Mavzuning o’rganilish darajasi: O’qigan va qo’lga kiritilgan o’quv, o’quv-
usuliy qo’llanmalar, maqolalar, darsliklar, gazeta va jurnallardan xulosa chiqarib
ayta olamizki, organizmni jismoniy sog`lomlashtirish mohiyatining ochib berish-
da charchashning fiziologik asoslari yetarlicha o’rganilgan emas. Undan tashqari
mavzuni yoritishda ko’plab chet el adabiyotlaridan va internet ma’lumotlaridan
foydalandik.
Ishning maqsad va vazifalari: Ishni tadqiq qilishda quyidagi maqsad va
vazifalar belgilandi.
- Charchashning fiziologik asoslari yoritish;
- Charchash vaqtida organizmda sodir bo’ladigan o`zgarishlarning mexanizmini
ochib berish;
- Charchashni tushuntiruvchi nazariyalarning mohiyatini ochib berish;
- Yuklama vaqtida kelib chiqadigan charchashning mexanizmini ochib berish;
- Ish vaqtida charchashga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |