Mehnat muhofazasi va xafsizlik texnikasi fanidan


-Amaliy mashg’ulot: Mehnat intizomi. Ish vaqti va dam olish vaqti



Download 0,56 Mb.
bet31/39
Sana02.06.2022
Hajmi0,56 Mb.
#630465
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
Mehnat muhofazasi

1-Amaliy mashg’ulot: Mehnat intizomi. Ish vaqti va dam olish vaqti.


Reja:

  1. Mehnat intizomi

  2. Ish vaqti meyorlari

  3. Dam olish vaqti


Mehnat intizomi tushunchasi va uni ta`minlash usullari.
Ma`lumki, mehnat intizomi ishlab chiqarish jarayonidagi ob`ektiv zaruratdir. Yuridik adabiyotda mazkur tushuncha turlicha talqin etilib kelinadi. Mehnat intizomi huquqiy normalar bilan mustahkamlab qo`yilgan ishlab chiqarish ishtirokchilarining o`zaro munosabatlarini belgilovchi tartib hisoblanadi. Oddiyroq qilib aytganda, mehnat intizomi birgalikdagi mehnatning zaruratini hamda mehnat ishtirokchilarining muayyan tartibga bo`ysinishini anglatadi.
Mehnat intizomi turli fanlar predmeti sifatida o`rganiladi. Qonunchilik sohasida esa u huquqiy kategoriya sifatida o`rganiladi va tadqiq etiladi. Mehnat intizomining huquqiy kategoriya sifatida quyidagi jihatlariga e`tibor berish lozim:
Birinchidan, u mehnat huquqining asosiy tarmoq tamoyillaridan biri bo`lib, uning mazmuni namunaviy ichki mehnat tartibi qoidalarida, shuningdek, Mehnat Kodeksining 176 va 177-moddalarida bayon etilgan. Mazkur moddalarga binoan, xodim mehnat intizomiga qat`iy rioya qilishi, o`z mehnat vazifasini halol, vijdonan bajarishi lozim. Mehnat intizomini o`rnatish va unga rioya etishni nazorat qilish esa ish beruvchining vazifasi hisoblanadi.
Ikkinchidan, mehnat intizomi mehnatga oid huquqiy munosabatlarning ajralmas qismi, unsuri sifatida ham namoyon bo`ladi. Mehnat Kodeksining 176-moddasida bayon etilganidek, mehnat intizomining ana shu xususiyatida xodim hamda ish beruvchi o`rtasida mehnat shartnomasi tuzilgani sababli o`rnatilgan mehnat intizomi talablarini halol hamda vijdonan bajarish majburiyatini ifodalaydi. Bu barcha xodimlarning mehnatga oid huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan umumiy burchi hisoblanib, keyinchalik har bir hodimning mehnat funktsiyasiga doir vazifasi, uning lavozimi va bajarayotgan ishiga qarab muayyan tarzda aniqlashtiriladi. Bu hol lavozimlarga oid nizomlar, yo`riqnomalar, malaka ma`lumotlarida belgilab qo`yilgan.
Uchinchidan, mehnat intizomi mehnat huquqining instituti sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Uning bu jihati korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalarini, xodim hamda ish beruvchining burchlarini tartibga soluvchi, shuningdek, halol mehnat va uni rag`batlantirish choralari hamda mehnat intizomini buzganlik uchun xodimlarning intizomiy javobgarligini belgilovchi huquqiy normalar tizimi sifatida namoyon bo`ladi.
To`rtinchidan, mehnat intizomi o`z tabiatiga ko`ra, muayyan darajada xodimning haqiqiy xulq-atvori va axloqining ko`zgusi hamdir. CHunki, bunda ma`lum ma`noda xodimning ishlab chiqarish intizomidan va bu borada belgilangan tartibga qay darajada rioya qilayotganidan dalolat beradi
Korxona, muassasa va tashkilotlarda xodimlar ish vaqtining me’yoriy muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Mehnat qonunlarida ko‘rsatilishicha, ishlab chiqarish tavsifi va ish sha- roitiga ko‘ra besh kunlik ish haftasi joriy qilish maqsadga muvofiq bo‘lma gan korxona, muassasa, tashkilotlarda bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi belgilanadi. Ish haftasi olti kunlik bo‘lganida haftalik ish vaqti me’yori 40 soat bo‘lgan holda har kungi ish muddati 7 soatdan, haftalik ish vaqti me’yori 36 soat bo‘lganda 6 soatdan va haftalik ish vaqti me’yori 24 soat bo‘lganida har kungi ish muddati 4 soatdan ortmasligi kerak. Dam olish kunlari arafasida ish haftasi olti kunlik bo‘lganida ish muddati 6 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat qonunlari Kodeksida o‘n sakkiz yoshga to‘lma- gan xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagicha belgilangan:

  • 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga haftasiga ko‘pi bilan 36 soat;

  • 15 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga, shuningdek, ta’til vaqtida ishlayotgan 14 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarga haftasiga ko‘pi bilan 24 soat;

  • mehnat sharoitlari zararli bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun haftasiga ko‘pi bilan 36 soatdan iborat ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilangan.

Belgilangan ish vaqti muddatidan ortiqcha ishlash ish vaqtidan ortiqcha ish deb hisoblanadi. Ish vaqtidan ortiq ishlashga, odatda, yo‘l qo‘yilmaydi.
Qonunga muvofiq ma’muriyat faqat quyidagi alohida hollardagina ish vaqtidan ortiq ishlata olishi mumkin:

  • Mamlakat mudofaasi uchun zarur ishlarni bajarish, tabiiy ofat va ishlab chiqarish avariyasining oldini olish, tugatish yoki ularning oqibatlarini darhol bartaraf etish uchun;

  • Suv ta’minoti, gaz, pochta-telegraf va telefon aloqalari bo‘yicha jamiyat uchun zarur ishlarni bajarish, ularning to‘g‘ri ishlab turishini buzadigan tasodifiy yoki kutilmagan vaziyatlarning oldini olish uchun;

  • Boshlangan ishni oxiriga yetkazish zarurati tug‘ilganda;

  • Mexanizm va inshootlarni ta’mirlash va tiklash uchun muvaqqat ishlar qilinganda, basharti, mexanizm va inshootlarning buzilishi anchagina xodimlarning ishlari to‘xtab qolishiga sabab bo‘lsa;

Ishni to‘xtatib bo‘lmasa, ishga kelmagan smenachining o‘rnida ishlash uchun. Bu holda ma’muriyat smenachini boshqa xodim bilan almashtirish choralarini ko‘rishi kerak.
Quyidagilar ish vaqtidan ortiq ishlashga jalb qilinmaydilar:

  • homilador ayollar, shuningdek, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar;

  • o‘n sakkiz yoshga yetmagan xodimlar;

  • faol shakldagi sil kasalligi bilan kasal- langan xodimlar;

  • amaldagi qonunlarga muvofiq boshqa toifadagi xodimlar;

  • to‘rt yoshdan o‘n yoshgacha bo‘lgan bolasi bor (o‘n yoshgacha nogiron bolasi bor) ayollar;

  • nogironlar faqat o‘z roziliklari bilangina ish vaqtidan ortiq ishlashlari mumkin, agar nogironlarga bunday ish tibbiy tavsiyalari bilan taqiqlan- magan bo‘lsa.

Ko‘pgina kimyo sanoati korxonalarida va mashinasozlik sanoatining quyish, eritish sexlarida ish soati kuniga olti soatga qisqartirilgan. Bundan tashqari, zararli xonalarda ishlagan ishchilarga qo‘shimcha dam olish kunlari va bu qo‘shimcha vaqtda zararli zonada ishlagan ishchi uchun sog‘lig‘ini tiklash imkoniyati beriladi. Mashinasozlik sanoatining bir qancha sexlarida oladigan oyligiga 13 foiz atrofida va ba’zi bo‘limlarda esa 30–33 foizgacha ustama haq to‘lanadi.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish