84
7.3. Signalizatsiya va xavfsizlik bålgilari
Hozirgi barcha zamonaviy tåxnikalarda xavf to‘g‘risida xabar bårish va
xavfli vaziyatni oldini olish maqsadida signal qurilmalaridan kång foydalaniladi.
Signal qurilmalari vazifasiga ko‘ra ogohlantiruvchi, avariyaga oid,
tåkshirish va bog‘lanuvchi bo‘ladi. Ishlash tamoyiliga ko‘ra esa, yorug‘lik,
tovush, rang va bålgi signallariga bo‘linadi.
Yorug‘lik signallari zamonaviy tåxnika va avtomobillarda juda kång
qo‘llaniladi. Bularga transport vositalaridagi yorug‘lik signalli asboblar,
gabarit
chiroqlar, to‘xtash signallari, burilish ko‘rsatkichlari, elåktr qu-
rilmalari, avtomat va yarim avtomat qurilmalaridagi yorug‘lik signallari
misol bo‘la oladi. Ko‘pincha, yorug‘lik signallari mashina va måxa-
nizmlarning shovqin darajasi 60–70
Db
dan yuqori bo‘lgan holatlarda
tovush signallari o‘rniga ishlatiladi.
Rang va bålgi signallari xavf to‘g‘risida ma’lumot bårish maqsadida
foydalaniladi. Xavfsizlik bålgilari standart bo‘yicha to‘rt guruhga ajratiladi:
taqiqlovchi, ogohlantiruvchi, ko‘rsatuvchi va buyuruvchi. Har bir
guruhdagi bålgilar uchun standart asosida shakl, rang va bålgi o‘lchamlari
o‘rnatilgan hamda ularni joylashtirish joylari tavsiya etilgan.
Bålgilangan standartlarga muvofiq qizil rang– «Taqiqlovchi»,
«To‘xta», «Aniq xavf»; sariq rang – «Diqqat», «Xavf to‘g‘risida
ogohlantirish»; yashil rang – «Xavfsiz», «Ruxsat», «Yo‘l ochiq»; ko‘k
rang – «Ma’lumot» ma’nolarini bildiradi.
Bålgilar ma’lum shakl, rang va o‘lchamga ega bo‘lib, ular Davlat
standartida ko‘rsatilgan. Masalan, taqiqlovchi bålgilar yumaloq shaklda,
ogohlantiruvchi bålgilar uchburchak shaklda, buyuruvchi bålgilar kvadrat
va ko‘rsatuvchi bålgilar to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida tayyorlanadi.
Taqiqlovchi bålgilar biror bir harakatni taqiqlash yoki chåklash uchun
ishlatiladi. Masalan, chåkishni
taqiqlash, ochiq olovdan foydalanishni
taqiqlash va h.k.
Ko‘zni himoyalash
uchun hi-
moyalovchi ko‘zoynak taqish
shart.
Xavfli!
To‘g‘ri!
85
Ogohlantiruvchi bålgilar xavf bo‘lish ehtimoli to‘g‘risida ma’lumot båradi.
Masalan, portlash, yong‘in, elåktr, biror prådmåt tushib kåtish xavfi va b.
Buyuruvchi bålgilar aniq talablar asosida
biror harakatni amalga oshi-
rishga ruxsat etishni ko‘rsatadi.
Ko‘rsatuvchi bålgilar turli xil obyåktlar joyi, manzilini ko‘rsatish uchun
xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish sharoitida xafsizlikni ta’minlashda yuqorida kåltirilgan
tåxnik vositalardan tashqari ish joylari va jihozlar oraliqlari o‘lchamlarini
må’yorlashtirish ham muhim o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: