Dars tipi: Yangi bilimlar berish.
Dars turi: nazariy.
Darsda qo`llaniladigan o`qitish metodlari: ma`ruza, suhbat, tushintirish. Fanlararo bog`lanish:texnika, texnologiya. Matematika, informatika, fizika, iqtisodiy bilim asoslari va b.
Dars jihozi: tarqatma materiallar, kompyuter, proyektor, ekran, ishlab chiqarish sohalariga oid slaydlar, ko`rgazmalar va h.
Darsning borishi :
Tashkiliy qism.
O`tilgan darsni so`rash va baholash:
O`zbekistonda xalq xo`jaligini rivojlantirish haqida gapiring.
Sanoat ishlab chiqarishi haqida gapring.
Qurilishda.moddiy ishlab chiqarish asoslari haqida gapiring.
Sanoat va qurulish ishlab chiqarishining bir-biriga bog`liqligi haqida gapiring.
Yangi mavzuni bayon qilish.
Reja:
Ishlab chiqarish texnologiyasi va uning asosiy mazmuni.
Texnologik jarayon va uning tarkibi, xususiyatlari.
Texnologik harakat, usul va operatsiya.
Mexanik, kimyoviy, biologik va energetik usullar hamda ularni qo`llash texnologik jarayonlari.
Ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy sxemasi.
Texnologiya deganda mahsulot olish jarayonida ishlatiladigan xomashyo, material yoki yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlab tayyorlash, ularning holatini, xossalari va shaklini o`zgartirish usullari majmui tushuniladi. Odatda texnologiya muayyan ishlab chiqarish bilan bo`g`lanadi. Masalan, sulfat kislota olish, po`lat eritish, non yopish, poyabzal tayyorlash va hakozolarning texnologiyasi bir-biridan farqlanadi.
Juda ko`p texnologik jarayonlar mavjud bo`lib, ularning har biri o`z strukturasi va xususiyatlariga ega. Lekin bir qancha texnologik jarayonlar uchun umumiy bo`lgan qator usullarni ham ajratish mumkin. Ana shunday umumiy (ba`zan asosiy deb ataladigan) usullarga mexanik, kimyoviy, biologik va energetik usullar kiradi.
Mexnik (fizik-mexanik) usul mehnat predmetiga mexanik ta`sir etuvchi chunonchi mareriallarni kesish, qirqish, detallarni vintlah, mix parchinlar bilan biriktirish, presslash va hakozolar orqali amalga oshadigan texnologik jarayonlarni o`z ichiga oladi.
Kimyoviy usul bilan mehnat predmetlari kimyoviy reaksiyalar hisobiga o`zgaradigan texnologik jarayonlar amalga oshiriladi.Bu usul faqat bevosita kimyo sanoatida emas, balki xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlarida, masalan, elektrotexnika sanoatida ayrim elektroizolyatsion va o`tkazgich materiallar tayyorlashda, qishloq xo`jaligida zararkunandalarga qarshi kurashishda, mashinasozlikda metallarni korroziyadan saqlashda ham keng qo`llanadi.
Biolodik usullar mehnat predmeti jonli organizmlarda ro`y beradigan biokimyoviy jarayonlar ta`sirida o`zgarishi bilan xarakterlanadi, Biologik usullar sanoatning bir qancha tarmoqlarida ,masalan, oziq-ovqat, kimyo, yengil sanoatda keng tarqalgan, shuningdek, ular metallurgiyada ham o`rin olgan bo`lib, maxsus akteriyalar yordamida rudadan ayrim metallarni (mis, marganes, xrom va b) ajratib olish yo`llari topilmoqda.
Energetik usullar energiyaning elektr, yadro va boshqa turlaridan bevosita foydalanishda amalda oshiriladigan texnologik jarayonlarni o`z ichiga oladi. Masalan, mis va alyuminiy elektroliz yo`li bilan olinadi (buni fizika va kimyo darslarida bilib olish mumkin), ko`p detallar yuqori chastotali toklar bilan mustahkamlanadi va h.
Bir qator materiallarni ishlash texnologiyasi yuqorida ko`rib chiqilgan asosiy usullar kombinasiyatsiga tayanadi.
Kombinatsiyalashgan usulning misoli sifatida metallga himyolovchi va dekorativ qoplamalarni elektrokimyoviy metod bilan surtishni ko`rsatish mumkin. Detallarga elektrofizik usulda ishlov berish ham kombinatsiyalashgan usulga kiradi. Buning namunasi materiallarni elektronlar tutami bilan ishlash (payvandlash, kesish)dir.
Texnologik operasiyalardan tashkil topadi. Texnologik operatsiya- texnologik jarayonning tugallangan qismi bo`lib, uni ishchi ( yoki ishchilar guruhi) uzluksiz bitta ish o`rnida bitta buyumni tayyorlash ( zagotovka, detal yig`ish birligi va h) bo`yicha bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |