Mehnat ishlab chiqarish tadbirkorlik qobiliyati kapital halim hamroyev tadbirkorlik asoslari


 3. TADBIRKORNING MARKETING STRATEGIYASI


bet107/236
Sana25.05.2023
Hajmi
#944014
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   236
Bog'liq
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

11. 3. TADBIRKORNING MARKETING STRATEGIYASI
VA TAKTIKASI
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda tadbirkorlik strategiya- 
sining xususiy bir ko‘rinishi bo‘lgan marketing strategiyasi muhim rol 
o ‘ynaydi. Marketing strategiyasi - bu m o‘ljallangan iste’molchilarni 
jalb qilish va ulaming ehtiyojini qondirish hamda tadbirkorning o‘z 
maqsadiga erishishi uchun marketing vositalari, usullari, tadbirla- 
rini o‘zaro samarali uyg‘unlashtirib bog‘lash va qo‘llash tartibidir. 
Boshqacha aytganda, tadbirkorning marketing vositalari, usullari, tad- 
birlarining muayyan vaziyat va muhitda maqsadga erishishni maksimal 
darajada ta’minlaydigan variantlarini aniqlash, tanlash va ulami o‘zaro 
mukammal uyg‘unlashtirib qo‘llash tartibi marketing strategiyasi hi­
soblanadi. Marketing strategiyasining mazmuni quyidagi masalalarni 
yoritishdan iborat bo‘ladi:
212


- qanday tovar (xizmat) iste’molchilar talab-istaklarini yaxshiroq 
qondira oladi?
- uni qanday assortimentda, variantlarda taklif etish kerak?
- mazkur tovar raqiblarning shunga o‘xshash tovarlaridan nima bi­
lan farq qiladi?
- iste’molchilar kimlar va ularni tovarning (xizmatning) aynan qaysi 
jihatlari ko‘proq qiziqtiradi?
- iste’molchilarni tovarga (xizmatga) qanday jalb qilish mumkin?
- tovar (xizmat) bozorga qachon va qanday narxda chiqariladi?
- tovar (xizmat) iste’molchilarga qay tarzda yetkazib beriladi va so- 
tiladi?
- tovarni belgilangan miqdorda sotish uchun qanday shart-sharoitlar 
yaratish zarur?
- reklama va savdo-sotiqni rag‘batlantirishning qaysi usullari 
m oijallangan natijani ta’minlaydi?
- tovarning bozorga kirishiga raqiblar qanday munosabat bildirish- 
lari mumkin?
- bozorda talab, narx, raqobat o‘zgarganda nima qilish kerak va ho- 
kazo?
Tadbirkorning umumiy marketing strategiyasi xususiy va alohida 
strategiyalaming yaxlit mantiqiy tizimi sifatida tuziladi. U har bir alo­
hida strategiyalarning aniq variantlaridan tashkil topgan xususiy strate- 
giyalami o‘zida mujassamlashtiradi (11.4- chizmaga qarang):
- tadbirkorning bozor strategyasi: bozorga kirish, bozorni egallash, 
bozorni modifikatsiya qilish, bozor ulushini ko ‘tarish, bozordagi mav- 
qeyini saqlash, bozorning qaymog‘ini terish, tashqi bozorga chiqish 
strategiyalari;
- tadbirkorning tovar strategiyasi: tovaming sifati, assortimenti, 
variantlari, markasi, bezatilishi, o‘rami, raqobatbardoshligi va hayotiy 
davri, uni quvvatlash va modifikatsiya qilish, tovar diversifikatsiyasi 
bo‘yicha strategiyalar;
- tadbirkorning narx strategiyasi: xarajatlarga, talabga, raqobatga, 
maqsadga asoslangan narx strategiyalari;
- tadbirkorning tovarni iste’molchilarga yetkazib berish va sotish 
strategiyasi: bevosita, bir yoki ikki bo‘g ‘inli kanal orqali, ko‘p kanalli 
yetkazib berish, buyurtmalar bilan ishlash, tovar zaxiralarini joylashti- 
rish va boshqarish, umumiy tartibda chakana sotish, intensiv, selektiv, 
ekskluziv sotish strategiyalari;
213


- tadbirkorning iste’molchilar talabini shakllantirish strategiyasi: 
reklama, targ‘ibot, savdo-sotiqni rag‘batlantirish, shaxsiy sotish strate­
giyalari;
-
tadbirkorning 
marketing 
budjeti 
strategiyasi: 
qoldiqqa, 
m o‘ljallangan foydaga, foydani optimallashtirishga, vazifalarga asos- 
langan budjet strategiyalari.
Shuni ta’kidlash lozimki, marketing strategiyasini ishlab chiqish bir 
qator marketing qarorlari qabul qilishni taqozo etadi. Ular quyidagilar- 
dan iborat:
- maqsadga muvofiq bozomi aniqlash, tanlash, baholash;
- bozorga kirish usullarini aniqlash, tanlash, mukammallashtirish;
- marketing vositalari, usullari, tadbirlarining eng maqbul variantla­
rini aniqlash va tanlash;
- bozorga kirish vaqtini aniqlash, tanlash,belgilash;
- boshqaruvni qo'yilgan maqsadga muvofiqlashtirish.
Tayyorlangan va qabul qilingan marketing strategiyasini ro‘yobga
chiqarish uchun uni aniq harakatlar, operatsiyalar, ishlar dasturiga 
aylantirish, ya’ni marketing taktikasini ishlab chiqish zarur bo‘ladi. 
M arketing taktikasi - bu m arketing strategiyasini amalga oshirish 
uchun bajariladigan aniq harakatlar, ishlar dasturidir. Mazkur dastur 
quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- marketing strategiyasining har bir qismi, elementi, bosqichini 
amalga oshirish uchun zarur bo'lgan aniq harakatlar, ishlar majmuyi;
- har bir ish, harakatning bajarish muddati;
- har bir ish, harakatni ijro etuvchi m as’ul xodim;
- belgilangan ishlar, harakatlami bajarish uchun kerak bo‘ladigan 
sarf-xarajatlar.
Xulosa qilib aytganda, tadbirkorlik - biror ijtimoiy-iqtisodiy 
maqsadga erishish uchun tegishli faoliyatni yo‘lga qo‘yish va olib bo­
rish bo‘lsa, marketing shu faoliyatni bozor iqtisodiyoti obyektiv qonun- 
lariga muvofiq tashkil etish va amalga oshirish samarali uslubiyotidir. 
Tadbirkorlik faoliyatini marketing konsepsiyasi asosida uyushtirish va 
amalga oshirish uning muvaffaqiyati va istiqbolini ta’minlovchi yon­
dashuv hisoblanadi.
214



Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish