahsulotni ishlash uchun ketadigan umumiy vaqt hajmi hosil bo`ladi. Bunday kuzatishlar uzoq vaqt davom etishi (uch oy, yarim yil davom etishi) mumkin. Ular o`quvchilarning o`zi uchun mehnatni rejalashtirish usullarini o`rganish ma’nosida juda foydalidir va o`quv ustaxonalari uchun ham qimmatlidir, chunki tayyorlanadigan buyumga ketadigan ob’ektiv o`quvchilar vaqtini aniqlash imkoni tutiladi, bu hol birinchi navbatda mehnat va kasb ta’limining tashkiliy tomonini yaxshilashga yordam beradi.
O`quvchilar yaxshi kuzata bilishlari uchun ularda ana shu sifatni mehnat ta’limining hamma bosqichlarida: ko`rsatma qo`llanmalarni, o`quv filmlarini, buyumlar va mehnat usullari-ning aniq namunalarini ko`rsatish bunday vaqtda bebaho metodik vosita bo`lib xizmat qilishi mumkin. Mehnat darslarida ko`rgazmali qo`llanmalardan foydalanish metodining samarali bo`lishi quyidagi talablarga rioya qilinishiga bog´liqdir:
1. Ko`rsatma qo`llanmalarni namoyish qilish vaqtida ularning barcha o`quvchilarga yaxshi ko`rinadigan bo`lishini ta’minlash zarur.
2. Ko`rsatma qo`llanmalar o`quv materiali mazmunining eng muhim belgilarini aks ettirish lozim.
3. Bayon qilinayotgan materialning mazmuniga to`la-to`kis muvofiq keladigan ko`rsat-malar namoyish qilish kerak. Ortiqcha kuzatish ob’ektlari bo`lmasligi lozim, chunki ular o`quvchilarning diqqatini chalgitishi mumkin.
4. O`qituvchi ko`rsatilayotgan narsaning o`quvchilar tomonidan idrok etilishi jarayoniga aniq rahbarlik qilishi lozim.
Mehnat usullarini ko`rsatish mehnat va kasb ta’limining mehnat usullari operatsiyalari, jarayonlari va ularning elementlarini o`rganish vaqtida foydalaniladigan alohida metodidir. Yangi mehnat operatsiyasini o`rganish vaqtida o`qituvchi undan o`quvchilar o`zlashtirib olishi zarur bo`lgan eng muhim mehnat usullarini alohida ajratib ko`rsatishi zarur.
Mehnat usulini ko`rsatishni shartli ravishda to`rt bosqichga bo`lish mumkin:
1. O`qituvchining mehnat usulini ish sur’atida ko`rsatishi.
2. Mehnat usulini alohida elementlarga (ish va ish bajarishdagi harakatlarga) ajratish va ulardan har birini sekin sur’at bilan ko`rsatish.
3. Mehnat usulini ish sur’atida takroriy ko`rsatish.
4. O`quvchilarning ko`rsatilgan mehnat usulini (uning elementlarini) sinov tariqasida bajarish bilan o`zlashtirishni tekshirish.
Mehnat usulini ko`rsatish vaqtida uning o`quvchilariga yaxshi ko`rinadigan bo`lishini ta’minlash zarur. O`qituvchi mehnat usulini ko`rsatar ekan. Uning ayrim elementlarini qanday bajarish usullarini batafsil tushuntirib berishi lozim, chunki mehnat usulini ko`rsatishning o`zi hali o`quvchilarning o`z oldilariga qo`yilgan vazifalarni anglagan holda to`g´ri tushunib olishlarini ta’minlamaydi. Masalan, o`quvchilarning metallarni qirqish bo`yicha mehnat operatsiyasini bajarishi vaqtida o`qituvchi bu operatsiyadan shunday mehnat usullarini, ya’ni ish o`rnida gavdani qanday tutish, zubilani chap qo`l bilan ushlash, zarb elementlarini (barmoqlar, tirsak va elka bilan) ishlab chiqishni alohida ajratib ko`rsatadi. So`ngra yuqorida ko`rsatilgan bayon qilish metodikasiga amal qilib, ulardan har birini tushuntirib va ko`rsatib beradi.
Mehnat usulining elementlarini o`quvchilar yaxshirok, tushunishlariga imkon be-rish uchun ba’zan tushuntirish vaqtida pauza qilish, ayni vaqtda ularning diqqatini ko`rsatilayotgan narsaga qaratish muhimdir. Masalan, o`qituvchi zubilani chap qo`l bilan ushlashni tushuntirar ekan, o`quvchilarning diqqatini uni faqat uchta barmoq bilan ushlashga va uni kaftda qattiq ushlab turmaslik lozimligiga qaratadi. Qolgan ikki barmoq (ko`rsatkich va bosh barmoq) bo`sh bo`lishi, hatto zubilani ham ushlamasligi kerak. O`qituvchi zubilani bunday ushlash ancha samarali, xavfsiz bo`lib, jismoniy kuchni tejashini va ish sifatini yaxshilashini tushuntirib berishi lozim. O`qituvchi boshqa asboblar, uskunalar va mashinalar bilan mehnat va hunar usulini ko`rsatish vaqtida tushunish uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan mehnat va hunar usullari va ularning elementlari aks ettirilganligini hamda ularni rangli plakatlardan ham foydalanmogi kerak. O`quvchi-larning yaxshi tushunishi uchun mehnat va hunar usullarini elementlarga bo`lish vaqtida, ularni bajarishda ayniqsa uzoq vaqtgacha cho`ziladigan mashqlarga berilib ketmasligi kerak, chunki bu mehnat harakatlarini birmuncha to`xtatib qo`yishga va ulardan mehnat va hunar usullari va operatsiyalariga o`tishda birmuncha qiyinchilikka sabab bo`lishi mumkin.
Mehnat usullarini ko`rsatish vaqtida o`qituvchi o`quvchilarning diqqatini va qiziqishini ko`rsatilayotgan narsaga qaratishi ularni mehnat harakatlarini faol va ongli ravishda o`zlash-tirishga undashi zarur. Mehnat va hunar usullarini ko`rsatishning samaradorligi mehnat o`qituvchilarining malakasiga bogliq bo`lib ularning o`zlari ham bu usullarni nuqsonsiz baja-rishlari talab qilinadi.



Download 170 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish