1. AQLIY VA JISMONIY MEHNATNING FIZIOLOGIK ASOSLARI.
Insonning mavjudligi uning asosiy mehnat faoliyati bo`lib hisoblanadi. Shu-
ning uchun ham ergonomika sohasida inson mehnat jarayonlarni har tomonlama
o`rganish uchun fiziologlar, gigienistlar va ruxshunos singari mutaxassis olimlar
qator ishlar olib borayaptilar. Har qanday mehnat muayyan real muhitdan amalga
oshadi. Shuning uchun ham mehnat sharoitlari haqida ko`plab ma`lumotlar olindi.
Mehnat sharoitini turlicha tushunish mumkin.Biroq mehnat sharoiti deganda
insonning sog`ligi va ish qobilyatiga ta`sir etuvchi barcha omillar tushiniladi. Bu
omilar juda ko`p, biroq qulay bo`lishi uchun ular to`rtta asosiy guruhga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |