Mehmonxonalarda kasbiy etika” fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua Ma`ruza mashg`ulotlari 1-mavzu. «Mehmonxonalarda kasbiy etika»


-mavzu. Vizit kortochkalar, sovg‘alar va ularni taqdim etish (2 soat)



Download 4,56 Mb.
bet11/72
Sana15.04.2022
Hajmi4,56 Mb.
#553389
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   72
Bog'liq
Mehmonxonalarda kasbiy etiket maruza matn yangi 2018-2019

11-mavzu. Vizit kortochkalar, sovg‘alar va ularni taqdim etish (2 soat)


Reja:

  1. Vizit kartochkalarning turlari.

  2. Xizmat vizit kartochkalari, ularning mo‘ljallanishi va ulardagi yozuvlar.

  3. Vizit kartochkalarni topshirishga, olishga qo‘yiladigan etik talablar.

  4. Sovg‘alarni tanlash, topshirish qoidalari.

Tayanch iboralar:
yuzi, «yashash davri», etik va dizayn talablari, bosmaxona xatosi, lavozim, telefonii, uy manzilining o‘zgarishi, klyasser, birinchi uchrashuv va tanishuv, xalqaro forum, foydalanish, vizit kartochkasi, vizit kartochka makoni, qo‘shimcha atribut shaxsan topshirish, «birinchi navbatlilik» tamoyili, chet ellik tanish, vizit kartochkalarini berish, kotib (kotiba), vizit kartochkalarini olish, sovg‘a, dafn, gul, tavsiyanoma, norasmiy qabul, kartochka, manzil, konvert, ayol va erkak kishilarni tanishtirish, chet tili, ikki tomonlama
1.Vizit kartochkalarning turlari
Vizit kartochkalari deganda ularning soxiblari va firma to‘g‘risida kerakli ma’lumotlar yozilgan va birinchi uchrashuvdayoq almashinadigan jismoniy yoki yuridik shaxslarning kartochkalari tushuniladi.
Shu vaqtgacha ham vizit kartochkalarining paydo bo‘lgan mamlakatni tasdiqlovchi ma’lumotlar etarli darajada emas. Shu sababli ham ba’zi bir mamlakatlar vizit kartochkalarni birinchi bo‘lib kashf etganligi to‘g‘risida davogarlik qilishmoqdalar.Masalan, fransuzlar vizit kartochkalari ilk bor XVII asrda Fransiyada kashf etilgan deyishsalar, xitoyliklar esa birinchi marta vizit kartochkalari, porox ixtiro qilingandan keyin, Xitoyda o‘ylab topilgan deyishadi. Shuni ta’kidlash kerakki,
fransuzlarning ham, xitoyliklarning ham birinchi bo‘lib yozma vizit kartochkalarini ixtiro qilganligi to‘g‘risidagi fikrlarini tasdiqlovchi bironta ham yozma hujjat yo‘q. Lekin hozirgi zamon adabiyotlarida yozma vizit kartochkalarining makoni Germaniya degan fikrlar mavjud, chunki ilk bor uning hududida 1786 yilga taalluqli yozma vizit kartochkalari topilgan.
Yana bir narsa esdan chiqmasligi kerakki, vizit kartochkasini birinchi bo‘lib kim kashf etganligidan qat’iy nazar, u avvallari kapitalistlar, mansabdor kishilar va savdogarlarning mansablarini tasdiqlovchi qo‘shimcha atribut sifatida foydalanilgan va ularni tayyorlash san’atning maxsus bir yo‘nalishiga aylangan bo‘lsa, XIX asrdan boshlab esa visit kartochkalari nafaqat o‘ta boy kishilarning va davlat vakillarining, balki barcha odamlarning asosiy atributlaridan biriga aylandi.
Vizit kartochkalari bugungi kunda xizmat etiketining, shu jumladan biznes etiketning ajralmas qismi hisoblanib, mansabdor kishilar va biznesmen faoliyatining asosiy atributlaridan biriga aylandi, chunki tadbirkorlarning paydo bo‘lishi va ular faoliyatining keskin rivojlanib ketishi bilan ular bir-birlari bilan o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlar almashish zaruriyati yuzaga keldi. Kompyuter va kseroks apparatlarining paydo bo‘lishi esa vizit kartochkalarni tez tayyorlash uchun keng
imkoniyat yaratdi. Shuning uchun ham vizit kartochkalari tashkilot va firmalarning bir-birlari xodimlari va mijozlar bilan kontakt o‘rnatishda keng qo‘llaniladi. Shu sababli ham visit kartochkalaridan, bir tomondan har xil darajali mansabdor shaxslar, sotuvchilar, barmenlar, maslahatchilar va boshqa xizmat turlarini ko‘rsatadigan va iste’mol qiladigan yuridik va jismoniy shaxslar ham foydalanishsa, ikkinchi tomondan faqat o‘zining qo‘lostida ishlaydigan kishilar bilan muloqotga tushadigan kichik rahbarlar foydalanishadi.
Albatta, vizit kartochkasining asosiy maqsadi rasmiy va boshqa kishilarni bir- birlari bilan tanishtirishdan iborat.
Shuning uchun ham vizit kartochkasi odamlarning bir-birlari bilan tanishishga bo‘lgan istagini qondiradi.
Vizit kartochkalarida ularning sohibi to‘g‘risida zaruriy ma’lumotlar yozilganligi sababli biznesmenlarga bo‘lajak hamkorlari to‘g‘risida kerakli ma’lumotlar beradi, demak, visit kartochkalari ma’lumotlar almashuv manbasi sifatida xizmat qiladi. Agar Rossiya, SHimoliy Amerika va Evropa mamlakatlarida
tanishishda vizit kartochkalari bilan almashish o‘zi to‘g‘risida hamkorlariga shundaydir bir ma’lumot berish yoki olish jarayoni hisoblansa, boshqa mamlakatlarda, ayniqsa Yaponiyada, arab mamlakatlarida va boshqa musulmon davlatlarida millatning diniy qarashlarini, urf-odatlarini va ichki madaniyatini o‘zida
aks ettiruvchi jarayon sifatida qaraladi. Masalan, yaponlar biznes-etiketiga ko‘ra vizit kartochkalari o‘z sohibining vakili, ya’ni sohibining aksi sifatida qaraladi. Shuning uchun ham yaponlar etiketiga ko‘ra vizit kartochkalarini o‘zi uchun sharaf deb
hisoblab, hurmat bilan qabul qilish kerak. Shu boisdan ham visit kartochkalari yaponlar tomonidan ikki qo‘llab va boshini egib uzatiladi. Arab mamlakatlarida va boshqa musulmon davlatlarida vizit kartochkalar tanishuvda faqat o‘ng qo‘l bilan ushlab uzatiladi, chunki chap qo‘l makruh hisoblanadi.
Bugungi kunda etiket va estetik talablariga ko‘ra did bilan tayyorlangan vizit kartochkalar biznesmenlarning, xuddi kiyimlari, avtomobillari va xushmuomalaligidek, imijini yanada mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
Vizit kartochkalari ular sohiblarining, shu jumladan biznesmenlarning, vakili deb hisoblanishi va ularning xuddi tashrif buyuruvchi shaxsning o‘zini qabul qilinishidek qabul qilinishi, katta mablag‘ sarf qilmasdan ulardan boshqa maqsadlarda ham foydalanish imkonini beradi, masalan, sirtdan o‘zi qiziqqan kishilar bilan tanishish, turli tantanalar bilan tabriklash, rasmiy va norasmiy tadbirlarga taklif qilish, xayrlashish va boshqa maqsadlarda.
Vizit kartochkalari quyidagi to‘rtta turga bo‘linadi:
- shaxsiy vizit kartochkalari;
- xizmat vizit kartochkalari;
- oilaviy vizit kartochkalari.
Aziz talabalar, sizlar shaxsiy vizit kartochkalari to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotlarga egasizlar. Vizit kartochkalarining boshqa turlari bo‘yicha eshitgan bo‘lsalaringiz ham ularning maqsadi va rekvizitlari haqida hali to‘liq ma’lumotlarga ega emassizlar. SHu
boisdan ham vizit kartochkalarining barcha turlari bo‘yicha batafsiliroq ma’lumotlar berish maqsadga muvofiq deb topildi.
Shaxsiy vizit kartochkalarida ular sohibining ismi, familiyasi, uning imijiga, jamiyatda tutgan o‘rni va yoshiga qarab, otasining ismi ham ko‘rsatiladi. Erkak biznesmenlarning vizit kartochkalarida uy va xizmat telefonlarini, uy manzilini ko‘rsatish mumkin. Barcha qo‘shimcha ma’lumotlar vizit kartochkasi o‘ng tomonining pastki burchagida kichik harflar bilan teriladi.
Telefon, uy manzilidan tashqari qo‘shimcha holda yana biznesmenning ilmiy unvoni va darajasi (misol uchun dotsent, texnika fanlari nomzodi), harbiy yoki faxriy unvoni (masalan, polkovnik) ko‘rsatilishi mumkin. Agar telefonlari va uy manzili
vizit kartochkasi o‘ng tomonining pastki burchagida kichik harflar bilan terilsa, unvon bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlar esa ismi-sharifining pastki tomonida kichik harflar bilan teriladi.
Ayol biznesmenlar o‘zlarining shaxsiy vizit kartochkalarida uy telefoni va manzili to‘g‘risida hech qanday qo‘shimcha ma’lumotlar bermasligi kerak. Yana shuni ta’kidlash kerakki, shaxsiy vizit kartochkalarida kartochka sohibining lavozimi
yozilmaydi.
Ba’zi chet mamlakatlarda shaxsiy vizit kartochkalarida uy manzilining o‘rniga u a’zo bo‘lgan klub manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Bunday holda klub manzili vizit kartochkasi chap tomonining pastki burchagida, agar vizit kartochkada klub
manzilining o‘rniga uy manzili ko‘rsatiladigan bo‘lsa, u kartochkaning o‘ng tomonidagi pastki burchakda yoziladi. Bundan oldin ta’kidlanganidek, chet mamlakatlarga borganda shaxsiy vizit kartochka ikki tilda yozilgan bo‘lishi kerak: vizit kartochkasi sohibi yashaydigan mamlakatning davlat tilida yoki borgan davlatning tilida yoki dunyoda keng tarqalgan chet tillaridan birida, masalan, ingliz tilida, yoziladi. Bunday hollarda vizit kartochka ikki tomonlama yoki bir tomonlama (faqat chet tilida) yoziladi. Xitoyda shaxsiy vizit kartochkalari umuman ikki tomonlama yozilgan bo‘ladi. SHuning uchun ham Xitoyga boradigan biznesmen vizit kartochkasining bir tomonida ma’lumotlarni Xitoy tilida perogliflar yordamida, ikkinchi tomonida esa ingliz tilida yozilgan bo‘lishi kerak.
Xizmat vizit kartochkalarida xodimning yoki rahbarning ismi, familiyasi, lavozimi, korxona (firma, kompaniya) nomi, uning manzili, telefonii, faks nomerlari ko‘rsatilishi kerak.
Bunday vizit kartochkalarini tayyorlashda korxona (firma,
kompaniya) stili va logotipidan foydalaniladi.
Firma rahbari bo‘lmagan xodimning vizit kartochkasining o‘rtasida firmaning nomi va adresi ko‘rsatiladi. Xodim vizit kartochkasi chap tomonining pastki burchagida, uning familiyasi, otasining ismi, o‘ng tomonining pastki burchagida esa firma telefoni va faks nomerlari ko‘rsatiladi.
Xodimlar lavozimini ko‘rsatishda nafaqat lavozimning nomi, vakolat sohasi ham ko‘rsatiladi. Masalan, marketing yoki transport bo‘limi boshlig‘i.
Firma (korxona, kompaniya) rahbari xizmat vizit kartochkasi xodimlar vizit kartochkasidan uning ismi-sharifini joylashtirish tartibi bilan farq qiladi. Masalan, rahbar familiyasi vizit kartochkasining o‘rtasida, lavozimi esa ismi- sharifining tagida kichik shriftlar bilan terilgan bo‘lishi kerak.
Firma nomi va manzili xizmat vizit kartochkasining chap tomonidagi pastki burchakda, telefon, telefaks nomerlari va email o‘ng tomonidagi pastki burchakda ko‘rsatiladi.
Uchrashuvlarda tanishgandan keyin xizmat kartochkalari bilan
almashiniladi.
Agar xizmat vizit kartochkasi chet tillardan birida yozilishi kerak bo‘lsa, xodim yoki rahbarning familiyasi va ismi to‘liq yoziladi, otasi ismining esa faqat bosh harfi ko‘rsatiladi yoki umuman ko‘rsatilmaydi, chunki aksariyat chet mamlakatlar
xalqlarida otasining ismi qabul qilinmagan. Shuning uchun to‘liq yozilgan otasining ismini vizit kartochka sohibining ikkinchi ismi deb tushunishlari mumkin.
Standart xizmat kartochkalarida uy telefoni va manzili ko‘rsatilmaydi. Zarurlik tug‘ilganda bu ma’lumotlarni qo‘l bilan kartochkada yozib berishga ruxsat beriladi.
Korporativ vizit kartochkasining korxona (firma, kompaniya) imijini shakllantirishdagi ahamiyati juda ham katta.
Agar shaxsiy kartochkalar o‘zlari sohiblarining reklama vositasi hisoblansa, korporativ vizit kartochkalar esa biznes korxonasini reklama qiluvchi reklama vositalaridan biri hisoblanadi.
Shuning uchun ham korporativ vizit kartochkasida ism, familiya ko‘rsatilmasdan faqat firma (korxona, kompaniya) ko‘rsatadigan xizmat turlari, kontakt uchun telefonlar, topib kelish xaritasi, web – varaq beti, manzili va firma simvolikasi ko‘rsatiladi.
Korporativ vizit kartochkalari prezentatsiyalarda, ko‘rgazmalarda, yarmarkalarda, firma nomidan sovg‘alar topshirishda, suvenirlar berishda foydalaniladi.
Oilaviy vizit kartochka shaxsiy kartochkaning bir turi bo‘lib, xizmat va korporativ kartochkalari bilan hech qanday bog‘liqlik joyi yo‘q. Oilaviy vizit kartochka nafaqat biznesmenlarda, jamiyatning boshqa a’zolarida ham bo‘lishi
mumkin.
Oilaviy vizit kartochkada er-xotinning ismlari (birinchi navbatda rafiqasining, keyin esa erining ismi), otalarining ismlari, familiyalari va uy telefoni va manzili ko‘rsatiladi.
Er-xotinning oilaviy vizit kartochkasidan tashqari shaxsiy vizit kartochkalari ham bo‘lishi mumkin. Agar shaxsiy vizit kartochkalaridan ularning har biri alohida foydalanilsa, oilaviy vizit kartochkalaridan esa birgalikda foydalanishadi.
Oilaviy vizit kartochkalari oila nomidan beriladigan to‘y va boshqa sovg‘alar bilan beriladi, oilaviy taklif xati sifatida hamda birgalikdagi normasmiy tashriflarda foydalaniladi.
Oilaviy vizit kartochkalari asosan ayol kishilarga beriladi – shaxsan topshiriladi yoki xat tashuvchi orqali yuboriladi.
Bundan oldin ta’kidlanganidek, shaxsiy vizit kartochkasidan uning sohibi nafaqat tanishuv uchun boshqa maqsadlarda ham foydalanadi. Uning uchun vizit kartochkalarining chap tomonining pastki yoki yuqori burchagida kartochkani yuborish maqsadiga qarab turli xil qisqartma yozuvlar qilinadi. Odatda, bu qisqartma
yozuvlar qalam bilan bajariladi. Ushbu qisqartirilgan belgilar xalqaro tajribada maxsus qabul qilingan bo‘lib, har xil vaziyatlarning fransuzcha nomining bosh harflaridan iborat bo‘ladi. Bunday qisqartmalar nafaqat biznesmenlar, balki
diplomatiya tajribasida ham keng qo‘llaniladi. Shu sababli ham ularni ushbu ma’ruza matnida ko‘rib chiqishni lozim deb topildi.
Ushbu qisqartmalarning mazmuni quyidagicha:
P.F.C. (pour feter) - bayram bilan tabiraklash. Ushbu belgi qo‘yilgan vizit kartochkasi yordamida yangi yil, rojdestvo (xristianlarda Iso tug‘ilgan kuni bayrami), milliy
bayramlar bilan tabriklash mumkin;
P.F.N.A. (pour feter le Nouvel An) - ushbu belgi yangi yil munosabati bilan tabriklashda vizit kartochkalariga qo‘yiladi. N.A. belgisi
yangi yil degan ma’noni beradi;
P.R. (pour remercier) - ushbu belgi tabriklagani, ta’ziya bildirganligi, sovg‘a berganligi va boshqa kichik ko‘rsatgan xizmatlari uchun minnatdorchilikni izohor etishini bildiradi;
P.R.F.N.A. (pour remercier et Pour feter le Nouvet An) - belgisi shu vaqtda qo‘yiladiki, agar hamkor birinchi bo‘lib yangi yil bilan tabriklagan bo‘lsa, unga javoban tabriklash va minnatdorchilik bildirishda;
P.R. va P.R.F.N.A. - belgilari qo‘yilgan javob kartochkalariga 24 soat ichida adresatga javob yuborilishi kerak;
P.F.C. (pour faire conna issance) - ushbu belgi tanishganidan
xursandchiligini bildirish uchun vizit kartochkaga qo‘yib yuboriladi;
P.C. (pour condle’ances) - ushbu belgi vizit kartochkaga ta’ziya bildirish uchun qo‘yib yuboriladi;
P.P.P. (pour prendre part) - ushbu belgi taziya bildirishni va
kerak bo‘lsa, yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildiradi;
P.P. (pour presenter) - ushbu belgi o‘zini tanishtirish uchun
yuborilayotgan vizit kartochkada qo‘yiladi;
sirtdan tanishishda ushbu belgi tanishadigan kishining vizit kartochkasida emas, kafil bo‘lgan tanish kishining yoki tanishtirish uchun rozilik bergan rasmiy shaxsning vizit
kartochkasiga qo‘yiladi va o‘zining vizit kartochkasini hech qanday belgi qo‘ymasdan qo‘shib yuboradi;
P.P.C. (pour prendre conge’) - ushbu belgi uzoq muddatga safarga,
ta’tilga yoki mamlakatdan umuman chiqib ketayotganda vizit kartochkasiga
qo‘yilib yuboriladi va xayrlashuvni bildiradi. Albatta, bunday belgi vizit
kartochkaga faqat sirtdan xayrlashuvda qo‘yiladi;
P.R. va P.P.C. belgilari qo‘yilib berilgan vizit
kartochkalariga javoban kartochkasi berilmaydi. Faqat P.P.C., P.C.
va P.F. belgilari qo‘yilgan kartochkalarga javoban P.R. belgisi qo‘yilgan o‘zining vizit kartochkasini yuborish kerak bo‘ladi. P.P.
belgisi qo‘yilgan vizit kartochkalariga javoban hech qanday belgi
qo‘yilmagan vizit kartochka yuborilishi kerak. Bu tanishish qabul
qilindi va kelajakda shaxsiy kontaktlarni o‘rnatish mumkin degan
ma’noni beradi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan so‘zlarning qisqartma belgilari sonidan ko‘rinib turibdiki, vizit kartochkalarini berish vaziyatlarining soni chegaralangan. Masalan, kinotetarlarga, yubileylarga va boshqa tadbirlarga taklif qilishga o‘xshagan qator
sabablar hisobga olinmagan. Shu boisdan bo‘lsa kerakki, oxirgi yillarda aksariyat kishilar qisqartirmalardan foydalanish o‘rniga o‘zining tilida yoki tanish kishi tushunadigan chet tilda o‘z fikrining qisqacha mazmunini yozadi. Bunday holda uchinchi shaxs nomidan yoziladi, masalan Majid Karimovich (bu kartochkada
yozilgan bo‘ladi) yubiley munosabati bilan tabriklaganingiz uchun
chin ko‘ngildan minnatdorchilik bildiradi.

3.Vizit kartochkalarni topshirishga, olishga qo‘yiladigan etik talablar


Eng yaqin o‘rtoqlarga va tanishlarga vizit kartochkada yozib berishda kartochkada yozilgan o‘zining ismi-sharifi o‘chiriladi va birinchi shaxs nomidan izhor so‘zlari yozilib, imzo chekiladi.
Avvallari ham vizit kartochkalarining to‘rtta burchagida to‘rtta vaziyatning nomini ifodalovchi so‘zlarning bosh harflari yozib qo‘yilgan. Masalan, Rossiyada vizit kartochkasining to‘rt burchagida P, O, J va V harflari yozilgan bo‘lgan. «P» harfi
tabriklashni, «O» - uzoq muddatga dam olishdan oldin xayrlashishni, «J» - sog‘lig‘idan xabar olishni, «V» - uzoq muddatdan keyin qaytabi kelganligini bildiradi.
Agar vizit kartochkalarini sohibining o‘zi uy va ofislarga shaxsan keltirganda adresat uyda yoki ofisda bo‘lmasa, uni shu erda qabul qilingan qoidaga ko‘ra buklab qoldirish qabul qilingan.
Masalan, Rossiyada o‘ng tomonining yuqori burchagini buklab qoldirish qabul qilingan. Agar vizit kartochka xat tashuvchi orqali yuborilganda va adresat bo‘lmaganda kartochka buklanmaydi.

Vizit kartochkalarni topshirish va olish qoidalari


Vizit kartochkalari biznesmenlarning bir-birlari bilan xizmat yuzasidan, konferensiya seminarlarda va boshqa vaziyatlarda birinchi uchrashuvidayoq ularning sohiblari tomonidan tanishayotgan kishiga shaxsan topshiriladi. O‘z mamlakatida
o‘zining vatandosh biznesmenlarga, tanishlarga biznes kartochkasini berishda «birinchi navbatlilik» tamoyiliga qat’iy amal qilinadi.
Martabasi, mansabi, taniqlilik darajasi past bo‘lgan biznesmen tanishishda birinchi bo‘lib o‘zining vizit kartochkasini beradi. Agar bo‘lajak hamkorlarning yuqorida ko‘rsatilgan holatlari bir xil bo‘lsa, birinchi bo‘lib, yoshi kichik
kishi o‘zining vizit kartochkasini berishi kerak. Agar tanishadigan kishilarning ko‘rsatilgan ijtimoiy holatlari va yoshi ham teng bo‘lsa, tanishishga birinchi bo‘lib harakat qilgan biznesmen o‘zining vizit kartochkasini berishi mumkin.
Biznes bo‘yicha bo‘lajak chet ellik biznesmenlar bilan birinchi uchrashuvda uchrashuvni tashkil qilgan mezbon-biznesmen birinchi bo‘lib, mehmonlarga o‘zining vizit kartochkasini beradi.
Vizit kartochkalarini berishga ham qator etik talablarqo‘yiladi. Ular quyidagilardan iborat: ularni berishda kartochka sohibi bo‘lajak hamkorga bo‘lgan hurmatini bildirish maqsadida ozgina engashish tartibi qabul qilingan; bundan tashqari ularni avvaldan tanishlarga berishda rahmatnoma kabi his-tuyg‘ular
bildirish tajribada qabul qilinmagan; vizit kartochkalarini berishda ularni shunday ushlash kerakki, oluvchi tanish uning matnini o‘qishi uchun qulay bo‘lishi kerak; bundan tashqari, vizit kartochkasini berish vaqtida uning sohibi o‘zining ismi-
sharifini tovush chiqarib, tanish eshitadigan ovozda aytishi kerak.
Bu ayniqsa talaffuz qilinishi qiyin bo‘lgan familiyalarning tanish xotirasida saqlanib qolishi uchun katta ahamiyatga ega.
Firma va takilotlarga kelganda vizit kartochka sohibi kelganligi va o‘zi to‘g‘risida ma’lumot berish uchun tashkilot kotibiga (kotiba) berishi mumkin. Bunday harakat biznesmenning oldindan kelishilmagan holda tashrif buyurishida kata ahamiyatga ega.
Tanishlaridan vizit kartochkalarini olayotgan biznesmenlarning harakatiga ham ma’lum talablar qo‘yilgan: ular ham vizit kartochkalarni olishda sal-pal boshlarini egishi va ularni bergan kishilarning oldida familiyalarini tovush chiqarib o‘qishi lozim. Faqat shundagina tanishlarning ismi-sharifini to‘g‘ri talaffuz qilganlik to‘g‘risida ishonch hosil bo‘ladi; vizit kartochkasini olgandan keyin uni bergan kishi oldida kartochkaga belgilar qo‘yish va o‘zining qo‘li bilan aniqliklar kiritish mumkin emas. Bu bo‘lajak hamkorlar uchun hurmatsizlikni bildiradi. Agar aniqlik kiritish lozim bo‘lsa, uni yozish uchun kartochkaning sohibidan iltimos qilish kerak; bundan tashqari, tanishish bo‘yicha olib borilayotgan muloqot davrida olgan vizit kartochkasini birdaniga cho‘ntakka solib qo‘yish ham ahloqsizlik hisoblanadi. Xuddi shunigdek, olgan vizit kartochkalarini uni bergan kishi oldida buklash yoki qo‘lida aylantirib, o‘ynab turish ham beodoblik hisoblanadi; tanishlarning kartochkalarini stol ustida esdan chiqarib qoldirish yoki tanish ketgandan keyin ularni yirtib tashlash ham yangi tanish shaniga nisbatan behurmatlik hisoblanadi.
Biznes bo‘yicha kelishuvlarda vizitkalar bilan almashinuv marosimidan keyin ularni o‘zining qarshisida stol ustida hamkorlar qanday o‘tirishgan bo‘lsalar, shu tartibda joylashtirish kerak.
Agar vizit kartochkasi sovg‘a bilan berilshi kerak bo‘lsa, uni sovg‘a solingan qutiga solib berish kerak. Vizit kartochkasi konvertga solinib, qutichaga qo‘yiladi. Bunday hollarda convert kleylanmaydi. Agar sovg‘a juda ham shaxsiy xarakterga ega bo‘lsa, konvert kleylanib, qutichaga solinadi. Agar vizit kartochka guldastaning ichiga qo‘yib beriladigan bo‘lsa, va rasmiy (vajli) sabablarda (misol uchun bayram) kartochkada uning sohibi ismi- sharifining ustidan biroz yuqoriroqda uning sababi haqida qisqacha yozuv qilinadi.
Agar, xristianlar urf-odatlariga ko‘ra, gul dafn qilish munosabati bilan topshiriladigan bo‘lsa, vizit kartochkada hech qanday qo‘shimcha yozuv qilinmaydi. Bunday holda vizit kartochkasi konvertga solinib, guldasta o‘ralgan materialga
birkitib qo‘yiladi.
Vizit kartochkalarini tavsiyanoma sifatida ishlatishda, vizit kartochkasining usti tomonida tavsiya qilinayotgan kishining ismi-sharifi yozilib, mo‘ljallangan kishiga yuboriladi.
Norasmiy qabulga kimnidir taklif qilish kerak bo‘lsa, vizit kartochkaning yuqori tomonida chaqiriladigan kishining ismi- sharifi yoziladi, pastki qismida esa qabul turi, misol uchun «ertalabki» yoki «kechqurungi» nonushta, o‘tkazilishi joyi, sanasi va vaqti ko‘rsatiladi. Agar vizit kartochkasida berilayotgan ma’lumotlar uchun joy etishmasa, uni alohida otkritkada yozib va uning yoniga vizit kartochkasini qo‘yib, taklif qilinadigan kishiga yuboriladi.
Manzil o‘zgarganda hamkorga yangi kartochka bilan eskisini ham yuborish kerak.
Pochta yoki xat tashuvchilar orqali yuboriladigan vizit kartochkalari maxsus konvertga solinadi. Konvertda qo‘ldan siyohbilan yoki kompyuterda, yoki mashinkada adresatning ismi,familiyasi va lavozimi ko‘rsatiladi. Bitta konvertga bir nechakishi uchun vizit kartochkasi solib yuborilishi ham mumkin. Bunday holda har bir kartochkaning chap burchagining yuqorisida qalam yoki ruchka bilan topshirilishi kerak bo‘lgan kishining ismi, familiyasi yoziladi.
Konvertga solib yuboriladigan vizit kartochkalar buklanmaydi.
Ayol kishiga erkak kishini tanishtirgandan keyin erkak kishi bir hafta ichida ayol kishiga va hayot yo‘ldoshiga, u bilan tanish bo‘lmasa ham, o‘zining vizit kartochkasini yuborishi kerak.
Chet mamlakatlarga borganda vizit kartochkalarini berish va olishga ham qator talablar qo‘yiladi.
Birinchidan, shaxsiy yoki korporativ vizit kartochkalari juda ham toza va ko‘rkam, uning ustida hech narsa yozilmagan bo‘lishi kerak. Ikki tomonlama yozilgan vizit kartochka tanishiga yoki hamkorga uning tilida yoki tushunadigan tilida yozilgan tomoni bilan uzatilishi kerak.
Tanish va partnyorlarning vizit kartochkalarini olishda uni birdaniga cho‘ntakka solib qo‘ymasdan undagi ma’lumotlar bilan
bergan kishi oldida tanishib chiqish va ismi va familiyasining
talaffuz qilinishiga katta e’tibor berish qoidalari qabul
qilingan. Faqat Angliyada vizit kartochkalarini o‘qimasdan ham
birdaniga cho‘ntakka solib qo‘yish mumkin.

Xizmat vizit kartochkalari, ularning mo‘ljallanishi va ulardagi yozuvlar.


Vizit kartochkalari tadbirkorlar, biznes korxonasi xodimlari va rahbarining yuzi hisoblanadi. Shuning uchun ham biznesmenning vizit kartochkasi uning kiyib kelgan kiyimi va minib kelgan avtomobili bilan birga bo‘lajak hamkor va tanishlarda birinchi taassurot qoldirish elementlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Shuning uchun ham vizit kartochka reklama vositasi rolini o‘ynaydi va reklama vositalarining ichida uzoq muddat davomida yashaydiganlardan biri hisoblanadi, chunki televizor yoki radioda beriladigan reklamaning «yashash davri» bir necha minut, gazetalarda beriladigan reklamalar davri bir necha oy bo‘lsa, vizit kartochkalari yillab saqlanishi mumkin.
Shu boisdan ham sifatli tayyorlangan vizit kartochka tanishlar va hamkorlar
albomida chang bosib yotmasdan o‘zining sohibiga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Buning uchun esa vizit kartochka qator etik va dizayn talablariga javob beradigan holda tayyorlanishi va saqlanishi kerak.
Vizit kartochka yarim qalin sifatli karton qog‘ozidan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Undagi yozuvlar shrift bosmaxonada, estetik didga ega bo‘lgan mutaxassis tomonidan kompyuterda terilgan bo‘lishi kerak.
Kartochkalarni shunday saqlash kerakki, u majaqlanmagan, ifloslanmagan va ustiga hech qanday belgilar qo‘yilmagan bo‘lishi shart.
Mablag‘ni tejash maqsadida vizit kartochkalarni biznesmenlarning o‘zlari kompyuterda tayyorlashga yoki tayyorlash uchun arzon bosmaxonani qidirshga harakat qilishadilar.
Aynan vizit kartochkalar bo‘yicha mablag‘ni tejashga harakat qilmaslik
kerak. Bundan tashqari qog‘oz sifati past, shriftlari o‘ta kichik va yomon o‘qiladigan shakllarda, ranglari yoyilib ketgan vizit kartochkalaridan foydalanmaslikka harakat qilish lozim, chunki vizit kartochkasining sifatiga qarab, uning sohibi ko‘rsatadigan
xizmatning sifati to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Vizit kartochkalarida bosmoxona xatolarining bo‘lishiga aslo yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Bunday xatoni topgan bo‘lajak hamkorda, albatta, «bunday savodsizga pulimni ishonib bersam nima bo‘ladi?» degan savolning tug‘ilishi bejiz emas. Aynan shunda sizning yillab yiqqan obro‘yingiz poldan ham pastga tushib
ketishi mumkin.
Yana bir narsaga e’tibor berilishi kerakki, biznesmenning qimmatbaho kostyum kiyshidan va chet elda ishlab chiqarilgan nufuzli avtomobilni minib yurishidan qat’iy nazar, uning vizit kartochkasida yoki korporativ vizit kartochkasida ko‘rsatilgan sayt bepul serverda yoki internetda bo‘lsa ham bo‘lajak hamkor va
tanishlarda yomon taassurot qolishi mumkin.


4. Sovg‘alar va ularni topshirish qoidalari
Hozirgi vaqtda xizmat korxonalarida, shu jumladan biznes korxonalarda xodimlarga, yaqin va tanish kishilarning bir– birlariga sovg‘a berishi an’anaga aylangan. Odatda sovg‘alar bayram, yubiley, tug‘ilgan kunlari, hamkorlar va yaqin
kishilarning bir–birlari bilan uchrashuvi munosabati bilan beriladi.
Sovg‘ani tanlashda va nima munosabat bilan kimga berilishini hisobga olish kerak. Amaldagi etiket qoidalari sovg‘ani, kimga va nima munosabat bilan berilishidan qat’iy nazar, xuddi o‘ziga tanlangandek tanlashni taqozo qiladi. Ayniqsa,
biznes korxonalari xodimlari sovg‘a tanlashga juda ham katta e’tibor berishlari kerak. Ularni tanlashga qo‘yiladigan asosiy
etik talablar qo‘yidagilardan iborat:
birinchidan, sovg‘a o‘zining narxi bo‘yicha qimmat bo‘lmasligi kerak; ikkinchidan barcha xodimlarga beriladigan sovg‘alarning narxlari taxminan bir xil bo‘lishi lozim.
Birinchi talabning mohiyati shundan iboratki,bayramlarda xodimlar ham korxona rahbarlariga ham sovg‘a qilishlari lozim bo‘ladi. Rahbarlar tomonidan xodimlarga
qimmatbaho savg‘o berilishi xodimlarning iqtisodiy jihatdan qiynalib qolishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchi talabni hisobga olmasdan ba’zilarga qimmatbaho sovg‘alar berilganda xodimlar o‘rtasida rahbariyatning korxonada ishlaydigan xodimlarga “bir ko‘z” bilan qaramasligi, hatto bayramlarda ham shaxsiy xizmatlar va tanish bilishliklar hamda jo‘rachilik hisobga olinishi to‘g‘risida yomon fikrlar shakllanishi mumkin.
Amaldagi etiket qoidalariga binoan yuqorida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra, sovg‘alar narxi yozilgan etiketkasiz topshiriladi.
Bundan tashqari berilgan sovg‘a xodimning kayfiyatiga (ko‘rganda) doimo ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan, qiziqishini qondiradigan yoki undan uyda foydalanish mumkin bo‘laoladigan bo‘lishi kerak.
Sovg‘alar bilan xodimlarni taqdirlashda yana shuni sedan chiqarmaslik kerakki, u yoki bu ishga yaqinda kelgan va korxonagaxizmati hali singmagan, rahbarga nisbatan munosabati uncha yaxshi emas y oki e’tiborga uncha loyiq bo‘lmagan lavozimda ishlaydi deb hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.
Xodimlarga sovg‘alarni topshirishda ham etiket qoidalariga rioya qilinishi kerak:
birinchidan, sovg‘a xodimga shaxsan topshiriladi;
ikkinchidan, sovg‘ani topshirishda har bir xodim faoliyatining ijobiy tomonlari alohida ta’kidlanib o‘tilishi shart. Faqat shundagina har bir xodim korxonada o‘ziga yarasha o‘rni borligini va hurmatga sazovorligini his qiladi va mehnati bilan g‘ururlanadi, natijada uning korxona xodimlari va rahbariyatiga bo‘lgan hurmati oshadi hamda mehnatiga bo‘lgan munosabati yana yaxshilanadi.
Sovg‘a berish Markaziy Osiyo respublikalari xalqlariga xos eng yaxshi xislatlardan biri hisoblanadi. Bunday xislat biznes sohasida faoliyat ko‘rsatadigan kishilarga ham mansub, chunki bu erda yashaydigan o‘zbeklar, tojiklar va boshqa mahalliy xalqlar o‘ta mehmondo‘st. Ular nafaqat bir–birlarini, boshqa mamlakatlardan kelgan tanish, hatto notanish mehmonlarni ham ziyofat qilish va
ularga esdalik sovg‘alarini berishdan tashqari, boshqa chet mamlakatlarga o‘zlari borganda ham sovg‘a olib borishadi, chunki Markaziy Osiyo xalqlarining, shu jumladan o‘zbeklarning, borgan mamlakatlar xalqini siylash ularning asosiy urf–odatlaridan biriga aylanib qolgan.
Chet mamlakatlik tanishlar va bo‘lajak hamkorlar uchun sovg‘ani tanlash o‘ta qiyin masala, chunki bu erda original sovg‘ani tanlashdan tashqari uni o‘raydigan materiallar rangini tanlashga hamda borgan mamlakatlarning qonun–qoidalari va urf–
odatlariga ham e’tibor berish lozim bo‘ladi chunki, ba’zi bir mamlakatlarda, masalan, Xitoy, lavozimdagi kishilarga sovg‘a berish davlat qonuniga ko‘ra mumkin emas.

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish