VIII. Ijtimoiy xizmatlarga sarflanadigan xarajatlar.
1. Oshxonalar va shunga o’xshash xizmatlarni mablag’ bilan ta’minlash.
2. Ta’lim va madaniy muassasalarni mablag’ bilan ta’minlash va tegishli xizmatlar ko’rsatish.
3. Kredit beradigan ittifoqlarga subsidiyalar va xodimlarga shu xildagi xizmatlar uchun mo’ljallangan xarajatlar.
IX. Ishchi kuchiga doir boshqa xarajatlar, masalan, xodimlarni ishga keltirib qo’yish va ishdan uylariga olib borib qo’yishga mo’ljallangan xarajatlar; bularni ish beruvchi o’z zimmasiga oladi (shu jumladan, xodimlarga sarflangan xarajatlarni qoplash), korxona, ishga yollash va boshqa narsalar bilan ta’minlashga doir xarajatlar.
X. Ishchi kuchiga xarajatlar sifatida qaraladigan soliqlar, masalan ish bilan, bandlar soniga yoki ish haqi fondiga sof holda qo’shiladigan soliqlar, ya’ni davlat tomonidan beriladigan chegirma va imtiyozlarni olib tashlagandan keyingi soliqlar.
Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, xarajatlar darajasi bo’yicha mamlakatlar nisbati yangidan yaratilgan qiymatning hajmi sohasidagi nisbatlardan jiddiy ravishda farq qiladi.
Investorlar, ish beruvchilar va tadbirkorlar ko’pincha ish kuchiga sarflangan xarajatlarni raqobatbardoshlikning birdan-bir yoki hech bo’lmaganda eng muhim ko’rsatkichi deb hisoblaydilar. Yuqorida qayd qilib o’tilganidek, yagona valyutada qayta hisoblash muayyan vaqt mobaynida turli mamlakatlarda ishchi kuchiga sarflangan nisbiy xarajatlar to’g’risida tasavvur berishi mumkin. Lekin bunday qiyoslash faqat bitta jihat bilan — ishchi kuchining qiymati bilan cheklanadiki, uni boshqa elementlar, chunonchi, unumdorlik, ish vaqti, kadrlar qo’nimsizligi, inson resurslari, talab qilinadigan sarmoya, ma’lumot darajasi, davlatning aralashuvi, xom ashyo, uskunalar, yoqilg’i va transport qiymati, aloqa va mehnat munosabatlari kabilar bilan birgalikda olib qaralishi lozim.
Shunday qilib, model ish haqining pasayishini nazarda tutadi. Lekin haqiqatan esa ish haqi sekinlik bilan pasayib boradi. Buning ko’pgina sabablari bor. Ish haqi faqat ish beruvchilar uchun chiqimdan iborat bo’lib qolmay, shu bilan birga, yollanma xodimlar uchun daromad hamdir. SHuning uchun ham yollanma xodimlar o’z tashkilotlari bo’lgan kasaba uyushmalarini tuzganlar. Kasaba uyushmalari xodimlarning daromadlarini himoya qiladi. Biroq, ish beruvchilar ham barqaror ish haqi bo’lishidan manfaatdordirlar, chunki bunday ish haqi ishlab chiqarishni yaxshiroq rejalashtirish va yollanma personal bilan ancha osoyishta munosabatlar o’rnatishni ham nazarda tutadi. Kasaba uyushmalari va jamoa shartnomalari bunday yo’l bilan ish haqi darajasini barqarorlashtirib, uning mehnat bozori ahvoliga qarab goh yuqori ko’tarilishiga, goh pastga tushishiga to’sqinlik qiladi. Biroq, klassik modeldagi barqaror ish haqi ishsizlikning mavjud bo’lishini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |