Mehnat faoliyatini tashkil etish masalalari. Reja: Mehnatni tashkil etish va uning mehat faoliyatidagi roli. Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi



Download 32,51 Kb.
bet3/4
Sana23.07.2022
Hajmi32,51 Kb.
#842591
1   2   3   4
Bog'liq
Document

Ixtisoslashuv belgisi bo’yicha barcha ish o’rinlari ixtisoslashgan va universal ish o’rinlariga bo’linadi. Ixtisoslashgan ish o’rinlarida bir xil yoki operatsiyaning mazmuni va ishlar turi bo’yicha bir-biriga yaqin vazifalar bajarilishi mumki (qoliplovchi, termist, burg’ulovchi, hisoblash mashinasi operatori va hokazolarning ish o’rinlari). Universal ish o’rinlarida xilma-xil ishlar bajariladi. Bunday ish o’rinlari, odatda, asbob-uskunalar kichik seriyali va bir xil ishlab chiqarish sharoitida bir ish turidan boshqasiga tezda o’tib ishlash imkonini beradigan bir qator stanoklar va mexanizmlar bo’ladi (masalan, ta’mirlash-texnika ustaxonalari, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish va shu kabi sharoitlarda).

Mehnat taqsimoti belgisi bo’yicha ish o’rinlarining ikki turi-yakka tartibdagi va jamoa ish o’rinlariga ajratiladi. Yakka tartibdagi ish o’rnida har doim bitta ijrochi xodim band bo’ladi. Jamoa ish o’rinlarida mehnat jarayonlari bir guruh xodimlari tomonidan amalga oshiriladi (masalan, mehnatni brigada tarzida tashkil etganda, yirik mashina agregatlariga va apparatura tizimlariga va shu kabilarga xizmat ko’rsatganda).

Xizmat ko’rsatiladigan asbob-uskunalar soniga qarab, ish o’rinlari bir stanokli yoki ko’p stanokli bo’lishi mumkin. Ish o’rinlari barqarorlik belgisiga qarab tasniflanishi mumkin: ular bitta ish o’rnida joylashgan va jihozlangan muhim ish o’rinlariga (masalan, stanokchilar, yig’uvchilar, apparatchilarning ish o’rinlari) makoda doimo joyini almashtirib turadiga ko’chma ish o’rinlari (quruvchilar, kon ishchilari, avbatchi yoki ta’sirlovchi xodimlarning ish o’rinlari).

Lekin, ish o’rinlari qanchalik xilma-xil bo’lmasin, ular qanday turkum va guruhlarga bo’linmasin, ish o’rinlarini tashkil etish uchun umumiy, majburiy talablar ham mavjud. Bu talablarni aynan uchta ibora: ta’minlash, rejalashtirish va xizmat ko’rsatish degan ibora bilan ifodalash mumkin. Ish o’rnini ta’minlash deganda unda jamlangan mehnat vositalari: asosiy texnologik va yordamchi asbob-uskunalar texnologik va tashkiliy jihozlar bilan aloqa va signal berish vositalari, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasini jami tushuniladi. Ish o’rnini rejalashtirish deganda ishlab chiqarishning o’zaro bir-biri bilan funktsional jihatdan bog’langan barcha vositalari, mehnat buyumlari va xodimning o’zi uch o’lchovli makonda maqsadga muvofiq joylashuvi tushuniladi. Xizmat ko’rsatish tizimi-bu asosiy ishchilarning ish o’rinlarini uzoq vaqt mobaynida-bir smenadan tortib to bir haftagacha, hatto bir yilgacha yuqori unumli, bir maromda ishlash uchun zarur bo’lgan barcha kerakli narsalar bilan ta’minlaydigan yordamchi ishlarni bajarish sohasidagi butun bir tadbirlar majmuidir. Rivojlangan yirik va yaxshi tashkil etilgan ishlab chiqarishda xizmat ko’rsatishning o’nta funktsiyasi mavjuddir: 1.Ishlab chiqarish–tayyorlash funktsiyasi. Unga ishlarni ish o’rinlari bo’yicha taqsimlash, xom-ashyo va materiallarni butlash texnik va iqtisodiy hujjatlar bilan (chizmalar, sxemalar, naryad-topshiriqlar va shu kabilar) bilan ta’minlash, shuningdek, turli yordamchi materiallar ishlab chiqarish kiradi. 2.Asboblar funktsiyasi. Uning asosiy vazifasi-asosiy ishlab chiqarishni asbob va moslamalar bilan ta’minlashdir. 3.Sozlash funktsiyasi. Dastlabki sozlash yangi yoki tuzatilgan jihozni o’rnatish, moslash, to’g’rilash, ishlashini nazorat qilishdan iborat. Qayta sozlash-yangi texnologiyaga va yangi mahsulot ishlab chiqarishga o’tishda jihozlarni almashtirish va tartibga solishdan iborat. Qisman sozlash-asbob-uskunalar ishida paydo bo’lgan kamchiliklarni, moslamalar va jihozlardagi ayrim nosozliklarni tugatishni bildiradi. 4.Energetik funktsiya. Tsexlar, uchastkalar va ish o’rinlarini energiya bilan ta’minlash borasida energetika qurilmalari va moslamalari bilan ta’minlashda xizmat ko’rsatishdir. 5.Ta’mirlash funktsiyasi. Asbob-uskunalarni joriy ta’mirdan chiqarish va profilaktik xizmat ko’rsatishdan, shuningdek, tayyor holda olinmaydigan ehtiyot qismlarni tayyorlash yoki tiklashdan iborat. 6.Nazorat funktsiyasi. Mahsulot yoki ishlar sifatini muntazam ravishda nazorat qilib borishni, shuningdek, chetdan olinadigan xom-ashyo, materiallar va chala mahsulotlar yoki butlovchi buyumlarni qabul qilish, sinab ko’rish va tahlil etishni ta’minlaydi. Uning muhim vazifasi hisobga olish, tahlil etish, mahsulotning yaroqsizligini oldini olishdir. 7.Transport funktsiyasi. Uning asosiy vazifasi-xom-ashyo, material chala mahsulot va butlovchi buyumlarni ish o’rinlariga yetkazib berish, mehnat buyumlarni ish o’rinlari, uchastkalar va tsexlar o’rtasida tashish, tayyor mahsulotni ombor yoki iste’molchilarga yetkazish, shuningdek, ishlab chiqarish chiqindilarini tashishdir. Bundan tashqarii, transport funktsiyasiga ortish-tushirish ishlari va omborlardagi ishlar ham kiradi. 8.Ta’mirlash-qurilish funktsiyasi. Uning vazifasi binolar, inshootlarni ishchi holatida saqlash, ularni joriy va ba’zi hollarda esa o’rtacha ta’mirlashni amalga oshirish, avariyalar va tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatish, mayda yordamchi inshootlarni qurish, yo’llar va kirish yo’laklarini ta’mirlash kiradi. 9.Xo’jalik maishiy funktsiya. Ishlab chiqarish va maishiy binolarda tozalik va tartibni saqlashga xizmat qiladi, ishlovchilarni ichimlik suvi, maxsus ovqat (sut, koloriyali nonushta, sharbatlar) Bilan, shuningdek, ishlab chiqarishdagi maishiy xizmatning barcha turlari Bilan ta’minlaydi. 10.Ombor funktsiyasi. Agar korxonada yuklar oqimi katta bo’lsa, murakkab va keneg tarmoqli ombor xo’jaligi mavjud bo’lsa, transport funktsiyasidan ajralib chiqadi.
Xizmat ko’rsatishni boshqarish markazlashgan va markazlashmagan usullar bilan amalga oshirimlishi mumkin. Markazlashgan usulda barcha funktsiyalar korxonaning yagona markazlashgan xizmatlari tomonmdan bajariladi. Funktsiyasi markazlashmagan usulda xizmat ko’rsatishning barcha funktsiyalari korxonaning boshlang’ich bo’limlariga (tsexlar, uchastkalar) topshiriladi.

Mehnat intizomi va uni rag’batlantirish.
Mehnatni tashkil etishning navbatdagi muhim yo’nalishi intozomdir. Mehnat intizomi-bu, faqat, ish joyiga o’z vaqtida kelish, va bu yerda belgilangan vaqt mobaynida bo’lish emas, balki belgilangan texnologiyaga rioya qilish, mahsulot sifatini, ishlab chiqarishdagi mehnat rejimini ta’minlash, mehnat unumdorligini muayyan darajada saqlashdir. Mehnat intizomi yuzlab va minglab xodimlarni umumiy reja asosida ishlaydigan va umumiy maqsadga intiladigan yagona organizm qilib birlashtiradi. Mehnat intizomisiz har qanday korxonada mehnatni biron-bir maqbul tarzda tashkil etish haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Mehnat intizomi tushunchasini quyidagi uch qismga bo’lish mumkin: 1.Mehnat faoliyati intizomi. Korxona yoki tashkilotdagi barcha xodimlarning ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilinishi: ishga o’z vaqtida kelinishi, ish kuni davomida tanaffuslarga rioya qilinishi, ishni grafik asosida tamomlashni, smenali ish sharoitida qayta smena rejimiga rioya qilish va shu kabilarni nazarda tutadi. 2.Texnologik intizom. Bu ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarish usullari va izchilligiga, mahsulot yoki ish sifatiga Aniq rioya qilinishini, yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarishga va avariyalarga byuarham berilishini nazarda tutadi. 3.Ishlab chiqarish intizomi. Korxonada belgilangan ichki mehnat tartibi qoidalarning bajarilishini, ishlab chiqarish rahbarlari buyruqlari va farmoishlarining aniq bajarilishini, mehnatni muhofaza qilish, ishlab chiqirish sanitariyasi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga so’zsiz va aniq rioya qilinishini, atrof–muhitning muhofaza qilinishini, nazarda tutadi. Shuningdek, xom-ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va tayyor mahsulotlardan tortib asboblar, mashinalar, mexanizmlar, apparatura va boshqa ishlab chiqarish jihozlarigacha ehtiyotkorona munosabatda bo’lish kiradi.



Download 32,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish