Mehnat bozorida ishchi kuchi kategoriyasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
“Ishchi kuchi” tushunchasiga keng va chuqur ma’no singdiriladi. ishchi kuchining iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati, uning turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardagi xususiyatlari, turli ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda takror ishlab chiqarilishi, taqsimoti, uni o‘zlashtirish va foydalanish mexanizmi, u yoki bu jamiyatning iqtisodiy munosabatlar tizimida bu kategoriyaning roli va ahamiyati jahon mashhur iqtisodchi olimlarining tadqiqot predmeti bo‘lgan. A.Smit va d.rikardolardan tortib, J.Keyns, M.Fridman va ko‘p sonli MDH olimlari tomonidan o‘rganilgan.ishchi kuchi-mehnat jarayonida inson foy-dalanadigan uning jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarning majmuasidir. Zamonaviy xorijiy iqtisodiy nazariyalarda “ishchi kuchi” atamasi ko‘pincha “iqtisodiy faol aholi” tushunchasining sinonimi sifatida ko‘llaniladi. Masalan, R.J.Erenberger va R.S.Smit bunday ta’rif berganlar:”ishchi kuchi” deganda yoshi 16 dan yuqori bo‘lgan xodimlar va yo endilikda ishlayotganlar, yoki faol ravishda ish qidirish bilan band bo‘lganlar yoxud ishdan bo‘shatilganlaridan keyin xizmatlarga yana murojaat qilishlarini kutayotganlar tushuniladi”15. Xalqaro mehnat tashkiloti ham xuddi shunga o‘xshash nuqtai nazarga amal qiladi.“ishchi kuchi” atamasi ko‘p hollarda uch ma’noni anglatishda ishlatiladi:
-organizm, tirik inson shaxsi ega bo‘lgan va har safar u qandaydir iste’mol qiymatini yaratish chog‘ida ishga soladigan jismoniy va ma’naviy qobiliyatlar majmui sifatida;
-aholining ish bilan band bo‘lgan yoki ish izlayotgan qismi-iqtisodiy faol aholining sinonimi sifatida;
-umuman ishlovchilar yoki muayyan bir korxona ishchilari (kundalik turmushda odatda shunday foydalaniladigan tushuncha) sifatida.
“ishchi kuchi” tushunchasini insonning mehnatga qodirligi ma’nosida belgilashni kiritibgina qolmay (ishlab chiqarish uchun odam resursi deb emas), balki ushbu tushunchaning jismoniy ma’nosidan farqli o‘laroq, imkonlar o‘lchami - olingan natijalarga to‘g‘ri kelmasligi, ayni ishchi kuchi qiymati va u bajargan mehnatning qiymati ayni bir narsa emasligi to‘g‘risidagi qoidani ham shakllantirdi.
Q.X. Abdurahmonovning ta’rifiga ko‘ra, «ishchi kuchi yoki mehnat qobiliyati deganda, biz inson organizmi, insonning tirik shaxsiga ega bo‘lgan va u har safar biron-bir iste’mol qiymatini ishlab chiqarayotganida ishga sola-digan jismoniy va ruhiy qobiliyatlarining yig‘indisini tushunamiz»16. ishchi kuchi deganda odamlarning turli toifalari tushunilgan. Hozirgi kunda ushbu ta’rifdan tashqari yana bir qancha ta’riflar mavjud:
-O‘zbekiston respublikasi vazirlar Mahkamasining «Aholining ish bilan bandligini hisobga olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qarori17 amalda bo‘lgan «ishchi kuchi tarkibi, iqtisodiy faolligi va ish bilan bandlikdagi maqomi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasniflash bo‘yicha asosiy uslubiy qoida hisoblanadi;
-Xalqaro Mehnat Tashkilot (XMT) e’lon qilgan materiallarda ishchi kuchi deganda faqat ish bilan band yollanma xodimlar, shuningdek yollanma ish izlayotgan odamlar tushuniladi.
Ana shu ta’riflarda ishchi kuchi deganda, mehnatga qodirlik emas, balki aholi toifalari, ya’ni mehnat uchun inson resurslari tushunchalari birlashtiriladi. Lekin tilga olingan ta’riflarning barchasida aholining turli toifalari ko‘rsatilgan. Birinchi misolda bular-muayn yoshdagi ish bilan bandlar va ishsizlar, ikkinchisida - ish bilan bandlarning barchasi va ishsizlarning barchasi, uchinchisida-faqat barcha xodimlardir.
«Aholining ish bilan bandligini hisobga olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qarori “ishchi kuchi kategoriyasi - insonning jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarining yig‘indisi deb tushuniladigan bo‘lsa, u bozorning normal ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarga javobi salbiy bo‘ladi va uni quyidagi vaziyatlar tasdiqlaydi:
1. Mehnatga qodirlik sifatidagi ishchi kuchi inson-xodimdan ajralmasdir va shu sababli xodimning o‘zini sotmay turib, uni sotib bo‘lmaydi. Lekin bu shart xodim qul bo‘lgan taqdirdagina bajarilishi mumkin. Erkin jamiyatda esa qul savdosi bo‘lishi mumkin emas.
2. Ishchi kuchi inson-xodimdan ajralmas ekan, u ishchi kuchini sotib oluvchining mulki bo‘lib qola olmaydi.
3. Ish beruvchi ishchi kuchining egasi bo‘la olmas ekan, uni tasarruf ham etolmaydi, bu huquq ishchi kuchining egasiga-xodimgagina tegishlidir.
4. Ishchi kuchini mehnatga layoqatli sifatida yollashda noekvivalent (noteng) ayirboshlash ro‘y beradi, chunki ishchi kuchini sotib oluvchi go‘yo ishchi kuchi uchun haq to‘laydi, aslida esa uning mehnati qiziqtiradi. Lekin hamonki ekvivalent (teng) ayirboshlash yo‘q ekan, demak, bular madaniyatli bozor munosabatlari emas, balki yolg‘onchi faoliyat munosabatlaridir.ishchi kuchi-mehnat jarayonida inson tomo-nidan foydalaniladigan, uning jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarining jamul- jamidir. Bu jamiyatning bosh ishlab chiqaruvchi kuchidir. “ishchi kuchi” ning boshqacha talqinlari ham bor. Ko‘pincha bu atamadan iqtisodiy faol aholi yoki korxonada, firmada ish bilan band xodimlarni nomlash uchun foydalaniladi. L.P.Vladimirovaning ta’rifiga ko‘ra: ”ishchi kuchi-bu jismoniy va aqliy imkoniyat va tajriba, insonga ma’lum tur ishlarini bajarishga, zarur darajadagi mehnat unumdorligi va sifatli maxsulot tayyorlashga imkon beradi”.
“ishchi kuchi” termini iqtisodiy kategori-yani bildiradi, mehnat jarayonini bajarish uchun inson qobiliyatlari yig‘indisini xarakterlaydi.ishchi kuchi tovar hisoblansa ham, boshqa tovarlardan farqli o‘laroq ikkita xususiyatga ega:
-universallik – bu ishga layoqatli insonni bildiradi, turli xil faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan, ya’ni uni mehnatga layoqatliligi universal;
-ishchi kuchi egalarini ijtimoiy adolatga intilishi. inson-aqlliy mavjudot va u “ishchi kuchi” tovariga ulkan darajada ta’sir qiladi18.
S.Y.Roshshin, T.O.Razumovalarning ta’rifiga ko‘ra, “ishchi kuchi” – iqtisodiy faol aholiga xos bo‘lib, o‘z ish xizmatini taklif qiluvchi ishlovchilar yig‘indisidir19. B.M.Genkinning ta’rifiga ko‘ra:”ishchi kuchi-insonni mehnat qilish layoqati deb tushunish qabul qilingan, ya’ni – uni jismoniy va intellektual ma’lumotlar yig‘indisi, ishlab chiqarishda qo‘llanilishi mumkin bo‘ladi20.
S.A.Kartashov, Y.G.Odegovlarning fikri quyidagicha: ”ishchi kuchi” – bu mehnatga bo‘lgan potensial qobiliyatdir21. Bizningcha yuqorida keltirilgan ta’riflarni umumlashtirgan holda “ishchi kuchi”ga ta’rif berib ko‘ramiz. ishchi kuchi – iqtisodiy kategoriya sifatida, iqtisodiy faol aholining jismoniy va ma’naviy qobiliyatlari yig‘indisining amalda qo‘llanilishi tushuniladi.
Mehnat bozorida insonning qobiliyatlari emas, balki mehnati sotilishi va sotib olinadigan bo‘lsa, buni quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
1. Mehnat bozorida bo‘lajak mehnatning oldi-sotdi jarayoni amalga oshiriladi, bu hakda mehnatning xaridori va sotuvchisi shartlashib oladilar.
2. Ish beruvchi mehnatni sotib olgan taqdirda, u shu mehnat natijalarining egasi bo‘lib qoladi, chunki mehnatning qiymati fakat uning natijasidadir. Xodim mehnati uchun uning narxini-ish haqini oladi, ish haqining miqdori mehnatga bo‘lgan talab va mehnat taklifining nisbati bilan belgilanadigan mehnat bozoridagi kon’yunkturaga; unda ish haqi stavkalarini shakllantirishning ustun keluvchi modeliga; u yoki bu milliy va mintaqaviy mehnat bozorlarining xususiyatlarini aks ettiradigan qator boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
3. Mehnat natijalarining egasiga aylangan ish beruvchi ularga egalik qilib va ulardan foydalanibgina qolmay, balki ularni tasarruf etadi.
4. Mehnat raqobat bozorida sotilganda ekvivalent (teng) ayirboshlash ro‘y beradi, chunki ish haqi mehnatdan foydalanganlik uchun, ya’ni mehnat uchun hak to‘lashdir. Bunday bozorda tovar yoki xizmatning yaratilishini ishlab chiqarishning to‘rtta omili yuzaga keltiradi:
mehnat-mehnatga haq;
erdan va boshqa ishlab chiqarish omillaridan (mehnat predmeti va ishlab chiqarish vositaliridan) foydalanilganlik uchun xarajatlar;
tadbirkorlik uchun to‘lanadigan haq, va yaratilgan yangi qiymat tashkil etadi.
Mehnat bozorida xodimlar mehnati soti-lishi va sotib olinishi tan olingan holda bozor munosabatlari normal ishlashining barcha shartlari qondiriladi. Mehnat bozorining ishlashiga aloqador davlat tuzilmalari faoliyati amaliyotida unga turli ijtimoiy-iqtisodiy omillarni, shuningdek, siyosiy muammolarni hisobga olib, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlar birligi prinsipidan kelib chiqib, ishchi kuchi bozori sifatida qaraladi. ishchi kuchi bozori mehnatga layoqatli aholining mehnat qilishiga bo‘lgan layoqatlarini taklif qilish sohasini topish xohish-istaklari yig‘indisi sifatida shakllansa, ishchi o‘rinlari bozori korxona va tashkilotlarning ishchi kuchiga bo‘lgan jami ehtiyojlari sifatida tashkil etiladi. Biroq ishchi kuchi bozori o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy tabiatiga ko‘ra, eng avvalo, aholining ishchi o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojlarini ifodalaydi. Bu ehtiyojlarning qondirilishi esa, uning mehnat salohiyatidan samarali foydalanish hamda samarali bandlikni shakllantirili-shining asosi hisoblanadi. ishchi kuchi egasi uchun u mehnat qilishi, layoqatini ko‘rsatish, o‘z ish kuchini qayta tiklashi uchun pul ishlab topishi mukin bo‘lgan ish joyiga ega bo‘lishi imkoniyati yaratiladi. Tadbirkor uchun foyda olishning iqtisodiy sharoiti yuzaga keladi. ish bilan bandlikning iqtisodiy munosabati tarkib topadi. Aynan mana shular mehnat bozorining ish bilan bandlik bozori sifatidagi asl mazmunini belgilaydi. ish bilan bandlik bozori milliy, mintaqaviy va mahalliy darajalarda ko‘rib chiqilishi mumkin. U davlat va nodavlat tuzilmalarini qamrab oladi. Unga davlat boshqaruvi va stixiyalilik elementlari, ishchi egalari o‘rtasidagi ma’lum ish joyi, o‘z mehnat layoqatini sotishning foydaliroq shart-sharoitlari uchun raqobat ta’sir etadi.
Mehnat bozorini shakllantirish mantiqi, tovar bozori paydo bo‘lishining asosiy qonuniyatlariga o‘xshash. Bu jarayonlar o‘rtasidagi farqlarning ko‘pi mehnat bozoridagi maxsus tovar - ishchi kuchi tufaylidir. ishchi kuchining tovarliligi uzil-kesil emas. ishchi kuchi tovarga aylanishi uchun qator asoslarning yuzaga kelishi talab etiladi. iqtisodiyot tarixi guvohlik berishicha, mehnat sohasidagi tovar munosabatlari narsalar olamidagi tovar va pul munosabatlaridan ancha keyin shakllangan. Bu ishchi kuchi bozorida, uning egasi uni bozorga olib chiqqan va o‘zi sotgan taqdirdagina, ish kuchi bozorda tovar sifatida qatnashish bilan bog‘likdir. Ya’ni, o‘z ishchi kuchini sotayotgan inson erkin fuqaro bo‘lishi kerak.ishchi kuchining egasi uni tovar sifatida sota olishi uchun u bu ish kuchini erkin tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi, ya’ni o‘z mehnat layoqati, o‘z shahsining erkin egasi bo‘lishi kerak. Faqat mana shundagina ishchi kuchi sotuvchisi va uni sotib oluvchi bozorda yuridik teng shaxs sifatida ishtirok etadi. Munosabatni saqlash uchun ishchi kuchining egasi uni doimo ma’lum muddatga sotishi kerak bo‘ladi, chunki u ishchi kuchini umuman abadiyga sotadigan bo‘lsa, uning erkin inson tarzidagi maqomi ham xavf ostida qoladi. ishchi kuchining tovarligini, demak, mehnat bozorini ham shakllantirishning ikkinchi muhim zamini ishchi kuchining egasi erkin tovar ishlab chiqaruvchi bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi kerak. Agar kishi bozorda o‘zi mustaqil ishlab chiqargan va unda o‘zining mehnati mod-diylashgan tovarlarni sota olmasa, demak, u yashash uchun mablag‘ topish maqsadida o‘z ishchi kuchini sotishi kerak bo‘ladi. Tovar-pul munosabatlari shakllanishi va rivojlanishining ilk bosqichlarida erkin fuqarolarning ko‘pchiligi bozorga o‘z mehnati mahsulotlari bilan chiqqan. O‘zini o‘zi ish bilan band qilish, o‘zi va oila a’zolari uchun ish joylarini tashkil qilish, chetdan xodimlarni yollash imkonining va ehtiyojining yo‘qligi-bularning barchasi mayda hunarmandchilik, dehkonchilik, ya’ni turli kasb va ixtisosdagi ko‘plab xodimlar kuchini birlashtirishni talab etmaydigan faoliyat turlari xususiyatidir.Mehnat bozorining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, mazkur bozorda tovar buyumli shaklda bo‘lmaydi. Mehnatning tovarlar va ishlab chiqarish resurslarining yalpisidan prinsipial farqi shundaki, u inson hayotiy faoliyatining eng muhim sohasi, inson shaxsining o‘zini namoyon etishi shaklidir. Mehnat bozorining shakllanishi uchun quyidagi iqtisodiy munosabatlar shakllangan bo‘lishi kerak:
1) ishlab chiqarish vositalariga egalik qiluvchi va ishlab chiqarish jarayonini boshlashlari mumkin bo‘lgan kishilar mavjud bo‘lishlari kerak;
2) o‘zining ishchi kuchidan boshqa xech qanday ishlab chiqarish vositalariga ega bo‘lmagan erkin kishilar xam mavjud bo‘lishlari kerak. O‘zbekiston bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida iqtisodiyot tarmoqlari tuzilmasini o‘zgartirmoqda. Bu qadamlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga hamda mamlakatning eksport salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan. Bu esa davlat iqtisodiy jihatdan o‘sishi va barqaror bo‘lishining kafolatidir. SHu munosabat bilan davlatimiz oldida yuzaga kelayotgan talaygina vazifalarni hal qilishga to‘g‘ri kelmoqda. Ustuvor vazifalardan biri ishchi kuchini qayta shakllantirish va uni boshqarish muammosini hal qilishdan iboratdir. Ushbu muammo iqtisodiyotimiz uchun muhim ahamiyatga ega, chunki undan nafaqat har bir inson, balki butun mamlakat ham manfaatdor. O‘zbekiston prezidenti I.A.Karimov O‘zbekiston respublikasi vazirlar Mahkamasining 2003 yil 17 fevraldagi majlisida ishchi kuchini qayta shakllantirishning ahvoliga aniq baho bergan edi. Xususan, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning eng konservativ sohasi bo‘lib qolayotganligi, kadrlarning umumiy malakasini oshirish umumiy taraqqiyotimiz hamda aholi turmush darajasini oshirishning eng muhim sharti ekanligi ta’kidlandi. Ana shularning barchasini hisobga olib, mazkur muammoning echimini topish zarur. Ushbu yo‘nalishda iqtisodiy samarani ta’minlash uchun O‘zbekistonda ishchi kuchini qayta shakllantirish jarayoni va uni boshqarish usullarini tahlil qilish zarur.O‘zbekistonda ish bilan bandlik muammolarining keskinligi mehnatga layoqatli yoshdagi aholining ko‘payish sur’atlari yuqori bo‘lib, ularni ish bilan ta’minlash masalasi nafaqat yangi ish o‘rinlarini yaratish, balki bu yoshlarni sanoat sohasidagi mehnat ko‘nikmalar va malakaga ega bo‘lishlari masalasini ilgari suradi. respublikamiz mehnat resurslarining aksariyati qishloq joylarida istiqomat qiladi. Qishloq mehnat resurslari doimiy o‘sib kelmoqda, holbuki, shaharda bu ko‘rsatkich bu darajada o‘zgarayotgani yo‘q. Qishloq joylardagi ish bilan bandlik muammolari shaharlardagidan ko‘ra ancha keskin ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, ish bilan band bo‘lmagan ishchi kuchini bo‘shatib olish va uni amaliy layoqatlar hamda vositalar yordamida iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga qayta taqsimlash bilan, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ortiqcha bandlikni oldini olish mumkin. O‘zbekiston iqtisodiyotini isloh qilish jarayoni - mehnat bozorini shakllanishidagi muammolar ham borligini ko‘rsatdi. Hozirgi kunda o‘ziga xos muammolardan biri aholining mehnatda juda faolligi bilan barobar, hududlar va tarmoqlar bo‘yicha etarli darajada xarakatchan emasligidir. Bu borada kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bozor iqtisodiyoti sharoitlariga moslashtirilishi dolzarb masala bo‘lib turibti.Mehnat bozorini shakllantirish yo‘llarini tanlaganda ish bilan bandlikning rivojlanishiga xos bo‘lgan va bozor iqtisodiyoti sharoitida saqlanib qolayotgan ichki vaziyat va aholiga xos bo‘lga udumlarni o‘rganish va taxlil qilishga asoslanish kerak.
Xulosa.
Xulosa qilib aytsak mehnat bozorida ish kuchiga muvozanatli narx shakllanadi. Bu narx ish haqi yoki ish haqi stavkasi deb ataladi. Mehnat birligining bozor narxi ish haqi miqdori (stavkasi) boʻlib, lavozim okladi tarzida yoki shartnomaga muvofiq belgilab qoʻyiladi, lekin mamlakatda qonun bilan belgilangan eng kam ish haqi darajasidan oz boʻlishi mumkin emas. Shuningdek, ish haqi miqdori muayyan vaqt birligi (soat, kun, hafta, oy) ichida bajariladigan va muayyan kasb-malaka xususiyatlariga ega boʻlgan mehnatga toʻlanadigan haq darajasini belgilaydi. Ish haqining asosiy vazifasi ishlab chiqarishning bevosita qatnashchisi boʻlgan xodim hamda uning oila aʼzolarining hayot va mehnat faoliyati sharoitlarini taʼminlashidan iborat. Qiymatning mehnat nazariyasi ish kuchini alohida, oʻziga xos tovar deb hisoblaydi. Shu sababli, bu nazariya ish haqini tovar boʻlgan ish kuchi qiymatining oʻzgargan shakli, yaʼni uning puldagi ifodasi deb hisoblaydi va uni ish kuchini takror ishlab chiqarishi uchun zarur boʻlgan tirikchilik vositalari qiymati tarzida taʼriflaydi. Ish haqiga ish kuchi qiymatining puldagi ifodasi sifatida qarash aniq mehnat bozorida ish haqi darajasiga talab va taklif omillarining taʼsirini hisobga olmaydi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar mehnat bozorida real ish haqining oʻrtacha darajasi yashash uchun zarur tirikchilik vositalari minimumiga qaraganda ancha yuqori darajada turadi. Iqtisodiyot nuqtai nazaridan, mehnat munosabatlari sharoitida ijtimoiy, psixologik va ma’naviy omillarning muhim ahamiyatini hisobga olgan holda ish haqining mohiyati va shakllarini bilishi zarur bo'ladi. Ish haqining asosiy vazifasi ishchi-xizmatchilarning hayot va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me'yori bilan iste'mol me'yori o'rtasidagi bog'liqlikni ta'minlashdan iboratdir. Ish haqini o’sishi ish kuchiga bo’lgan talabni kamaytiradi. Ish kuchiga bo’lgan talab iqtisodiy rivojlanishning siklik bosqichlariga, fan va texnika taraqqiyotida foydalanish darajasiga va iqtisodiy mintaqalarda mehnat bozorlarini xususiyatlariga bog’liq.Ish kuchini mehnat bozorida taklif qilishga quyidagi omillar ta’sir etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |