16.Mehnat iqtisodiyoti. fanining predmeti va mazmuni.
Меҳнат — инсоннинг муайян эхтиёжларини қондира оладиган ва ўзига керак бўладиган моддий ёки маънавий неъматлар (буюм, товар, хизмат, фан, маданият, санъат асарлари ва хоказолар)ни ишлаб чиқариш бўйича онгли, мақсадли ва легитим (тақиқланмаган) фаолиятидир
«Меҳнат» тушунчаси-Иш, машғулот, Нимагадир эришишга қаратилган куч-харакат, Фаолият, иш натижаси, Ишлаб чиқариш қуроллари ёрдамида одамларнинг хаёти учун зарур бўлган моддий ва маънавий бойликларни яратишга қаратилган инсоннинг мақсадга мувофиқ фаолияти.
«Меҳнат иқтисодиёт» фан сифатида меҳнат муносабатлари соҳасидаги қонуниятларни, шу жумладан, меҳнат моҳияти намоён бўлишининг ўзига хос шаклларини, яъни, иш билан бандлик, меҳнатни ташкил этиш, унга ҳақ тўлаш, унинг самарадорлиги, меҳнат социологияси билан боғлиқ бир қатор муаммоларни ўрганади.
Mehnat iqtisodiyoti iqtisodiyot tarixi, taraqqiyot iqtisodiyoti, ta’lim iqtisodiyoti, atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti, moliya iqtisodiyoti, sog‘liqni saqlash iqtisodiyoti, xalqaro savdo, ekonom etrika, makro va mikroiqtisodiyot yo‘nalishlarida olib borilgan tadqiqotlarning rivojlanishi bilan vujudga kelgan. AQSh oliygohi – Garvard universitetida iqtisodiyot fakulteti tashkil etilgan bo‘lib, uning talabalari iqtisodiyot nazariyasi, ekonometrika, moliya, makroiqtisodiyot, xalqaro savdo munosabatlari, monetar va fiskal iqtisodiyot va boshqa iqtisodiyot fanlarini o ‘rganishadi. Mehnat iqtisodiyoti fanining shakllanishida XX asrning boshida «ilmiy boshqaruv» yoki «mehnatni ilmiy tashkil etish» maktabining paydo bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etgan. Maktabning mehnat iqtisodiyotiga doir asosiy qoidalari amerikalik muhandis F. Teylorning «Fabrikani boshqarish» va «Ilmiy menejment tamoyillari» asarlarida bayon etilgan. U birinchi b o ‘lib xodimlami mehnat faoliyatiga ilmiy tanlash asosida jalb etish, ular salohiyatidan imkon qadar to‘liq foydalanish, ish joyini takomillashtirish, mehnatni rag‘batlantirish tizimini rivojlantirish tamoyillarini ilgari surgan.
Fransiyalik nazariyotchi A. Fayolesa boshqaruvning m a’muriy (klassik) maktabi asoschisi hisoblanadi. U birinchi bo‘lib boshqaruv faoliyati ilmiy tadqiqotning mustaqil obyekti ekanligi to ‘g ‘risidagi g‘oyani ilgari surgan.
Yuqoridagilardan xulosa chiqargan holda, «Mehnat iqtisodiyot» fanining predmeti - insonning mehnat jarayonidagi maqsadga muvofiq innovatsion faoliyati, degan xulosa chiqarishimiz mumkin. Shu bilan birga, xorijlik tadqiqotchilar R.Erenberg va R. Smitning «Mehnat iqtisodiyoti» - bu mehnat sohasida mehnat bozorining amal etishi», degan ta ’rifi ham ahamiyatga molikdir.
Mehnat iqtisodiyoti fanining obyekti - mehnat, y a’ni insonning moddiy ne’matlar yaratish va xizmatlar ko‘rsatishga y o ‘naltirilgan maqsadga muvofiq innovatsion faoliyatidir. Amaliyotda mehnat muammolari chuqur ixtisoslashgan. Mehnatda yuqori natijalarga erishish uchun faqat iqtisodiy mezonlardangina emas, balki «raqamli iqtisodiyot» kabi ijtimoiy omillardan keng foydalanish zarur. Innovatsion mehnat sharoitlari, mehnatni tashkil etish, moddiy rag‘batlantirish kabi kategoriyalar faqat iqtisodiy xususiyatlarga emas, ayni paytda ijtimoiy xususiyatlarga ham egadir.
Mehnat iqtisodiyotini o ‘rganishning davlatlar tajribasini Germaniya tajribasi yaqqol ifodalaydi. Bu yerda «Mehnat iqtisodiyoti» fani uch tarkibiy qismga ajratib o‘rganiladi:
«Arbeiswissenshaft» - mehnat to ‘g ‘risidagi fan;
«Personalwirtschaft» - personal iqtisodiyoti;
«Personalmanagement» - personalni boshqarish
Do'stlaringiz bilan baham: |