Mehnat ishlab chiqarish tadbirkorlik qobiliyati kapital halim hamroyev tadbirkorlik asoslari


bet47/236
Sana25.05.2023
Hajmi
#944014
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   236
Bog'liq
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

94


6. I- chizma.
Tadbirkorlik muhitining tasnifi va tarkibi
6. 2. T A D B IR K O R L IK S H A R T -S H A R O IT L A R I VA
U L A R N IN G A H A M IY A T I
Tadbirkorlik shart-sharoitlari - bu tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirish uchun tabiatan mavjud bo‘lgan hamda jam iyat tomonidan yara­
tilgan imkoniyatlar majmuyidir. Bu imkoniyatlar ikki xil xarakterga ega 
va shuning uchun ikki guruhga-obyektiv va subyektiv imkoniyatlarga, 
ya’ni shart-sharoitlarga boiinadi.
Tadbirkorlikning obyektiv shart-sharoitlari ~ bu mamlakatda tabia­
tan mavjud imkoniyatlar b o iib , ularga quyidagilar kiradi: birlamchi 
tabiiy resurslar, ya’ni xomashyo, turli materiallar, yoqilg‘i-energetika 
boyliklari, suv resurslari, tabiiy iqlim, yil fasllari va mavsumlari, min-
95


taqaning geografik o ‘mi va hududiy joylashishi, o ‘simlik va hayvonot 
dunyosi, aholi soni, uning о‘sishi, joylashishi va iqtisodiy faollik dara­
jasi, ish bilan ta’minlanishi, tabiiy, xalqaro va milliy ixtisoslashish va 
boshqalar.
Tadbirkorlikning subyektiv shart-sharoitlari - bu jamiyat tomonidan 
yaratiladigan imkoniyatlar bo‘lib, quyidagilarni o ‘z ichiga oladi:
1) subyektiv umumiy shart-sharoitlar jamiyatning hamda iqtisodiy ot- 
ning barcha sohalariga taalluqli bo ‘lib, quyidagilardan iborat: siyosiy, 
umumiy huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, psixologik, mafkuraviy, 
ilmiy-texnikaviy muhitlar, umuminsoniy qadriyatlar va munosabatlar, 
ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari, bozor va 
bozor munosabatlari, infratuzilma, raqobat, xalqaro iqtisodiy aloqalar, 
axborot ta’minoti, kadrlar tayyorlash tizimi va shu kabi boshqa jarayon- 
lar va hodisalarning rivojlanish darajasi va hokazolar;
2) subyektiv maxsus shart-sharoitlar tadbirkorlik uchun maxsus 
yaratiladi va ular quyidagilardan iborat: tadbirkorlik faoliyatini tashkil 
etish, rasmiylashtirish, amalga oshirish, rivojlantirishga oid m e’yoriy- 
huquqiy hujjatlar tizimi, tadbirkorlik infratuzilmasi, tadbirkorlikni 
qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimlari, dasturlari, organlari
shakllari va boshqalar.
0 ‘zbekistonda tadbirkorlik uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar 
asosan yaratilgan, mavjud obyektiv shart-sharoitlar yetarli: mamlakat- 
dagi tabiiy boyliklar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, energiya, yer, suv, 
mehnat va boshqa resurslar tadbirkorlikni xomashyo, yoqilg‘i-energiya 
va boshqa kerakli materiallar bilan to ‘liq ta’minlashga qodir, iqlimi 
ham tadbirkorlik uchun qulay. Tadbirkorlikni amalga oshirish va rivoj­
lantirish uchun jamiyat tomonidan ham qulay shart-sharoitlar yaratil­
gan: tadbirkorlikka oid qonunchilik shakllangan va tadbirkorlar foy- 
dasiga takomillashtirib borilmoqda, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash 
siyosati amal qilib kelmoqda, mazkur siyosatning samaradorligini 
oshirish maqsadida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat dasturi qa­
bul qilingan, maxsus davlat organlari va nodavlat tashkilotlari tuzilgan, 
tadbirkorlik subyektlari uchun bir qator imtiyozlar belgilangan, ular­
ning erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari, huquqlari va mol-mulklari 
kafolatlangan va hokazo. Bunday imkoniyatlar yildan-yilga kengayib 
bormoqda.
96


Ammo 0 ‘zbekistonda tadbirkorlikni tashkil etish, amalga oshirish 
va rivojlantirishda hali anchagina qiyinchiliklar va muammolar mav­
judligi oldingi bobda ta’kidlab o‘tilgan edi (4.3-jadvalga qarang). 
Bunday qiyinchiliklar va muammolar mavjud, yaratilgan va yaratila- 
yotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishga to‘sqinlik qiladi, ayrim 
hollarda esa ularni yo‘qqa chiqarib yuborishi ham mumkin.
Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish shart-sharoitlarini 
tadbirkorlar yaxshi anglab olishlari zarur. Aks holda, tadbirkor mav­
jud imkoniyatlardan ham to‘la foydalana olmaydi va natijada oldiga 
qo‘ygan maqsadiga ham erisha olmaydi. Bundan tashqari tadbirkor­
lik faoliyatini muvaffaqiyatli boshlamoqchi va amalga oshirmoqchi 
bo‘lgan har bir tadbirkor kamida quyidagi beshta shartga rioya qilishi 
zarur:
1) ish boshlamoqchi bo‘lgan sohani yaxshi bilishi kerak. Muayyan 
sohani yaxshi bilmagan taqdirda, shu soha bo‘yicha boshqa bir mutaxas- 
sis topib, bevosita ishjarayonini boshqarishni unga topshirishi lozim;
2) ish boshlashdan oldin, umuman, mahsulot emas, balki mahsulot­
ning aniq turi, variantini ishlab chiqarishni o ‘ylash va rejalashtirish ke­
rak. Bu esa bozordagi talabni bilishni taqozo etadi. Aks holda, anchagi­
na mablag‘ va mehnat sarf qilinib, ishlab chiqarilgan mahsulot sotilmay 
qolishi va natijada tadbirkorlik faoliyati barbod bo‘lishi mumkin;
3) shaxsiy aloqalami mustahkamlash, kengaytirish va tadbirkorlikni 
amalga oshirishda ulardan samarali foydalanish lozim. Tadbirkorlikda 
shaxsiy aloqalar, tanish-bilishlik ham katta rol o ‘ynaydi. Ishga yordami 
tegadigan tanish-bilishlami ham mazkur ishga qiziqtirib, ularni taqdir- 
lashni ham unutmaslik kerak;
4) barcha resurslami rejalashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarish- 
ga safarbar eta olish va moddiy ta'minotni yo‘lga qo‘ya olish muhim 
tadbirlardan hisoblanadi. Ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, 
yoqilg‘i, elektr-energiyasi va boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan 
o‘z vaqtida va uzluksiz ta’minlash muvaffaqiyat garovidir;
5) mahsulot sotish tizimini samarali tashkil etish zarur. Muhim tad­
birkorlik mahorati - o ‘z mahsulotiga xaridorlami jalb qila bilish va 
ularni uzoq saqlab qolishdir. Bu ishlarni hamkorlarga ham namoyon 
qilib, ularni ishning istiqbolli ekanligiga ishontirish kerak.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mutaxassislar tomonidan tad­
birkorlikning bankrotga uchrashining asosiy sabablari deb quyidagilar 
e ’tirof etilgan:
97


1) puxta bir g ‘oyani topa olmaslik;
2) mahsulotni xaridorlarga yetkazib berish va sotish mukammal tizi­
mini yarata olmaslik;
3) faoliyatni yetarli darajada moliya resurslari bilan ta’minlay ol­
maslik.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish