Mehnat bozori statistikasi


 Mehnat resurslari va talab va taklif



Download 261,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana01.04.2022
Hajmi261,12 Kb.
#522927
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mehnat bozori statistikasi

2. Mehnat resurslari va talab va taklif
Mehnat resurslari mamlakatdagi mehnatga layoqatli ya‟ni mehnat 
qilish qobiliyatiga ega bo„lgan kishilarni tashkil etadi. O„zbekiston 
Respublikasining Mehnat Kodeksiga (1995 yil 21 dekabr) asosan 
mehnat qilish yoshidagilar 16 yoshdan, erkaklar – 60 yoshgacha, 
ayollar esa 55 yoshgacha belgilangan. Albatta bu yoshdagi kishilarning 
barchasini mehnat resursi tarkibiga kiritib bo„lmaydi, chunki bu 
yoshdagi I-II guruh nogironlari mehnat qilish qobiliyatiga ega emas. 
Shu bilan birgalikda 16 yoshga to„lmagan yoshlar va nafaqaga chiqqan 
kishilar ham mehnat qilayotgan bo„lishi mumkin. Shunday qilib, 
mehnat resurslari (MR) mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli kishilar, 
hamda ishlayotgan yoshlar (IYO) va nafaqachilar (IN)dan iboratdir. 
Mehnat resurslari sonini quyidagicha hisoblash mumkin: 
MR = MYO – N + IYO + IN. 
Bu yerda: MYO – mehnat qilish yoshidagi aholi; 
N – I-II guruh nogironlari. 
O„zbekiston mehnat resurslari bilan yuqori darajada ta‟minlangan 
mamlakat hisoblanadi. Respublikada yoshlar ko„p bo„lganligi sababli, 
ular mehnat yoshiga yetgan sari mehnat resurslari soni yildan – yilga
oshib bormoqda.
Mehnat resurslarini quyidagi belgilari bo„yicha guruhlab o„rganish 
mumkin: 

mulkchilik shakli bo„yicha; 

xalq xo„jaligi tarmoqlari bo„yicha; 

ijtimoiy guruhlar bo„yicha; 

yoshi va jinsi bo„yicha; 

ma‟lumoti bo„yicha; 

millati bo„yicha va hokazo. 
Hududlar bo„yicha mehnat resurslari o„rganilib, bu hududlarda 
aholining bandlik darajasi, ishsizlik va shu kabi ko„rsatkichlar asosida 
ishlab chiqarishni joylashtirish, hamda qaysi tarmoqlarni ustuvor 
rivojlantirish masalalari hal qilinadi. 


Mehnat resurslari mulkchilik shakli belgisi bo„yicha asosan 2-ta 
katta guruhga: davlat va nodavlat sektorida band bo„lganlarga 
bo„linadi. Lekin nodavlat sektori o„z navbatida: hissadorlik jamiyatlari, 
ijara korxonalari, xususiy korxonalar va dehqon xo„jaliklariga 
guruhlanib o„rganiladi. Bunday guruhlash natijasida aholining asosiy 
qismi qanday mulkchilik tasarrufida ishlayotgani va uning tarkibi 
qanday o„zgarayotganligi aniqlanadi va tahlil qilinadi. Ma‟lumotlarga 
qaraganda hozir mehnat resurslarining 82,5% dan ko„prog„i (2016-yil) 
nodavlat sektor xo„jaliklarida band va bu hissa yildan-yilga oshib 
bormoqda. 
Mehnat resurslari quyidagi vaqtlarda ko„payishi mumkin: 

16 yoshga to„lgan yoshlar hisobiga; 

Ishga jalb qilingan nafaqachilar hisobiga (shu jumladan imtiyozli 
nafaqaga chiqqanlar ham); 

Shu hududga boshqa yerlardan kelib, ishga qabul qilinganlar 
hisobiga. 
Bu ko„rsatkichlarning har birining koeffitsientlarini aniqlab, 
ularning mehnat resurslarining ko„payishiga ta‟sirini o„rganish 
mumkin. 16 yoshni to„ldirgan yoshlar hisobiga mehnat resurslarining 
ko„payish koeffitsienti (YOQ
16
) 16 yoshni to„ldirgan yoshlar sonini 
mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi soniga bo„lib topiladi. 
MLA
Yo
k
Yo
1000
16
16


Bu yerda 
MLA
= mehnatga layoqatli aholi soni. 
Bu ko„rsatkich har yili 16 yoshga to„lgan yoshlar hisobiga 
iqtisodiy 
faol 
aholi 
soni 
qanchalik 
ko„payishini bildiradi. 
Respublikamizda yoshlar ko„p, demak bu ko„rsatkich Respublikamizda 
MDH davlatlriga nisbatan ancha yuqori bo„ladi. 
Ishga jalb qilingan nafaqachilar koeffitsienti (NK) ishga qabul 
qilingan nafaqachilar sonini (IN) mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli 
aholi soniga bo„lib topiladi. 
;
1000
MLA
IN
NK


Bu ko„rsatkich nafaqaga chiqqan, lekin tajribali, yuqori malakali 
xodimlardan unumli foydalanish bilan birga, ularning moddiy va 
manaviy ehtiyojlarini yaxshilash borasidagi ishlarni bildiradi. 


Hududga ko„chib kelgan va ishga qabul qilinganlar koeffitsienti 
(HKIQ) hududga ko„chib kelib, ishga qabul qilinganlar sonini (HKIQ) 
mehnat yoshdagi mehnatga layoqatli (MLA) aholi soniga bo„lib 
topiladi 
;
1000
MLA
HKIQ
HKIQ


Bu ko„rsatkich hududda mehnat resurslari migratsiya natijasida 
mehnat resurslari qanchalik ko„payganligini bildiradi. 
Mehnat resurslari turli sabablarga asosan kamayishi mumkin, 
ularning asosiylari quyidagilar: 

Mehnat qilish yoshidan o„tib, nafaqaga chiqadiganlar; 

Ushbu yilda mehnat yoshida vafot etganlar; 

Shu hududdan boshqa yerlarga ko„chib ketganlar va shu 
kabilar. 
Bu ko„rsatkichlarning mutloq miqdorlarini va koeffitsientlarini ham 
aniqlash mutkin. Ko„rsatkichlarning mutloq miqdorlarini aniqlash 
tushinarli statistikda qayd qilinadi. Ularning koeffitsientlari ularning 
mutloq miqdorlarini mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi 
(MLA) soniga bo„lib (promillda) topiladi. 
Mehnat resurslaridan foydalanish bo„yicha mehnat resurslari balansi 
tuziladi. Unda bir tomondan mehnat resurslari soni ko„rsatilsa ikkinchi 
tomondan ularning foydalanishi xalq xo„jaligi tarmoqlari bo„yicha 
bandlar o„quvchi-talabalar va ishsizlar ko„rsatiladi. 

Download 261,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish