Masalalar.
Detalni tayyorlash jarayoni 5ta o’zaro bog’liq va ketma-ket bajariladigan operatsiyalardan iborat bo’lib, ularning mehnat sig’imi 16,22,4,31 va 15 minut. Agar smena ichidagi detallar ishlab chiqarish rejasi 240 dona bo’lsa, har bir operatsiyani bajarish uchun va umuman ishlab chiqarish zanjiriga zarur bo’lgan ishchilar sonini aniqlang. (Tsm-8soat)
TSexning uchta o’zaro bog’liq ishlab chiqarish uchastkalarida normalangan ishlar mehnat sig’imi 2050,3440 va 1890 norma-soatni tashkil qiladi. Agar birinchi ikki uchastkada bitta ishchining oylik ish vaqti jamg’armasi 176 soatdan bo’lsa, uchinchisida belgilangan qisqartirilgan ish kuni bo’yicha-154 soat bo’lsa uchastkalar bo’yicha ishchilar sonini va ularning tsexdagi umumiy sonini aniqlang.
TSexda 100ta asosiy stanokchi ishchilar bor. Smena davomida ularning har biri kesuvchi asbobni charxlash uchun 35 minut va yarim mahsulotni keltirish uchun 42 minut sarflaydi. Asbob charxlovchi va avtokarlarni haydovchilardan iborat yordamchi ishchilar brigadasini tashkil qilinsa asosiy ishchilar yordamchi ishlardan ozod bo’ladilar. Ularning har birini smenadagi operativ vaqti 343dan 420 minutgacha ko’payadi.Agar ihtisoslashtirilgan brigada sharoitida bu ishlarning mehnat sig’imi 20% kamaysa yordamchi ishchilar brigadasidagi asbsblarni charhlovchi va avtokarlar haydovchilarining sonini hisoblang.
Smena davomida 200 ta qo’l soati ishlab chiqariladi. Bitta soatni ishlab chiqarish uchun ketadigan norma-soatlar yig’indisi 80 minutni tashkil qiladi. Agar jarayonlarning mehnat sarfi 1:1:3:2:0.5:0.25:0.5 ga tenglashtirilgan bo’lsa ishchilarning smena bo’yicha sonini va ish joylari bo’yicha taqsimlanishini aniqlang. (33 kishi; 4, 4, 12, 8, 2, 1, 2kishi)
Agar besh xil variantda bitta tayyor mahsulotga yig’indisi bo’yicha ketadigan vaqt sarfi quyidagicha berilgan bo’lsa ( 1-jadval), mehnat taqsimotining iqtisodiy chegarasini aniqlang.
1-jadval
Vaqt sarflari
|
Mehnat taqsimoti variantlari
|
Predmetli
10 mindan
ko’proq
|
Detalli
5-10 min.
|
Yiriklashti-
rilgan tex.
operatsiyalar
bo’yicha 2-5 min
|
Mayda
operatsiyalar
bo’yicha
|
Aloxida ish xarakatlari bo’yicha 30 min. gacha
|
Asosiy ish
|
16
|
12
|
8
|
6
|
5
|
Yordamchi ish
|
4
|
6
|
7
|
8
|
9
|
transport
|
0.5
|
1.5
|
2.0
|
4.5
|
6.0
|
Jarayonlararo
|
-
|
0.9
|
1.9
|
2.6
|
3.6
|
Turib qolishlar
|
0.1
|
0.3
|
1.0
|
1.5
|
3.0
|
Bajaruvchining dam olishi
|
0.8
|
1.0
|
1.3
|
1.6
|
2.0
|
Do'stlaringiz bilan baham: |