Toliqish
Toliqish - ish bajarish jarayonida organizm ish qobiliyatini pasayishi.
Ba’zan ish bajarish jarayonida organizm ish qobiliyatini pasayishi xollari sodir bo’lishi mumkin, bu hollarga oboektiv ravishda toliqish deb baxo beriladi, suboektiv ravishda charchash sezgisi yuzaga chikadi.
U ancha og’ir, ko’p kuch talab etadigan, davomli mehnatni bajarish natijasida paydo bo’ladigan va mehnat natijalarining miqdori va sifat jihatidan yomonlashuvi bilan ifodalanadi.
Toliqish - kaytuvchan, fiziologik holatdir. Toliqish bir qator fiziologik ko’rsatkichlar bo’yicha aniqlanishi ham mumkin. Ish bajarishda charchash, diqqat-e’tibor funktsiyasining yomonlashuvi, muskul chidamining, ba’zan kuchning ham pasayishi toliqish yuzaga kelganidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |