Mehnat talimi fanidan bir soatlik dars ishlanmasi



Download 1,06 Mb.
Sana01.01.2022
Hajmi1,06 Mb.
#281747
Bog'liq
Mehnat-talimi-fanidan-bir-soatlik-dars-ishlanmas1


Mavzu: Zanjir chokdan kashta tikish.
Darsning maqsadi:

Talimiy: O’quvchilarga turli kashtachilik ranglari, rang tanlash va chok namunalarini tikish bo’yicha dastlabki bilim va malakalar berish.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mehnat ta’limi darsi hamda kashtachilik kasbiga qiziqishini oshirish, shuningdek ularga mehnat qilish ko’nikmasini shakillantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning kashtachilikda ishlatiladigan ranglarni tanlash, chok namunalarini tikishga oid bilim va malakalarini rivojlantirish.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi.

Dars tipi: Amaliy, nazariy.

Dars jihozi: Tarqatma materiallar kashtachilik namunalari.

  1. Darsni tashkil etish: Salomlashib o’quvchilarni darsga hozirligini nazorat qilish va davomatni aniqlash.

Darsning borishi.

Rang – tasviriy san’atning jonidir.

Asosiy ranglarga sariq, qizil, ko’k ranglar kiradi.


  1. O’tilgan mavzuni tekshirish:

O’quvchilarni uyga vazifasini tekshirib baholash.

  1. Yangi mavzu bayoni:

  • Kashtachilik ranglari;

  • Kashtachilikda ishlatiladigan naqsh elementlari;

  • Naqsh chizish;

  • Xalq hunarmandchiligi to’g’risida malumot;

  • Kashtachilik to’g’risida ma’lumot;

  • O’quvchilarning qiziqishi bo’yicha guruhlarga ajratish va ular oldiga vazifalar qo’yish.

Kashtaning kiyimlar va buyimlarni bezashdagi ahamiyati katta.

Uning yordamida kiymlarni yangilash ko’pgina kerakli buyumlar – qo’lsochiq, fartuk, dasro’molchalarni yaqin kishilarga beriladigan sovg’alarni bezash va tayyorlash mumkin. Kashta tikish qiziqarli va ijodiy ish bo’lib, kishiga zavq bag’ishlaydi. Bosh vaqtini mazmunli o’tkazishga xizmat qiladi. Sabr matonatga mulohazakorlikka, yetti o’lshab bir kesishga tartibli bo’lishga va mehnat qilishga o’rgatadi.

Bu mashg’ulot ilk o’zlashtirayotganlarga qiyin ko’rinishi mumkin. Lekin kerakli malaka egallangan sayin ish asta – sekin osonlasha boradi. Kashta tikish san’ati ko’p asrlik tarixga ega. Ma’lumotlarda keltirilishicha, qadimdan sochiq, to’r xoshiya, dasturxon, bayram va kundalik kiyimlar, peshband, bosh kiyim va boshqa uy – ro’zg’or buyumlari kashta yordamida bezatilgan. Kashta tikish avloddan – avlodga o’tib takomillashdi va milliy xususiyatga ega betakror kashta namunalari yaratildi. Xalq ustalari kashta tikib bezagan buyumlar chiroyli gullari ranglarining bir – biriga mosligi, munosibligi bajarish usullarining aniqligi bilan ajralib turadi. Kashta tikilgan har bir buyum amaliy vazifasiga mos keladi.

Mamlakatimiz muzeylarida xalq kashtachiligining ko’p namunalari to’plangan. Ayniqsa XIX asrda tikilgan kashtalar yaxshi saqlanib, shu kungacha yetib kelgan.

Kashtachilikdagi chok namunalari yordamida kiyimlarni uy ro’zg’or buyumlarini va xona anjomlarini, bezatish mumkin.

Bu vaqtda, albatda xavsizlik qoidalariga amal qilish zarur, ya’ni kashta tikishda to’g’ri o’tirish, yorug’likni chap tamondan tushib turishi, asbob moslamalardan to’g’ri foydalanish maqsadga muvofiq. Qo’lda kashta tikish uchun juda oddiy asboblar kerak bo’ladi. Bular chok turlari: suv chok, popup chok, qaytma chok.




O’quvchilarning mustaqil ishlari.



  • guruhlardagi o’quvchilarning ish o’rnini tashkil etish;

  • har bir guruh vazifalarini belgilab berish;

  • o’quvchilarni mustaqil ishlarini tashkil etish;

  • o’quvchilar faoliyatini nazorat etib boorish va yo’l yo’riqlar berish;

  • xalq hunarmandchiligi kasb turlarini bilasizmi?

I guruh vazifalari:



  1. Kashtachilikdagi naqsh elementlari –gul, barglardan foydalanib naqsh chizish.

  2. Chizilgan naqsh elementlariga rang tanlash.

  3. Xalq hunarmandchiliga kasb turlariga misollar keltirish.



II guruh vazifalari:

1. Kashtachilikdagi naqsh elementlari –geometrik shakllardan foydalanib naqsh chizish.

2. Chizilgan naqsh elementlariga rang tanlash.

3. Xalq hunarmandchiligi kasb turlariga misollar keltirish.


  1. Yangi mavzuni mustahkamlash:

  • O’quvchilarning ishlarini tekshirish va muhokoma qilish;

  • Har bir o’quvchi bajargan ishidagi umumiylik va xususiylik;

  • Bajarilgan ishlar mazmunini umumiylashtirish va yakuniy xulosa chiqarish;

  • Mustahkamlash uchun savollar.

1. Kashtachilik haqida nimalarni bilasiz?

2. Kashtachilikning ahamiyati nimada?

3. Kashtachilikdagi xavfsizlik texnikasi qoidalarini izohlang?

4. Kashta tikishda qanday asbob va moslamalardan foydalaniladi?



  1. Uyga vazifa: Zanjir chokdan kashta tikish. Xalq hunarmandchiligiga oid maqollarni yodlash.


K ashtachilik namunalari:
Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish