Turizmga yo‘naltirilgan
tizimlar
Turizmda
avtomatlashtirilgan
boshqaruv tizimlari
Kompyuterli bronlash
tizim
Umumiy yo‘naltirilgan
global tizimlar
Internet global
kompyuter tarmog‘i
Sun’iy yo‘ldoshli yo‘l
ko‘rsatuvchi tizim
Telefon tarmog‘i
Elektron to‘lov tizimi
Umumiy yo‘naltirilgan
boshqaruv tizimlari
Mijozlar bilan o‘zaro
munosabatlarni
boshqarish tizimi
Elektron hujjat
aylanmasi tizimi
Axborot tizimlari
Elektron biznes tizimi
Qo‘shimcha yordamchi tizimlar
Ofisga
yo‘naltirilgan
umumiy tizimlar
Huquqiy axborot
tizimlari
Multimediali
tizimlar
Geoaxborot
tizimlari
1.1-rasm.Turizm sohasidagi axborot tizimlari
84
Kompyuterli bronlash tizimi
– xalqaro bronlash tizimi. Keng tarqalgani – bu
global taqsimlangan tizim (Global Distrubion System, GDS) bo‘lib, unga mansub
quyidagi tizimlar mavjud: Amadeus, Galileo, Sabre, Worldspan.
Internet
global kompyuter tarmog‘i
– bu xalqaro axborotlarni saqlash va
uzatish tizimi bo‘lib, dunyo bo‘ylab barcha kompyuter tarmoqlarining
birlashmasidan hosil topgan va yagona tarmoq bayonnomasi TCP/IP asosida
muloqot o‘rnatadi.
Sun’iy yo‘ldosh tizimi
– bu texnikaviy va elektron qurilmalar majmui
bo‘lib, yer atrofidagi obyektning geografik koordinatalarini va harakat
parametrlarini aniqlab beruvchi tizimdir. Hozirgi kunda bunday tizimlar soni
ikkita, bular GPS va GLONASS (ГЛОНАСС). Bunday tizimlar turistlar,
sayohatchilar juda keng tarqalgan.
GPS (Global Positioning System) – obyektning joylashuvini aniqlovchi
tizim, istalgan ob-havoda ham obyektning joylashuvi va tezligini aniqlab beradi.
GLONASS (ГЛОНАСС – Глобальная НАвигационная Спутниковая
Система) – ushbu tizimni hozirgi kunda 24 ta sun’iy yo‘ldosh qo‘llab quvvatlaydi.
Maxsus texnik jihozga ega bo‘lgan obyekt ushbu tizim orqali o‘zining joylashuvini
va vaqtini aniq belgilab beradi.
Telefon tarmog‘i
– nutq uzatishga mo‘ljallangan tarmoq. Telefon tarmog‘i,
ATS «avtomatik telefon stansiyalari» (telefon stansiyalari) deb nomlanuvchi uzib-
ulash bog‘lamalaridan tashkil topgan. Telefon stansiyalari kanallarni uzib-ulashni
ta’minlaydi, abonent tizimlar sifatida esa, birinchi galda, telefon apparatlari
ishlatiladi. Odatda, telefon tarmog‘i kabelli tarmoqqa tayanadi. Shu bilan birga,
telefon radiotarmog‘i ham ishlatiladi. Texnik nuqtayi nazardan quyidagi tarkibiy
qismlari mavjud bo‘ladi: telefon stansiyalari, kommutatsiya tugunlari, aloqa
simlari, abonent qurilmari.
Elektron to‘lov tizimlari
– mahsulotlarga to‘lovlarni kompyuter va magnit
kartalari yordamida amalga oshiruvchi apparatli va dasturiy vositalar majmui.
Masalan, kompyuter tarmoqlari orqali to‘lovlarni amalga oshiruvchi WebMoney
tizimi.
85
Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimi
(Customer
Relationship management, CRM)
– korxonaning mijozlarga xizmat ko‘rsatish
jarayonini avtomatlashtirish tizimi. Ushbu tizim mijozlar bilan o‘zaro
munosabatlarni boshqaradi. Korxona miqyosidagi axborot tizimlari sinfini
shakllantiradi va ularning asosiy vazifasi: mijozlar bilan o‘zaro aloqada ishlashni
rejalashtirish va nazorat qilish, shu jumladan Internet orqali.
Turistik biznes sohasida CRM-tizimlarda bevosita turistik firmaning o‘z
mijozlari, hamkorlari bilan bo‘lgan barcha biznes munosabatlari tarixi saqlanib
qoldi. Bu esa hamkorlar bilan ishlash jarayonini boshqarish samaradorligini
oshiradi, menejerlarni ish faoliyatining sifati oshadi. Bu sohada yaratilgan quyidagi
ilovalar mavjud: amoCRM, ASoft CRM, Marketing Analytic, Data Analyzer,
EasyABC Plus, OROS Enterprise va boshqalar.
Elektron hujjat aylanmasi tizimi
– elektron hujjat aylanishi elektron
hujjatlarni axborot tizimi orqali jo‘natish va qabul qilib olish jarayonlari
yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu
jumladan shartnomalar tuzish), hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni
amalga oshirish hamda boshqa axborotni o‘tkazishda foydalanish mumkin.
Tizim turli kompaniyalarning avtomatlashtirilgan tizimlari orasida standart-
lashtirilgan shakldagi hujjatlari(sotib olishga buyurtma, hisob raqamlari va sh.k.)ni
elektron almashinuvini ta’minlaydi.
Bu sohada yaratilgan quyidagi ilovalar mavjud: E-hujjat, Directum,
DocsVision, GlobusProfessional va boshqalar.
Elektron biznes tizimi
( e-business) – qo‘shimcha qiymatning birlashtirilgan
zanjirini yaratish va hamkorlarning optimal o‘zaro ishlashini ta’minlash uchun
axborot texnologiyalaridan foydadanishga asoslangan Internet – biznes. Bu
elektron savdo tushunchasiga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi. Elektron
biznes quyidagilarni o‘z ichiga oladi: sotuvlar, marketing, moliyaviy tahlil,
to‘lovlar, xodimlarni izlash, foydalanuvchilarni qo‘llash va hamkorlik
munosabatlarini qo‘llash.
86
Elektron biznes tizimi asosiy biznes jarayonlarini Internet texnologiyalari
yordamida o‘zgartiradi. E-biznes deb global axborot tarmoqlarining imkoniyat-
laridan foyda olish maqsadida ichki va tashqi aloqalarni o‘zgartirish uchun
foydalanadigan faollikka aytiladi. Xodimlarning o‘zaro ishlash samaradorligini
oshiruvchi va rejalashtirish hamda boshqarish jarayonlarini optimallashtiruvchi
yagona axborot tarmog‘i (Intranet) asosida kompaniyani ichki tashkillashtirish,
hamkorlar, yetkazib beruvchilar va mijozlar bilan tashqi
o‘zaro ishlash (Ekstranet),
bular hammasi elektron biznesning tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Korxonaning axborot tizimi bilan birlashtirilgan va zamonaviy Internet
texnologiyalarga asoslangan biznes jarayonlarini olib boruvchi tizimdir. Bu sohada
yaratilgan quyidagi korporativ portallar mavjud: Liferay Portal, InfoExchange
Portal, Enterprise Information Portal, WebSphere Portal Server, SharePoint Portal
Server va boshqalar.
Ofis tizimlari
– kompaniyada axborotga elektron qurilmalar yordamida ishlov
berish texnologiyasi. Ma’muriy vazifalarni avtomatlashtish tobora ko‘proq
ahamiyat kasb etmoqda. Bu avtomatlashtirishda hujjatlarga ishlov berish
tamoyillariga muhim rol ajratilmoqda. Ushbu tizimlar bevosita kompyuter
majmualarida, mahalliy tarmoqlarda amalga oshirilmoqda. Bu o‘z navbatida
Office Information System ( OIS – ofisni boshqaruvchi axborot tizimi)
texnologiyalarini paydo bo‘lishiga olib keldi.
Ofisdagi avtomatlashtirilgan texnologiyalar, boshqaruvchilar, mutaxassislar
va ma’muriyat xizmatchilari tomonidan foydalaniladi. Va ular xususan,
muammoni guruh bo‘lib hal etish uchun qulaydir. Ular kotibalar va ma’muriyat
xodimlari ish unumdorligini keskin ko‘taradi va o‘sib boradigan ish hajmini
uddalashga imkon beradi. Ammo ushbu afzallik, ofisni avtomatlashtirishni -
muammoni hal etuvchi uskunaviy muhit sifatida foydalanish oldida ikkinchi
darajali ko‘rinadi.
Menejerlar
tomonidan
qabul
qilinadigan
qarorlarni
yanada
ham
mukammalashgan kommunikatsiyalar asosida yaxshilash, firmaning iqtisodiy
o‘sishini ta’minlashga qodir.
87
1-rasm. Ofisni avtomatlashtirishning asosiy tashkil etuvchilari.
Ayni paytda ofisni avtomatlashtiruvchi texnologiyani ta’minlovchi ko‘p
dasturiy mahsulotlar mavjud: matn protsessori, jadval protsessori, elektron pochta,
elektron kalendar, audiopochta, kompyuterli telekonferensiya, videomatn,
tasvirlarni saqlash va h.k. Bundan tashqari, hujjatlarning boshqaruv faoliyati uchun
maxsus dasturlar ham mavjud.
Axborot-qidiruv tizimlari
(ingl.: information retrieval system) – ma’lumotlar
bazasi va jami axborot resurslarida axborot izlash uchun mo‘ljallangan tizim.
Multimediali tizimlari
– ( multimedia inglizchadan olingan: multi – ko‘p va
media – tashuvchi, muhit ma’nosini anglatadi) - axborotni turli shakldagi
tashuvchilari bo‘lmish tovush, tasvir va matnlar birikmasi.
Multimediada vizual va audio effektlar o‘zaro muloqotli dasturiy ta’minot
boshqaruvida birgalikda namoyon bo‘ladi. Odatda, bu matn, tovush va
grafikaning, so‘nggi vaqtlarda esa – animatsiya va videoning ham birlashishini
bildiradi.
Videotasvir va tovush bilan ishlash uchun apparatli va dasturiy vositalar
majmui ham multimedia sohasiga taaluqli. Multimediaga ega kompyuterlar odatda
Kompyuteriy
ofis
texnologiyalari
Matniy protsessor
Elektron pochta
Audiopochta
Jadval protsessori
Elektron kalendar
Kompyuteriy
konferensiyalar
Telekonferensiyalar
Tasvirlarni saqlash
Videomatn
Boshqaruv dasturlari
Do'stlaringiz bilan baham: |