Mehnat ishlab chiqarish tadbirkorlik qobiliyati kapital halim hamroyev tadbirkorlik asoslari


bet110/236
Sana25.05.2023
Hajmi
#944014
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   236
Bog'liq
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

Raqobat turlari va usullari.
222


Sof (mukammal) raqobat bozorga bir xil yoki o‘xshash mahsulotlar 
sotuvchilari ham, xaridorlari ham ko‘p bo‘lgan tovar bozorida shakl- 
lanadi. Bunday sharoitda har qanday alohida sotuvchi bozor narxiga 
ta’sir etishga ojizlik qiladi va natijada haqiqiy bozor narxlari amal 
qiladi. Mazkur raqobat muhitida tadbirkorlaming raqobatda ustunligini 
ta’minlovchi asosiy omillar mahsulot sifati va xizmat ko'rsatish sifati 
hisoblanadi.
Monopolistik raqobat ustun keladigan sof raqobatning monopol 
hukmronligi bilan aralashmasi bo‘lib, asosan, monopoliyalar o ‘rtasida 
amal qiladi. Raqiblar sonining anchagina bo‘lishi ularning har biri to­
monidan narxlarni nazorat qilish imkoniyatini m aiu m darajada chek- 
lab qo‘yadi. Bunday raqobat muhitiga xos narsa sotuvchilar tomonidan 
tovarlarni tabaqalashtirishga intilishdir. Sotuvchilar bir xil tovar taklif 
etganda ham har biri tovarning sifati, ko‘rinishi, bezatilishi va boshqa 
tomonlari bilan raqiblarining tovarlaridan farq qiladigan darajaga eri- 
shib, o‘z iste’molchilariga ega b o iishg a harakat qiladi.
Oligopoliya raqobatida bir tarmoqda bir necha korxona hukmronlik 
qilib, har biri bozorning katta qismini nazorat qiladi. Bunday sharoitda 
korxonalar o‘zaro bogianib qoladi va birining harakati boshqalariga 
bevosita ta’sir etadi. Oligopoliyada narx bo‘yicha yetakchi b oiishi 
mumkin. Odatda, u tarmoqdagi eng yirik, eng samarali korxona bo‘ladi. 
Yetakchi korxona narxni o ‘zgartirsa, boshqalari ham o‘z narxlarini 
o‘zgartirishga majbur bo‘ladilar. Bunday bozorda sotuvchilar sof raqo- 
batga nisbatan ancha oz boiganligi, bozor esa ular o ‘rtasida taqsimlab 
olinganligi tufayli sotuvchilar o ‘rtasida narx, taklif va savdo-sotiqning 
boshqa tomonlari bo‘yicha o‘z manfaatlarini ko‘zlab maxfiy til birikti- 
rish yoki kelishish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi.
Sof monopoliyada o ‘rinbosarlari bo‘lmagan mahsulot ishlab chiqa- 
radigan korxona yagona sotuvchi hisoblanadi. Bunday bozorda bir 
tovar sotuvchisi tanho yoki sotuvchilari shu qadar o‘z bo‘ladiki, ular­
ning har biri raqiblari bilan kelishgan holda, narx va taklifga ta’sir 
etishga qodir bo‘ladi. Shunday raqobat muhitiga ega bo‘lgan bozor 
monopollashgan bozor hisoblanadi. Lekin har bir mamlakatda shunday 
tarmoqlar borki, u yerda monopoliyaga barham berish qiyin bo‘lib, ular 
tabiiy monopoliya tusiga egadir. Mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan 
xarajatlarning ishlab chiqarish miqyosiga bogiiqligi yorqin ko‘rinib 
turadigan va tabiiy sharoitlarga ko'ra raqobatning bo‘lishi qiyin yoki
223


uni qo'llab bo‘lmaydigan tarmoqlar tabiiy monopoliyalar deb atala- 
di. 0 ‘zbekistonda tabiiy monpoliyalarga elektr energiyasi, gaz ishlab 
chiqarish va yetkazib berish, havo va temir yo ‘l transporti va ayrim 
boshqa tarmoqlar kiradi. Ulaming faoliyati davlat tomonidan nazorat 
qilib boriladi.
Shuni ta’kidlash joizki, biror bozorda ham raqobatning turi sof 
holda uchramay, bir necha turlarining u yoki bu darajada aralashmasi 
namoyon bo‘ladi. Haqiqiy bozorda raqobat muhiti “mukammal raqobat -
mukammal monopoliya” o ‘qi bo‘ylab to ‘rt tipi (modeli)dan qaysi bi- 
riga yaqinroq kelishiga qarab tovarlar (xizmatlar) sotuvchi-tadbirkorlar 
raqobatning turli yo‘llaridan foydalanadilar. Raqobat usullarini ikki 
asosiy guruhga bo‘lish mumkin:
1. narx bilan raqobat qilish (narxli raqobat) usullari;
2. narxsiz raqobat usullari.
Narx bilan raqobat qilish (narxli raqobat) usullariga quyidagilar ki­
radi:
- muayyan toifadagi iste’molchilar uchun imtiyozli narxlar qo‘llash;
- vaqti va joyiga qarab narxlami tushirish yoki ko‘tarish;
- tovarlar va xizmatlar sifati yaxshilangandan so‘ng ham oldingi 
narxlami saqlab qolish;
- xaridorlar uchun iste’mol kreditlarining muddatlarini uzaytirish;
- “narxlar jangi”;
- demping va boshqalar.
Tadbirkor (korxona) yangi iste’molchilar jalb qilish, mavjud 
iste’molchilar doirasini kengaytirish, raqiblar iste’molchilarini o‘ziga 
ag‘darib olish, o ‘zi uchun muhimroq bo‘lgan iste’molchilami uzoq 
saqlab qolish maqsadlarida narxlarini pasaytirib yoki narxlariga che- 
girmalar qo‘llab, raqobatda m a’lum ustunlikka erishishi mumkin. U 
o‘z mintaqaviy bozoriga, boshqa hudud bozorlariga kirib olish paytida 
narxlarini pasaytirib, bozorda mustahkam o‘mashib olgandan so‘ng esa 
narxlarini ko‘tarib, raqobatni amalga oshirishi ham mumkin. Tadbirkor 
(korxona) ishlab chiqarayotgan mahsuloti sifatini yaxshilab boradi, 
lekin iste’molchilari (mijozlari)ning bir qismini vo'qotib qo‘ymaslik 
uchun narxini oshirmay, oldingi darajada saqlab qolishga qaror qiladi. 
Ishlab chiqaruvchi, sotuvchi tovarlarini kreditga berib, iste’molchilar 
moyilligini qozonish va kuchaytirish maqsadida kreditni qaytarish
224


yoki foizini undirish muddatini uzaytirishi yoki kechiktirishi mumkin. 
Bunday holda ham tadbirkor (korxona) o'zining bozordagi va raqobat- 
dagi maqeini mustahkamlab olishga erishadi.
Raqobatning eng oson, lekin eng qo‘pol va raqiblarni tez holdan 
tcydiradigan usuli - bu “narxlar jangi” hisoblanadi. Bunda yirik ish­
lab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan hamda o'zlari uchun yangi 
b o ig an mamlakatlarda boshqa xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchi- 
lami bozordan siqib chiqarish maqsadida narxlarini vaqti-vaqti bilan 
yoki uzoq muddatga pasaytirib turadilar. Ularning raqiblari ham narx­
larini tushirib, qarshi kurashga o ‘tishlari mumkin. Yirik ishlab chiqa­
ruvchi esa bunga narxlarini yanada pasaytirish bilan javob qaytaradi. 
Bunday “narxlar jangi” dempingga ham o‘tib, raqiblar holdan toyib, 
ulardan biri bardosh bera olmay, kurashdan chiqib ketganicha davom 
etadi. Bu nosog‘lom raqobat bo‘lib, oxiri-oqibatda bozoming monopol- 
lashuviga olib kelishi ham mumkin.
Nosog‘lom raqobat usullaridan yana biri demping hisoblanadi. 
Bunda yirik ishlab chiqaruvchilar boshqa mamlakatlar bozorlariga o ‘z 
ichki bozorlaridagi narxdan, ayrim hollarda esa hatto tannarxdan ham 
past narxlarda tovar kiritadilar. Bundan asosiy maqsad o‘z ichki bo- 
zorida narxlami saqlab turish, amaldagi narxlarda ichki bozorda sotib 
boim aydigan ortiqcha mahsulotni yo‘qotish hamda yangi bozorlarga 
kirib olishdir.
Keyingi paytda jahonda narx bilan raqobat qilishdan narxsiz raqo- 
batga o‘tish tendensiyasi kuzatilmoqda. Narxsiz raqobat ijtimoiy, 
ma’naviy, madaniy jihatdan jamiyat uchun maqbul b o ig an sogiom
raqobat uslubidir. Narxsiz raqobat quyidagi usullar yordamida amalga 
oshiriladi:
- tovarlarni modifikatsiya qilib va takomillashtirib, sifatini yax- 
shilab borib va yangilarini o'zlashtirib, raqiblardan o'zib yurish;
- mahsulot yetkazib berish miqdori, maromi, muddati, joyi, sifati va 
boshqa shartlari bo‘yicha iste’molchilar qo‘ygan talablarini ular kutgan 
darajada bajarib, iste’molchilaming moyilligiga erishish;
- mahsulot sotishni iste’molchilar uchun eng qulay, maqbul usul­
lar va texnologiya asosida tashkil etib, ularning talabini yaxshiroq 
qondirib, iste’molchilarni doimiy mijozlarga aylantirish;
- tovarlarni, ayniqsa uzoq muddat ishlatiladigan murakkab uy- 
ro‘zg‘or texnikasi va ishlab chiqarish vositalarini sotish bilan birga
225


xaridorlarga sotishdan keyingi xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etib, 
iste’molchilar bilan uzoq aloqani saqlab qolish;
- ishlab chiqarish vositalirini takomillashtirib, zamonaviy, sama- 
raliroq tiplarini qo‘llab, xarajatlarni kamaytirish yo‘li bilan standart si- 
fat va standart narx asosida raqiblarga nisbatan yuqoriroq foyda olishga 
erishish;
- murakkab texnologik uskunalar sotib oladigan korxonalar xodim- 
larining o‘qitish-o‘rgatish ishlarini tashkil etib, iste’molchilar ehtiyojla­
rini kompleks qondirishni ta’minlash.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli-tuman korxonalarning mavjudligi 
va ulaming o‘ziga xos xatti-harakat strategiyalari raqobatning rivojla- 
nishiga olib keladi. Korxonalarning xususiyatlariga qarab ular quyidagi 
to ‘rt toifaga boMinadi1.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish