Mehnat sosiologiyasi va iqtisodiy sosiologiyaning asosiy kategoriyalari



Download 364,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana01.01.2022
Hajmi364,94 Kb.
#301758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
mehnat sotsiologiyasi va iqtisodiy sotsiologiyaning asosiy kategoriyalari.

Iqtisodiy qonunlar

 deb, iqtisodiy jarayonlar o’rtasidagi doimiy takrorlanib 

turadigan,  barqaror  tipik  sabab-oqibat  aloqalarini,  ularning  bog’liqligini 

ifodalovchi voqyea-hodisalarga aytiladi. Jamiyatdagi barcha ishlab chiqarish va 

taqsimotga,  ayirboshlash  va  iste’molga  bog’liq  bo’lgan  munosabatlar  iqtisodiy 

qonunlar orqali boshqariladi va yo’naltirib turiladi. 

Iqtisodiy qonunlar ijtimoiy hayotning u yoki bu sohasini rivojlantirishning 

muhim, asosiy yo’nalishlarini ifodalaydi. 

Iqtisodiy  sosiologiya  fani  tomonidan  ochib  berilgan  iqtisodiy  qonunlar 

obyektiv  amal  qilayotgan  iqtisodiy  qonunlarning  umumlashgan  nazariy  ifodasi 

bo’lib,  obyektiv  reallikni  ilmiy  bilish  natijasidir,  uning  inson  ongidagi 

in’ikosidir.  Iqtisodiy  qonunlar  obyektiv  xarakterga  ega  bo’lib,  ularning  kelib 

chiqishi,  amal  qilishi  rivojlanishi  va  halok  bo’lishi  alohida  kishilarning  ongiga, 

                                                           

1

 Носирхўжаев С., Бекмуродов М., Султонов Т., Носирхўжаева Ҳ.  «Социология асослари». Маърузалар 



матни. Т.: Низомий ном.

 

ТошДПУ, 2000. 



 


xohish-irodasiga  bog’liq  emas.  Ma’lum  iqtisodiy  faoliyatlar  tipi  mavjud  ekan, 

shu  tarixiy  davrda,  shart-sharoitga  mos  keladigan  iqtisodiy  qonunlar  va 

kategoriyalar  vujudga  keladi  va  amal  qiladi.  Lekin  iqtisodiy  qonunlar 

odamlarning  iqtisodiy  faoliyatidan  tashqarida,  ulardan  ajralgan  holda  amal 

qilmaydi, balki aynan odamlarning faoliyati, ularning xatti-harakatlari, iqtisodiy 

xulq-atvori  tufayli  tarkib  topadi  va  ular  orqali  namoyon  bo’ladi.  Kishilar 

iqtisodiy  qonunlarning  xarakterini,  talablarini  bilib,  undan  foydalana  olishlari 

lozim.  Masalan,  kishilar  vaqtni  tejash  qonunini,  ishlab  chiqarish  yoki  bozor 

muvozanati  qonunlari  talablarini  bilsalar,  shunga  binoan,  qarorga  kelib,  o’zaro 

kelishib,  faoliyat  ko’rsatsalar  bir  qancha  ish  vaqti  va  boshqa  cheklangan 

resurslarni  tejashlari,  o’z  faoliyatlarini  samarali  olib  borishlari  mumkin.  Bu 

talablarga  zid  har  qanday  qarorlar  va  xatti-harakatlar  kishilar  xohlaydilarmi-

yo’qmi, bundan qat’i nazar, muqarrar ravishda ko’plab xo’jalik qiyinchiliklariga 

duch keladi va natijada resurslar isrofgarchiligiga yo’l ochib beriladi. 

Iqtisodiy  qonunlar  tabiat  qonunlari  singari  obyektiv  bo’lib,  ularning 

yuzaga  kelishi,  yashashi,  amal  qilishi  yoki  amal  qilmasligi  kishilar,  siyosiy 

kuchlar  istagi,  talabiga  mutlaqo  bog’liq  bo’lmaydi.  Masalan,  yil  fasllarining 

o’rnini  hyech  qachon  kishilarning  xohishi  bilan  o’zgartirib  bo’lmaganidek, 

iqtisodiy  qonunlarning  ham  amal  qilishi,  harakatini  to’xtatib  qo’yish,  bekor 

qilish, biri o’rniga ikkinchisini qabul qilish mumkin emas

1



Iqtisodiy  qonunlar  ham  tabiat  qonunlariga  o’xshaydi,  shuning  uchun 



ulardan  bilib  foydalanilar  ekan,  insoniyatga,  mamlakatlarga  foyda  keltiradi, 

ulardan  bordi-yu,  ularning  talablarini  bilmas-dan,  ko’r-ko’rona  xatti-harakat 

qilinsa, katta zararlar ko’riladi. Le-kin iqtisodiy qonunlarning tabiat qonunlariga 

o’xshamaydigan jihatlari ham mavjud. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari 

doimiydir,  iqtisodiy  qonunlar  esa  o’zgaruvchan  bo’lib,  kishilarning  faoliyati 

bilan  bog’liqdir.  Iqtisodiy  qonunlar  iqtisodiy  jarayonlar  o’rtasidagi  doimiy 

takrorlanib  turuvchi,  barqaror,  aniq  sabab-oqibat  aloqalarini,  ularning  o’zaro 

                                                           

1

 

1



 Носирхўжаев С., Бекмуродов М., Султонов Т., Носирхўжаева Ҳ. «Социология асослари». Маърузалар 

матни. Т.: Низомий ном.

 

ТошДПУ, 2000. 



 

 



bog’liqligini 

ifodalovchi  voqyea-hodisalarning,  munosabatlarning  ilmiy 

majmuidir. 

Jamiyatdagi  barcha  ishlab  chiqarish  va  taqsimotga,  ayriboshlash  va 

iste’molga  bog’liq  bo’lgan  munosabatlar  iqtisodiy  qonunlar  orqali  boshqariladi 

va yo’naltirib turiladi. 

Iqtisodiy qonunlar buyuk mutafakkirlar tomonidan iqtisodiy tafakkurning 

mahsuli sifatida ifoda etilib, unga amal qilish mohiyati, talablari aniqlab berildi. 

Shuning  uchun  iqtisodiy  qonunlarni  bilish,  o’rganish  uning  talablariga 

mos  ravishda  xo’jalik  yuritish,  boshqarish  ijobiy  nati-jalar  beradi.  Oqibatda 

iqtisodiyot  barqaror  o’sadi,  tanazullarga  yo’l  qo’yilmaydi,  xalq  ehtiyojlari 

qondirilib, inson turmush dara-jasi ko’tariladi, hayoti farovon bo’ladi. Aksincha, 

iqtisodiy qonun-larni bilmaslik, o’rganmaslik, ularning talablariga mos ish yurit-

maslik natijasida xo’jalik faoliyatining pirovard yakunlari sama-rasiz yoki kam 

samarali  bo’lishi,  ishlab  chiqarishdan  ko’zlangan  nati-jaga,  barqaror  o’sishga 

erishish  qiyinlashadi.  Shu  sababli  kishilar-ning  o’sib  borayotgan  ehtiyojlarini 

qondirib bo’lmaydi, xalq  turmush  darajasi,  ijtimoiy  ahvoli  yomonlashadi, oxir-

oqibatda jamiyat iqtisodiy inqirozga, hatto tanazzulga uchrashi ham mumkin. 

Shuning  uchun  kishilar  o’z  kuchlari,  tafakkuri  yordamida  o’zlari  yashab 

turgan  muhitni,  shuningdek  iqtisodiy  qonunlarni  o’rganib,  ularning  mohiyati, 

harakati  va  amal  qilish  yo’llarini  bilib  olishga  intiladilar  hamda  ulardan  o’z 

faoliyatlarida foydalanadilar. Qaysi jamiyatda iqtisodiy qonunlarni bilib olishga 

va  ulardan  foydalanishga  keng  yo’l  ochilsa,  o’sha  joyda  iqtisodiy  o’sish,  iqti-

sodiy  barqarorlikka  erishilayotganligi,  yalpi  ichki  mahsulotning  yillik  o’rtacha 

o’sish  sur’ati  4%  ortiq  bo’layotganligi,  iqtisodiy  qonunlar  talablari  asosida  ish 

olib borilayotganligining natijasi ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. 

Iqtisodiy  qonunlarni  mamlakatlarning  qonun  chiqaruvchi  or-ganlari 

(Parlament,  Senat,  Seym,  Oliy  Majlis,  Davlat  dumasi)  to-monidan  qabul 

qilinadigan qonunlar bilan baravarlashtirib bo’lmaydi. 

Mamlakatlarning  qonun  chiqaruvchi  organlari  qabul  qilgan  qonunlar 

iqtisodiyotni  tashkil  etish,  uning  harakati  va  rivojlani-shini  kafolatlovchi 



huquqiy asoslarni belgilab beruvchi aniq iqti-sodiy holatdan, iqtisodiy taraqqiyot 

zaruratidan  kelib  chiqilgan  holda  ishlab  chiqiladi  va  qabul  qilinadi.  Bunday 

huquqiy  qonunlar  tegishli  tartibda  qabul  qilingandan  keyingina  haqiqiy  kuchga 

kiradi va, pirovardida, kutilgan natijaga erishish imkoni tug’iladi. 

Mustaqilligimizning  o’tgan  13  yili  mobaynida  Respublikamizda 

o’tkazilayotgan  islohotlarning  huquqiy  asoslarini  belgilovchi  400  dan  ortiq 

Qonun  qabul  qilingan.  Muhimi,  ularning  100  tadan  ortig’i  bevosita  iqtisodiy 

islohotlar  bilan  bog’liq.  Quyidagilar  shunday  qonunlar  jumlasidandir: 

«Mulkchilik  to’g’risida»,  «Tasarrufdan  chiqarish  va  xususiylashtirish 

to’g’risida»,  «Tadbirkorlik  to’g’risida»,  «Korxonalar  to’g’risida»,  «Soliq 

to’g’risida»,  «Banklar  va  banklar  faoliyati  to’g’risida»,  «Tashqi  iqtisodiy 

faoliyat  to’g’risida»,  «Chet  el  investisiyalari  to’g’risida»,  «Yer  to’g’risida», 

«Dehqon  xo’jaligi  to’g’risida»,  «Fermer  xo’jaliklari  to’g’risida»,  «Shirkat 

xo’jaliklari to’g’risida», «Ijara to’g’risida» va boshqalar. Hayot talablari taqozosi 

bilan  zarurat  tug’ilganda  bu  kabi  qonunlar-ga  tegishli  o’zgarishlar, 

qo’shimchalar kiritilib, to’ldirib boriladi. 

Mamlakat  iqtisodiyotini  rivojlantirishning  asoslarini  huquqiy  qonunlar 

belgilab  beradiki,  ular  bilan  iqtisodiy  qonunlar  o’rtasida  o’zaro  bog’liqlik 

mavjuddir.  Shuning  uchun  ham  iqtisodiy  qonunlarni,  shu  bilan  birga,  ularni 

ro’yobga  chiqarishga  xizmat  qiluvchi  huquqiy  qonunlarni  ham  bilish  va 

o’rganish maqsadga muvofiqdir. 

Iqtisodiy qonunlar butun bir tizimlar majmuidan iborat bo’lib, ulardan har 

birining o’z o’rni, mavqyei mavjud. 

Iqtisodiy  sosiologiya  iqtisodiy  qonunlarning  harakat  mexanizmini  turli 

guruhlarga bo’lib o’rganadi. 


Download 364,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish