- MEHNAT BOZORI STATISTIKASI
- Aholining ish bilan bandligi statistikasi
- Mehnat bozori tushunchasi va statistikasining vazifalari
- Mehnat resurslari statistikasi
- Mehnat bozorini statistik ko’rsatkichlari tizimi
Mehnat bozori deganda bir tomondan ish beruvchilar, ikkinchi tomondan ishga talabgorlarning (yollanuvchilarning) o’zaro munosabati amalga oshuvchi bozor iqtisodiyotining maxsus bo’lagi tushuniladi va u quyidagi komponentlardan tashkil topadi: mehnatga talab; mehnat taklifi; ishchi kuchi bahosi; ishchi kuchi qiymati; raqobat. - Mehnat bozori deganda bir tomondan ish beruvchilar, ikkinchi tomondan ishga talabgorlarning (yollanuvchilarning) o’zaro munosabati amalga oshuvchi bozor iqtisodiyotining maxsus bo’lagi tushuniladi va u quyidagi komponentlardan tashkil topadi: mehnatga talab; mehnat taklifi; ishchi kuchi bahosi; ishchi kuchi qiymati; raqobat.
- Mehnat bozori statistikasi oldida mehnat resurslari, iqtisodiy faol va nofaol aholi, aholini bandligi, ishsizlik terminlarini izohlash asosida statistik ko’rsatkichlarni aniqlash metodologiyasini takomillashtirish, hisoblash va tahlil qilish, korxona va tashkilotlarda xodimlar sonini, tarkibini, unumdorligini o’rganish vazifalari turadi. Buni ustiga, mehnat bozorini holati bilan aholini tanishtirish va boshqaruv organlarini ma’lumotlar bilan ta’minlash, statistik organlarining ham o’ta muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
-
- MEHNAT RESURSLARI STATISTIKASI
- Mеhnаt rеsurslаri stаtistikаsi – bu jаmiyatdаgi mеhnаtgа lаyoqаtli, bilim vа mаlаkаgа, ishlаb chiqаrish yoki хizmаt ko'rsаtish qоbiliyatigа egа bo'lgаnlаr kishilаrdir.
- Mehnat resurslari-aholining mehnat qilishga layoqatli qismi.
- Mehnat resurslari mamlakatdagi mehnatga layoqatli ya’ni mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilarni tashkil etadi.
- “Mеhnаt kоdеksi”gа vа O'zbеkistоn rеspublikаsi vаzirlаr mаhkаmаsining 2002 yil 31 yanvаrdаgi № 42 sоnli “Аhоlini ish bilаn tа'minlаngаnligini hisоbgа tizimini tаkоmillаshtirish to'g'risidа”gi qаrоrigа binоаn mеhnаt rеsurslаrining quyi chеgаrаsi 16 yosh, yuqоri chеgаrаsi esа erkаklаr uchun 60, аyollаr uchun 55 yosh dеb qаbul qilingаn.
- MR = MYo – NI +PO'
- bu yerdа:
- MYo – mеhnаtgа lаyoqаtli;
- NI – nоgirоnlаr;
- PO' – ishlаb chiqаrish yoki хizmаt ko'rsаtish sоhаlаridа bаnd bo'lgаn pеnsiоnеrlаr vа 16 yoshdаn kichik bo'lgаn o'smirlаr.
- Mehnat resurslari ish bilan band va band bo’lmagan aholi (ishsizlar) hamda iqtisodiy faol aholi va iqtisodiy faol bo’lmagan aholiga bo’linadi.
- Iqtisodiy faol aholi – mehnat faoliyatining daromad keltiruvchi har qanday turi bilan shug’ullanuvchi shaxslar, shuningdek ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan ta’minlanmagan aholi. Iqtisodiy faol aholi shuningdek Qurolli kuchlarda xizmatni o’tayotgan shaxslarni ham qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |