Mehnat iqtisodiyoti


-jadval O’zbekiston Respublikasi viloyatlari bo’yicha bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaradigan fuqarolar sonining o’zgarishi* (ming kishi)



Download 0,97 Mb.
bet167/325
Sana01.06.2022
Hajmi0,97 Mb.
#625670
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   325
Bog'liq
УМК МЕХ ИКТ мажмуа (1)

6-jadval
O’zbekiston Respublikasi viloyatlari bo’yicha bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaradigan fuqarolar sonining o’zgarishi* (ming kishi)

Hududlar

2006 y.

2008 y.

2010 y.

jami

shu jumladan vaqtinchalik

jami

shu jumladan vaqtinchalik

jami

shu jumladan vaqtinchalik

bir martalik ishlar

mav-sumiy ishlar

bir martalik ishlar

mav-sumiy ishlar

bir martalik ishlar

mav-sumiy ishlar

O’zbekiston

1161,8

433,1

728,7

1183,7

445,8

737,9

1530,5

751,2

779,3

Qoraqalpog’iston

90,4

51,9

38,5

90,5

52,5

38,0

79,0

44,1

34,9

Viloyatlar:




























Andijon

110,6

42,7

67,9

110,9

44,0

66,9

154,6

68,0

86,6

Buxoro

38,8

17,7

21,1

39,0

18,3

20,8

86,2

12,8

43,8

Jizzax

50,5

14,9

35,7

51,7

15,3

36,3

40,7

22,4

18,3

Qashqadaryo

146,4

45,0

101,4

151,2

46,5

104,8

101,0

50,2

50,9

Navoiy

38,9

12,9

26,0

38,9

13,3

25,6

36,5

17,5

18,9

Namangan

52,2

19,5

32,8

55,4

20,1

35,3

105,6

55,2

50,4

Samarqand

94,8

43,9

50,9

103,4

45,3

58,1

242,0

15,9

126,1

Sirdaryo

80,9

7,8

73,1

83,2

8,0

75,2

91,3

34,0

57,3

Surxondaryo

21,9

12,9

9,0

22,2

13,3

8,9

51,6

20,1

31,4

Toshkent

86,5

29,6

56,9

86,6

30,5

56,1

71,0

94,7

76,4

Farg’ona

164,0

44,0

120,0

163,3

45,4

117,9

246,1

107,0

139,1

Xorazm

46,2

16,9

29,3

46,3

17,4

28,8

49,9

21,3

28,6

Toshkent shahri

139,6

73,5

66,1

141,1

75,8

65,1

74,9

58,3

16,6

Manba: O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari.

Jadvalda keltirilgan statistik ma’lumotlarning ko’rsatishicha, 2010 yilda respublika bo’yicha norasmiy mehnat bozorida iqtisodiy faol aholining 13,5 %i bir martalik va mavsumiy ishlarga jalb etilgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich tahlil etilayotgan yilda hududlarda turlicha bo’lgan. Ushbu ishlar barqaror ish o’rni vazifasini o’tamasada, aholining ma’lum qismi uchun daromad manbai bo’lib xizmat qilmoqda. Mazkur ko’rsatkichni tahlilning solishtirma usuli orqali ko’rib chiqadigan bo’lsak, sanoatda ish bilan band bo’lganlarning soni bilan bir martalik va mavsumiy ishlarga jalb etilayotgan aholining qatlami deyarli bir xil ko’rsatkichni namoyon etmoqda. Ammo, masalaning ikkinchi tomoni shundaki, sanoatda band bo’lgan aholining ish xaqlaridan daromad solig’i va byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar ajratish orqali davlat g’aznasiga ulush qo’shmoqdalar. Bunday to’lovlar esa, bir martalik ish bilan band etishdan kelib tushmaydi. Lekin, turli xil ijtimoiy xavflarning oldini olishda va mehnat bozorida muvozanat holatni ta’minlashda hamda ish beruvchilar uchun tezkor ishlarni bajarishda qo’l keladi.


SHuning uchun dunyodagi barcha mamlakatlarda ishsizlar va ishsiz qolish xavfi ostida turgan xodimlarning kasb tayyorgarligi va ularni qayta tayyorlashdan iborat turli-tuman dasturlarni ishlab chiqish tajriba qilib ko’rilayotir. Bunda mazkur dasturlar birinchi navbatda oldingi kasb malakasi iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarga, ishchi o’rinlarining yangi kasbiy tuzilishiga javob bermaydigan kishilarga, shuningdek, aholining zaif himoyalangan qismiga (hozircha zarur kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lmagan yoshlarga, mehnat bozoriga qaytishga qaror qilagn ayollarga; kasbga yo’naltirishga ehtiyoj sezadigan nogironlar va boshqalarga) qaratilgan. Ko’pincha ta’lim olish uchun nomzodlarni davlat ish bilan bandlik xizmati aniqlaydi.


1.4. Aholi ish bilan bandligining yangi turlari.

Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti shakllanishi sharoitida xususiy tadbirkorlikka, kichik biznesga imkoniyatlar yaratiladi, buning natijasida aholi bandligining yangi shakllari va turlari paydo bo’ladi va rivojlanadi.


Yangi tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash yana quyidagilarni o’z ichiga oladi: maslahat xizmatlarini ko’rsatish, imtiyozli qarz berish, ishlab chiqarish binolari, xom ashyo bilan ta’minlash, xom ashyo yetkazib beruvchilar bilan aloqa o’rnatish va tayyor mahsulotni sotish.
Hozirgi vaqtda mustaqil shug’ullanish va tadbirkorlik tashabbusi asosida kichik ishlab chiqarish korxonalarining shakllanishi keng istiqbolga egadir. Hozir ish bilan bandlarning qariyb 15%i mulkchilikning barcha shakllaridagi kichik korxonalarda mehnat qilmoqda. SHunday hodisalar, chunonchi, xususiylashtirish, raqobatning kuchayishi munosabati bilan korxonalar hajmining qisqarishi, ommaviy ishlab chiqarishdan moslashuvchan ixtisoslashuvga o’tilishi, shuningdek, tarkibiy qayta o’qitish jarayoni, mutaxassislarning fikricha, o’tish iktisodiyotiga ega bo’lgan boshka mamlakatlardagikabi yirik firmalardagi yangi ish o’rinlari kichik korxonalarga nisbatan kamroq bo’ladi.
Respublikamizda yangi tashkil etilgan ish o’rinlari 01.01.2010 yilda 940532 tadan iborat bo’lib, Buning natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining mamlakatimizda yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatidagi natijalari salmoqli bo’lib bormoqda (6-jadval).


6-jadval.
2010 yilda O’zbekistonda yaratilgan ish o’rinlari

Ko’rsatkich

Soni, nafar

2010 yilda yaratiladigan jami yangi ish o’rinlari

950532

O’tgan yilga nisbatan, foizda

142,3

SHundan quyidagi asosiy yo’nalishlarda yaratilgan ish o’rinlari:




Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida

391809

o’tgan yilga nisbatan, foizda

104,7

Uy mehnatining barcha shakllarini tashkil etish, jami

196745

SHu jumladan, korxonalar bilan kooperatsiyada (mehnat shartnomasi asosida)

77466

Yangi ob’ektlarni ishga tushirish, mavjud ishlab chiqrishlarni qayta qurish va kengaytirish

70587

Ish joylarini ko’paytirishning qo’shimcha chora-tadbirlari (Inqirozga qarshi dastur va boshqa qo’shimcha choralar)

281391

Jadvaldan ko’rinadiki, mamlakatimizda 2010 yilda yaratilgan jami 950,5 mingdan ortiq yangi ish o’rinlarining 391,8 mingtasi (41,7 foizi) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga to’g’ri kelmoqda. Bu o’tgan yildagiga nisbatan 4,7 foizga ko’proq demakdir. Jami yangi ish o’rinlarining deyarli 21 foizi turli shakllardagi uy mehnatini yo’lga qo’yish, 7,5 foizi yangi ob’ektlarni ishga tushirish, mavjud ishlab chiqrishlarni qayta qurish va kengaytirish, deyarli 30 foizi ish joylarini ko’paytirishning qo’shimcha chora-tadbirlari amalga oshirish hisobiga tashkil etilgan. Buning natijasida, kichik tadbirkorlikda band bo’lganlarning jami iqtisodiyotdagi band bo’lganlarga nisbatan ulushi 2008 yilda 73,1 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilga kelib 74,2 foizga yetdi.


Bundan ko’rinadiki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatida amal qilmoqda.
Aholi ish bilan bandligini ta’minlash va oqilona bandlikka erishish ustuvor vazifa sifatida qaraladi va bugungi bozor isloxotlari sharoitida ushbu vazifa to’laqonli ado etish talab etiladi. Lekin bu borada mavjud muammolar aholining oqilona bandligini ta’minlashni qiyinlashtirmoqda. Bu muammolarni ijobiy xal etishning quyidagi yo’llarini ko’rsatish mumkin:
Ko’p ukladli mulkchilikni shakllantirish aholi ish bilan bandligini oshirishning eng muhim yo’llaridan biridir. Bunda dastlab davlat sektorini transformatsiya qilish bo’yicha isloxotlar amalga oshiriladi:
-davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;
-xo’jalik yuritishning yangi shakllarini rivojlantirish (kooperativlar, hissadorlik jamiyatlari, ijarachilik, pudrat va sh.k.)
- iqtisodiy zararli korxonalarni likvidatsiya qilish va boshqalar.
Mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi ish bilan bandligini oshirishga erishish mumkin. Bozor shariotida kichik biznesni rivojlantirishning quyidagi qulayliklari mavjuddir;
-ushbu faoliyatni uncha katta bo’lmagan mablag’ evaziga xam yo’lga qo’yish mumkin;
-bozorga tez moslashuvchan bo’lib, murakkab sharoitlarda faoliyat turini o’zgartirish imkoni mavjud;

  • shuningdek, kichik biznesni o’zimizda mavjud mahalliy xom ashyolar hisobiga xam yo’lga qo’yish mumkin;

  • uning faloyatida murakkab texnologiyalar talab qilinmaydi;

  • shuningdek bu borada mahsus kadrlar xam shart emas;

-xamda bu borada mamlakatda qonuniy me’yorlar va shart-sharoitlar yetarlichadir.
Aholi ish bilan bandligining navbatdagi yo’li - bu qishloq joylarda ishlab chiqarishni, sanoatni rivojlantirishdir. Mamlakat qishloq joylarida jami aholining 64-65% ga yaqini istiqomat qiladi. SHu bilan bog’liq ravishda ishsizlikning katta foizi aynan qishloklarga to’g’ri keladi. SHu sababli qishloq joylarga sanoatni olib kirish orqali aholi bandligining o’sishiga erishish mumkin. Ma’lumki, qishloq aholisining katta qismi qishloq xo’jaligida band bo’lib, bu tarmoqdagi bandlik mavsumiydir. Bandlikning mavsumiylik xususiyati esa har doim aholi daromadlari hamda bu bilan bog’liq ravishda qishloq aholisi turmush darajasida yetarlicha muammolar tug’diradi. Bundan tashqari qishloq xo’jaligi bevosita yer va suv bilan bog’liqdir. Yil davomida tabiiy iqlimning yomon kelishi, suv tanqisligi yoki yerning meliorativ xolati yomonlashuvi yuz bersa qishloq xo’jaligi daromadlaridan umid qilmasa xam bo’ladi. SHu sababli qishloq joylarda ishlab chiqarishni, sanoatni rivojlantirish ahamiyati ortib boradi.



Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish