Bog'liq Mehnat Bozori (Автосохраненный)Mustaqilish
Mehnat bozorinig shakllanishi Mehnat bozori, bozor tizimining ajralmas qismi sifatida faqat tovar ishlab chiqarish va muomalasi umumiy hukmron boʻlgandagina vujudga keladi. Ishchi kuchi «mehnatga qobiliyati»ning tovarga aylanishi mehnat bozori shakllanishining bosh sharti hisoblanadi. Akademik I.A. Karimov ta’kidlaganidek, «mehnat bozori boʻlmasa, ishchi kuchi tovarga ayantirilmasa, bozor munosabatlari toʻg‘risidagi gap-soʻzlar og‘izda qolib ketadi». Ishchi kuchi tovarga shunday holda aylanadiki, agap uning egasi – xodim – ishlab chiqarish vositalari va turmush kechirish vositalaridan yuridik erkin shaxs boʻlsa.
Mehnatning erkinligi va ixtiyoriyligi – umuman, respublika bo‘yicha mehnat bozori shakllanishining asosiy sharoiti yoxud shartidir.
Ishchi kuchi talab va taklifi oʻrtasida bozor muvozanatiga erishish mehnat bozorining shakllanishida hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan biri hisoblanadi. Ammo bunday muvozanat mavjud emas. Buning asosiy sababi – taklif qilingan mehnatga layoqatli aholi sonining oʻnta talab miqdoriga nisbatan tez oʻsishi.
Mehnat bozori konyunkturasi shakllanishining ijtimoiy shartsharoitlari orasida yollanma xodimlar va ish beruvchilar sifat koʻrsatkichlarining oshishi yetakchi oʻrin egallaydi.
Ish beruvchi va yollanma xodim oʻrtasida tuzilgan Mehnat shartnomasi (kontrakt) mehnat bozorida ishchi kuchini sotish-sotib olishning hal qiluvchi huquqiy shart-sharoiti hisoblanadi.
Yuqorida qayd etilgan shart-sharoitlar mehnat bozori faoliyat koʻrsatishining quyidagi asosiy tamoyillarini to‘liq amalga tatbiq etgan holda mazkur bozor shakllanishiga samarali ta’sir koʻrsatadi:
– ishchi kuchining erkin taklifi. Bu mehnatga layoqatli qishloq aholisining ish bilan band bo‘lish va bo‘lmaslikni ixtiyoriy tanlashini, mehnat qonunlari tomonidan ta’kidlanmaydigan va har bir xodimning shaxsiy va jamoa manfaatlarini hisobga oluvchi kasb va faoliyat turini erkin tanlash uchun sharoitlar mavjudligini anglatadi;
– ish beruvchilarning ishchi kuchiga mustaqil talabi. Bozor iqtisodiyoti xodimlarni barcha ish beruvchilar tomonidan O‘zbekistan Respublikasining Konstitutsiyasi va «Mehnat kodeksi» qoidalariga albatta, amal qilgan holda ishga erkin yo‘llashlari va ishdan boʻshatishlari hamda bandlik, mehnat sharoitlari va unga haq toʻlashni kafolatlash bilan fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishlari uchun imkoniyatlar yaratadi;
– yollanma xodimlarning ish beruvchilardan huquqiy va ijtimoiy himoya qilinganligi;
– ish haqi va boshqa qonuniy daromadlar chegarasini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan «kun kechirish uchun zarur miqdordan kam boʻlmaslik»ka rioya qilgan holda erkin belgilash.
Ishchi kuchiga talabning o‘sishi yoki kamayishi (dinamikasi) quyidagi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining oʻzgarishi bilan aniqlanadi: mavjud boʻlgan va yangidan yaratiladigan ishchi joylari; investitsiya salohiyati va uning takror ishlab chiqarish tuzilishi; iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar; mulkchilik shakllarining turlitumanligi; korxonalar va tashkilotlarning toʻlovga qodir emasligi (bankrotligi) va h.k.lar
Shunday qilib, yuqorida qayd etilgan mehnat bozorining asosiy tarkibiy qismlarni mukammal tadqiq qilish uning shakllanish jarayonini batafsil ifodalabgina qolmasdan, balki bu sohada yechilishi lozim bo‘lgan asosiy muammolarning aniqlanishiga ham imkon beradi: ishchi kuchiga talabni oshirish va uning taklifini kamaytirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidan ortiqcha xodimlar ozod bo‘lishini tezlatish; ish bilan band bo‘lmagan, mehnatga layoqatli aholining raqobatbardoshligi va malakasini oshirish, turg‘unligini kamaytirish va uning ijtimoiy himoyalanganligini ta’minlash. Bu muammolarni mehnatni qo‘llashning noqishloq xoʻjaligi bo‘lgan tarmoqlarini rivojlantirish, oʻquv muassasalari va bandlik xizmatlarining faoliyatini yaxshilash va mehnat bozorida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni samarali tartibga solish yoʻli bilan muvaffaqiyatli hal qilish mumkin.