- qim m atli qog‘ozlarni
chiqarish, sotib olish, sotish, hisobga
olish
va saqlash, mijoz bilan shartnoma asosida qimmatli qog‘ozlami
boshqa-rish va ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;
- trast (mijozlaming mulkini ishonchli tarzda boshqarish) operatsi-
yalarini o ‘tkazish;
- moliyaviy lizingni amalga oshirish;
- moliyaviy injiniring (murakkab loyihalami moliyalash, balansning
yuqori qismida operatsiyalar o ‘tkazish, birlashish, sotib olish bo‘yicha
operatsiyalar, ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar)ni amalga oshirish;
- bank maslahati va axboroti xizmatlari ko‘rsatish, yuridik va jis-
moniy shaxslarga maxsus binolar yoki uyerdagi seyflarni ijaraga berish.
Tadbirkorlik subyektlarining banklar bilan o ‘zaro
munosabatlari
shartnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning asosida amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik uchun banklarning eng muhim vazifalaridan biri kreditlar
bilan ta’minlash hisoblanadi.
0 ‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlariga kreditdan foydalanishga
qulay sharoitlar yaratilgan; tijorat banklari
va ularning shaxobchalari-
ning kengayishi, maxsus Mikrokreditbanklarning tashkil etilishi, kredit
uyushmalarining rivojlanishi, kreditlash jarayonlarining takomillashib
borishi, imtiyozli kreditlaming kengayishi,
mikrokreditlaming joriy
etilishi va hokazo.
0 ‘zbekistonda keyingi yillarda tadbirkorlikni kreditlash borasida
bir qator m e’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi: Markaziy bank to-
monidan 2000- yil 22- fevralda tasdiqlangan “0 4z
faoliyatini yuridik
shaxsni tashkil etmasdan amalga oshiruvchi xususiy tadbirkorlar va
dehqon xo‘jaliklarini tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valu-
talarda mikrokreditlash tartibi”, " 0 ‘z faoliyatini yuridik shaxsni tashkil
etgan holda amalga oshiruvchi fermer xo‘jaliklari, kichik biznesning
boshqa subyektlarini tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valu-
talarda mikrokreditlash tartibi” va boshqalar. Natijada tadbirkorlik sub
yektlariga beriladigan kreditlar yildan-yilga keskin oshib bormoqda.
Respublika bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash uchun ajratilgan kreditlar 2001- yilda 171,5 mlrd. so'mni
tashkil etgan bo‘lsa, 2008- yilga kelib 1255,0 mlrd. so‘mda yetgan,
ya’ni 7,3 barobarga oshgan (3. 2- chizmaga qarang).
Tegishli hujjatlarda ta’kidlab o‘tilganki,
kreditlash qaytarimlilik,
haq to‘lash, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish
308
shartlariga asosan amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyektlariga imti-
yozli kreditlar va mikrokreditlar aniq maqsadlar uchun beriladi va ular
faqat shu maqsadlarga ishlatilishi kerak (15. 2- chizmaga qarang).
Download
Do'stlaringiz bilan baham: