Fleksibillash kontseptsiyalari axborotlashtirish va kompyuterlash-tirish bilan bog’liq bo’lgan texnologiya, texnika, ishlab chiqarishdagi tub o’zgarishlar davridagi boshqaruv innovatsiyasi sifatida yuzaga kelgan. Ushbu kontseptsiyalar mehnatni tashkil etish shakllari xilma-xilligining doimiy oshib borishi, ish vaqti moslashuvchan jadvallari va ishga yollashning yangi tizimlari (vaqtinchalik o’zganing o’rnida ishlash, bir qancha funktsiyani bajarish) yoyilishini nazarda tutadi. Moslashuvchan tarzda ish bilan band etish siyosatining tabiati ko’p jihatdan uning qo’shimcha ishchi kuchining muntazam ravishda jalb etishga zo’r berish yoki asosan, mehnat jamoasi doimiy o’zagining kasbiy harakatchanligini rivojlantirishga qarshi qaratilishi bilan belgilanadi. Birinchi holda gap ish bilan band etishni eksternlash (ya’ni, miqdoriy moslashuvchanlik), ikkinchi holda esa internlash (ya’ni, funktsional moslashuvchanlik) to’g’risida borishini ifodalaydi.
Shunday qilib, ishsizlikni yalpi talab etishmasligi oqibatida noilojdan ro’y beradigan hodisa deb tasavvur qilish (Keyns) va mehnat taklifining ish haqi darajasiga bog’liqligi, ish haqi oshirilmasligi inflyatsiyani pasaytirishi hamda ishlab chiqarish sharoiti va ish bilan bandlikka ijobiy ta’sir etishi to’g’risidagi tasavvurdan iborat ikki qarama-qarshi tendentsiya ish bilan bandlik nazariyasida hamon mavjud. Ish bilan bandlik ba’zi kontseptsiyalarining yuqorida keltirilgan qisqacha sharhi g’arb mamlakatlarida ish bilan bandlik munosabatlarini tartibga solish borasida to’plangan tajriba to’g’risida va ushbu tajribani O’zbekistonda qo’llanish mumkinligi haqida tasavvur beradi.
Qisqacha хulоsalar
Narxlar ish haqi nisbatining moslashuvchanligi - klassik iqtisodiy nazariyaning muhim qoidalaridan biri bo’lib, unga muvofiq sotuvchilar o’rtasidagi raqobat narxlarning qisqarishiga olib keladi, bu esa chiqimlarning kamaytirilishini, shu jumladan, ish haqini qisqartirish hisobiga kamaytirilishini talab qiladi. yollanma xodimlar o’rtasidagi raqobat ularni bu bilan kelishishga undaydi. Narxlar bilan ish haqi nisbati shu tariqa belgilanadi.
Samarali talab – J. Keynsning fikricha, bandlikni belgilab beradigan asosiy omildir. U tadbirkorlar talab bildiradigan mehnat xarajatlarining hajmi jamiyatning iste’mol va yangi investitsiyalarga qiladigan xarajatlariga bog’liq bo’ladi, deb hisoblagan, bu esa samarali talabni tashkil etadi.
Multiplikator—xarajatlar (investitsiyalar)ning dastlabki o’zgarishiga qarab real sof milliy mahsulotning ko’p marta o’zgarishini tavsiflab beruvchi ko’rsatkich.
Byudjet-soliq (xazina) siyosati — byudjet xarajatlarini ko’paytirish yoki soliqlarni kamaytirish yo’li bilan yoxud har ikkalasidan foydalanish yo’li bilan ishsizlikni bartaraf etish (qisqartirish) yuzasidan J. Keyns taklif etgan siyosat.
Nazоrat va muхоkama uchun savоllar
Klassik nazariya to’liq ish bilan bandlik nazоratini nima bilan tushuntiradi?
Kapital оrganik tuzilishining o’sishi nima?
Hоzirgi zamоn nеоklassik nazariyalarida ish bilan bandlik masalalari qanday ko’riladi?
J.Kеyns хazina siyosatning mоhiyati nimadan ibоrat?
Mоnitaristlar ishlab chiqarish va ish bilan bandlik darajasini bеlgilоvchi оmillar qaysilar dеb hisоblaydilar?
Samarali talab dеganda nimani tushunasiz?
Byudjеt sоliq siyosati nima?
Nеоklassik sintеz dеgandan nimani tushunasiz?
Artur Piguning ishchizlik nazariyasi nеchanchi yilda chiqqan va unda ishsizlik sabablari nimada dеb ko’rsatilagan?
Ish bilan bandlikning yangi nazariyasi nimani aks ettiradi?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
Абдураҳмонов Қ.Х. Меҳнат иқтисодиёти. Дарслик (назария ва амалиёт) –Т.: “Меҳнат”, 2009
Абдурахманов К.Х. и др. Экономика труда. -М.: “Экзамен”, 2008
Кейнс Джон Мейнард. Общая теория занятости, процента и денег Издательство: Гелиос, 2002.
Плакся В.И. Безработица: теория и современная российская практика : социально-экономический аспект (Монография). Издательство: РАГС, 2007.
Do'stlaringiz bilan baham: |