Mehnat shartnomasi


Ishga  qabul  qilishni  rasmiylashtirish.  Mehnat  daftarchasi  va



Download 53,43 Kb.
bet19/24
Sana30.12.2021
Hajmi53,43 Kb.
#97674
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Mehnat shartnomasi

Ishga  qabul  qilishni  rasmiylashtirish.  Mehnat  daftarchasi  va 
uning yuridik ahamiyati. Ishga qabul qilishning to'g'ri rasmiylashtirilishi 
xodim  va  ish  beruvchi  manfaatlarini  samarali  himoya  qilinishiga, 
kelgusida  turli  nizolar  yuzaga  kelishining  oldini  olishlikka  xizmat  qiladi. 
Ishga  qabul  qilish  xodim bilan  tuzilgan  mehnat  shartnomasi  asosida ishga 
qabul  qilish  vakolati  berilgan  ish  beruvchi  mansabdor  shaxs  (korxona 
rahbari, uning o'rinbosari) buyrug'i bilan rasmiylashtiriladi.
Ishga  qabul  qilish  haqidagi  buyruqda  uning  chiqarilgan joyi,  vaqti, 
ishga  qabul  qilinayotgan  xodimning  to'Iiq  ismi,  sharifi,  familiyasi,  u 
qachondan  boshlab,  qaysi  vazifaga va  qancha ish  haqi  to'lash  sharti  bilan

qabul  qilinayotganligi  kabi  muhim  holatlar  nazarda  tutilmog'i  lozim. 


Buyruq  matni  tanishib  chiqish  uchun  xodimga  taqdim  etiladi  va  undan 
tanishib chiqqanligi to'g'risida tilxat olinadi.
Korxona  rahbarini  ishga  qabul  qilish  korxona  mulkdorining  huquqi 
bo'lib,  bu  huquq uning  bevosita o'zi  yoki  u  vakolat bergan  organ tomoni- 
dan  amalga  oshirilishi  mumkin.  Jumladan,  O'zbekiston  Respublikasi 
Mehnat vazirligi hay'ati tomonidan  1997-yil 6-sentabrdagi 611-qaror bilan 
tasdiqlangan  «Aksiyadorlik jamiyatlarida mehnat munosabatlarini  lartibga 
solishni  takomillashtirish  yuzasidan  Tavsiyalar»ning  3.2-bandiga muvofiq 
jamiyat  ijroiya  organining  rahbari  ta'sis  majlisi  (konferensiyasi)  tomoni­
dan o'z vazifasiga saylanadi/
Ijroiya  organi  rahbari  bilan  aksiyadorlik jamiyati  mulkdori  (aksiya- 
dorlar  umumiy  majlisi)  o'rtasida  mehnat  shartnomasi  tuziladi.  Rahbar 
bilan  tuzilgan  mehnat  shartnomasi ni  imzolash  huquqi  odatda  umumiy 
majlis  nomidan  harakat  qilish  vakolatiga  ega  bo'lgan  kuzatuv  kengashi 
raisiga berilgan.
Matbuotda  nodavlat  mulkchilik  shakliga  asoslanuvchi  korxonalar- 
ning  (shu jumladan,  aksiyadorlik jamoalarining ham)  rahbar o'rinbosarlari 
va  bosh  buxgalterlari  (katta  buxgalterlami)ni  ham  maxsus  shartnoma 
(kontrakt) asosida mulkdor tomonidan bevosita ishga qabul qilish lozimligi 
g'oyasi muhokama etilmoqda.
Ishga qabul  qilish huquqiga ega bo'lgan mansabdor shaxs tomonidan 
yoki uning ijozati bilan  xodimga haqiqatda ishlashga raxsat etilgan bo'Isa, 
ishga qabul qilish tegishli ravishda rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtiril- 
maganligidan  qat'i  nazar,  ish  boshlangan  kundan  e'tiboran  mehnat  shart­
nomasi tuzilgan deb hisoblanadi.
Gayriqonuniy  ravishda  mehnat  shartnomasi  tuzishdan  bosh  tortishga 
va ishga qabul qilishni g'ayriqonuniy rad etilishiga yo'l qo'yilmaydi.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 78-moddasiga muvo­
fiq-.  ishga  qabul  qilishni  g'ayriqonuniy  rad  etish  deb  quyidagilar  hisob­
lanadi;
ushbu Kodeks 6-rtioddasi birinchi qismining talablarini buzish;
ish  beruvchi  tomonidan  taklif  qilingan  shaxslarni  ishga  qabul 
qilmaslik;
ish  beruvchi  qonunga  muvofiq  mehnat  shartnomasi  tuzishi  shart 
bo'lgan  shaxslarni  (belgilangan kvota hisobidan ishga yuborilgan nogiron- 
lar  va  o'n  sakkiz  yoshga  to'lmagan  shaxslarni;  homilador  ayollar  va  uch
O ’zbekiston  R espublikasi  vazirliklari,  davlal  q o ’mitalari  va idoralarning  m e'yoriy  hujjatlari  A xborotnom asi,  1999-y, 
1-son.

yoshga to'lmagan  bolalari  bo'lgan  ayollami -  tegishlieha ulaming homila- 


dorligi yoki bolasi borligini vaj qilib) ishga qabul qilmaslik;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar.
Ishga  qabul  qilish  rad  etilgan  taqdirda  xodimning  talabi  bilan  ish 
beruvchi uch kun muddat ichida ishga qabul qilishni rad etishning sababini 
asoslab,  yozma javob  berishi  shart;  bu javob  ishga  qabul  qilish  huquqiga 
ega bo'lgan mansabdor  shaxs tomonidan imzolangan bo'lishi  lozim.  Ishga 
kiruvchining  bunday  asoslantirilgan  javobni  berish  haqidagi  talabini 
qondirishni rad etish  xodimning ishga qabul  qilish g'ayriqonuniy  ravishda 
rad etilganligi ustidan shikoyat qilishga to'siq bo'lmaydi.
Ishga  qabul  qilishni  g'ayriqonuniy  rad  etish  aybdor  rahbar  shaxsni 
qonun hujjatlariga muvofiq ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishiga 
sabab  bo'lishi  mumkin  (O'zbekiston  Respublikasi  Ma'muriy  javobgarlik 
to'g'risidagi  Kodeksining  49,  50-moddalari;  O'zbekiston  Respublikasi 
Jinoyat Kodeksining  HS-moddasi, 2-qism).
Xodimning  mehnat  faoliyati  uning  mehnat  daftarchasida  aks  ettirib 
boriladi.  O'zbekiston  Respublikasi  Mehnat  Kodeksining  81-moddasida 
aytilishicha,  «Mehnat  daftarchasi  xodimning  mehnat  stajini  tasdiqlovchi 
asosiy hujjatdir».
Ish  beruvchi  korxonada  besh  kundan  ortiq  ishlagan  barcha  xodim- 
larga mehnat daftarchasini tutishi shart.  Ish beruvchi mehnat daftarchasiga 
ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o'tkazish va mehnat shartnomasini 
yozishi  shart.  Xodimning iltimosiga ko'ra mehnat  daftarchasini  o'rindosh- 
lik  asosida  ishlagan  va  vaqtincha  boshqa  ishga  o'tkazilgan  davrlar 
haqidagi  yozuvlar  kiritiladi.  Mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  asoslari 
(sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi.
Mulkchilik  shaklidan,  faoliyati  shaklidan  qat'i  nazar  barcha koraona 
muassasa  va  tashkilotlarda  mehnat  daftarchasini  yuritish  O'zbekiston 
Respublikasi  Mehnat  vazirligi  va  Ijtimoiy  ta'minot  vazirligi  tomonidan 
1999-yil  7-yanvarda  O'zbekiston  Kasaba  uyushmalari  Federatsiyasi  Ken- 
gashi  bilan  kelishilgan  holda  tasdiqlangan  hamda  O'zbekiston  Respubli­
kasi  Adliya  vazirligi  tomonidan  1999-yil  29-yanvarda  402-tartib  raqami 
bilan  ro'yxatga  olingan  «Mehnat  daftarchalarini  yuritish  tartibi  to'g'risi- 
da»gi yo'riqnomada belgilab qo'yilgan.
Ishlab  turgan  xodimlarning  mehnat  daftarchalari  ish  beruvchi da 
saqlanadi va ishga oid ma'lumotlar qayd etib boriladi. Xususiy tadbirkorlik 
va  yakka  tartibda  mehnat  faoliyati  bilan  shug'ullanuvchi  yuridik  shaxs 
bo'lmagan fuqarolaiga hamda shaxsiy yordamchi xo'jalikda ishlovchilarga 
mehnat  daftarchalarini  berish,  mehnat  stajini  belgilash  pensiya  jamg'ar-

masi  tomonidan  amalga  oshiriladi  va  yuritiladi.  Ularning  mehnat  daftar- 


chalari  pensiya jamg'armasida  (ular к о 'chib ketgunlariga,  pensiyaga chiq- 
qunlariga qadar) saqlanadi va rasmiylashtirib boriladi.
Mehnat  daftarchasini  to'ldirish  xodim  to'g'risidagi  ma'lumotlarni 
yozish,  ish  to'g'risidagi  ma'lumotlarni  yozish,  mehnat  shaitnomasi  bekor 
qilinishiga  oid  ma'lumotlarni  qayd  etish  va  uni  berish  tartiblari,  mehnat 
daftarchasiga  qo'shimcha  varaqlar yuritish  qoidalari  mehnat daftarchalari- 
ni yuritishga oid yo'riqnomaga muvofiq olib boriladi.
Mehnat  daftarchasi  yo'qotib  qo 'у Uganda,  yaroqsiz  holga  kelganda 
(yirtilganda,  yonib ketishi  va hokazo)  uning  dublikati  belgilangan  tartibda 
hamda  muddatda  xodimning  oxirgi  ish  joyida  berilishi  lozim.  Yangi 
mehnat daftarchasi  (yoki  dublikati)  berilganda ish beruvchi  xodimdan eng 
kam  oylik  ish  haqining  o'n  foizi  miqdorida  haq  oladi.  Mehnat 
daftarchalarining  blankalari  belgilangan  tartibda  hisobga  olib  borilishi, 

Download 53,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish