5-jadval
2003-2010 yillarda ish o’rinlarining qisqarishi natijasida
ishdan bo’shagan xodimlar sonining o’zgarishi, ming kishi
Ko’rsatkichlar
|
2003 y.
|
2004 y.
|
2005 y.
|
2006 y.
|
2007 y.
|
2008 y.
|
2010 y.
|
2003-2010 yy.da jami
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami ishdan bo’shab chiqqanlar
|
312,2
|
239,4
|
225,1
|
280,0
|
295,0
|
328,8
|
334,2
|
2014,7
|
SHu jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Fermer xo’jaliklariga aylantirilgan shirkat xo’jaliklaridan
|
128,4
|
131,7
|
86,6
|
169,1
|
117,2
|
98,3
|
92,1
|
823,4
|
Boshqa tarmoqlardan
|
183,8
|
107,7
|
138,5
|
110,9
|
177,8
|
230,5
|
242,1
|
1191,3
|
Manba: O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari asosida tayyorlangan.
2003 yilda milliy iqtisodiyotda jami 312,2 mingta ish o’rinlari qisqartirilgan bo’lib, ularda ishlayotgan shuncha xodim ishsiz fuqaroga aylanib qolgan. O’z ish joyini yo’qotganlarning 128,4 mingtasi (41,1%) fermer xo’jaliklariga aylantirilgan shirkat xo’jaliklaridan bo’shatilgan bo’lsa, ularning qolgan qismi boshqa tarmoqlar ulushiga to’g’ri kelgan. Ishdan bo’shatilganlar soni kamayib borib, 2005 yilda bu ko’rsatkich 225,1 ming kishini tashkil etgan. Biroq 2006 yildan, ya’ni shirkat xo’jaliklarini tugatish chora-tadbirlari jadal amalga oshirila boshlangan davrdan boshlab, ishdan bo’shatilishlar soni yana o’sgan. Agar mazkur ko’rsatkich 2006 yilda 280 ming kishidan iborat bo’lsa, 2007 yilda 295 ming kishini, 2008 yilda 328,8 ming kishini va 2010 yilda esa 334,2 ming kishini tashkil qildi.
Demak, 2003-2010 yillar davomida iqtisodiyot tarmoqlaridan 2014,7 ming kishi (ularning 70% qismi qishloq aholisidir) ish o’rinlarining qisqarishi natijasida ishdan bo’shab, ularning 823,4 ming nafari tugatilgan shirkat xo’jaliklari hisobiga ish joylarini yo’qotgan. Ya’ni, so’nggi 7 yil davomida respublikada qo’shimcha 2014,7 ming nafar ishchi kuchi mehnat bozorida ishsiz sifatida namoyan bo’lgan hamda ular asosan ishsizlikning tarkibiy, texnologik va mavsumiy turlariga mansubdir.
Ish joyini yo’qotgan va ishsizga aylangan fuqarolar mehnat bozorida ishchi kuchi sifatida o’z mehnatlarini taklif qilishi respublikada ishchi kuchi taklifning unga bo’lgan talabdan oshib ketishiga olib keldi. Natijada mazkur bozor murakkab ko’rinish olib, taklifning qondirilmasligi vujudga keldi. Bu holatlar «norasmiy mehnat bozori» va «norasmiy sektorda bandlik» tushunchalarining paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. CHunki, ishdan bo’shatilgan (ayniqsa, qishloq xo’jaligidan) va ish joyini yo’qotib qo’yganlarning aksariyat qismi malakasiz xodimlar bo’lib, ular bozor iqtisodiyoti sharoitida ish beruvchilar talabiga javob bera olmasdi. Ishlashni xohlovchi malakasiz ishchilar vaqtinchalik va bir martalik ishlarni bajarish maqsadida norasmiy mehnat bozori (mardikor bozori) ni tashkil qilishdi va mazkur bozor orqaligina o’zlarini ish bilan ta’minlab, mehnat daromadlariga ega bo’lishdi.
Aytish joizki, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ma’lumotlari mehnat resurslarining aksariyat qismi bir marotabalik va mavsumiy ishlarga band etilganligini ko’rsatadi (6-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |