-sonli
MEHNAT SHARTNOMA
2021 yil « ____ » ____________ Qamashi tumani
1.Ushbu mehnat shartnoma Qamashi tuman 35-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori __________________________________________________________________(keyingi o’rinlarda «Ishberuvchi»deb ataladi va fuqaro_____________________________________________________ keyingi o’rinlarda «Xodim» deb ataladi,mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:
2. Xodim _________________________________________________________________________ Qamashi tumanidagi 35-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabiga ____________________________ lavozimiga ishga qabul qilinadi.
3.Shartnoma asosiy ish o’rni bo’yicha hisoblanadi.
4.Shartnoma muddati: _____________________________________
5.Shartnoma bo’yicha ishlash:
boshlanishi: ushbu shartnoma tuzilgan sanadan e’tiboran xodim bilan oldindan tuzilgan mehnat shartnomasi o’z kuchini yo’qatadi, yangi shartnoma yuridik kuchga ega bo’ladi va xodim o’z mehnat faoliyatini yangi tuzilgan mehnat shartnomasi shartlari asosida davom qildiradi
tamom bo’lishi:agar xodim bilan yangi mehnat shartnomasi tuzilmasa shartnomada ko’rsatilgan muddatda xodim bilan mehnat shartnomasi tugatiladi
6.Sinov muddati_____________________________________
7. Xodimning majburiyatlari:
а)mehnat va texnologiya intizomi (ichki mehnat qoidalari, ustavlar va intizom to’g’risidagi qoidalar)ga rioya qilish;
b)ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarish;
d)mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;
e)lavozim yo’riqnomalariga rioya qilish;
f)YATММ, ММ bilan nazarda tutilgan malaka majburiyatlariga rioya qilish;
g)qonun xujjatlari va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilish;
h)jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
i)xodim tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar:
- zarur xolatda ish beruvchi tomonidan yuklatilgan qonuniy vazifalarni e’tirozsiz va sifatli bajarish
- хodimning uzrli sabablarsiz ish joyini tark etmaslik
- ishga uzrli sabablarsiz kech qolib kelmaslik
- o’quvchilarga maktab tomonidan belgilangan nizom talablari asosida sifatli ta’lim berish va nizomda ko’rsatilgan natijalarga erishish:
- xodimning davr talablaridan kelib chiqqan holda sifatli ta‘lim berishi uchun hamda pandemiya sharoiti bo’lgan taqdirda masofadan ta‘lim berishi uchun zarur, zamonaviy o’quv dasturlari va kompyuter savodxonligi(Kundalik.com, word, power point, paint, telegram, zoom) bo’yicha tushunchaga ega bo’lishi kerak:
- xodim o’zining ish faoliyati uchun zarur bo’lgan vositalar (masofadan dars o’tish uchun telefon, kompyuter, o’quv jihozlari, mediya fayllar, ko’rgazmali qurollar va boshqalar) bilan o’zini ta’minlashi
Do'stlaringiz bilan baham: |