Mehmonxonalarda axborot kommunikatsion tizimlar



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/185
Sana11.01.2022
Hajmi4,66 Mb.
#348485
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   185
Bog'liq
mehmonxonalarda axborot-kommunikatsion tizimlar

6. Gipermatn texnologiyasi 
 
1965  yil  Nelson  gipermatn  so‘zini  qo‘lladi.  Van  Dam  va  boshqalar  1967 
yilda  gipermatn  tahrirlovchisini  tuzib  chiqdi.  Nelson  1987  yil  ma’lumotlarning 
gipermatn tahrirlovchisini tuzib chiqdi. 
Jeneva  SERN  (CERN)  da    ishlovchi  fizik  Tim  Bernes  Li  1990  yil 
gipermatnli loyihani taklif etdi. Bu loyiha fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot 
natijalarini  o‘zaro  almashish  imkonini  berar  edi.  Shunday  qilib,  Xalqaro  axborot 
tarmog‘i – 
World Wide Web
 (WWW) ga poydevor bo‘ldi.  
Veb-brauzer  –  (yana  boshqacha  nomi  “
  Vеb-sharhlovchi
”)  gipermatnni 
o‘qish, veb-resurslarda navigatsiyalash va ko‘rib chiqish dasturi hisoblanadi. 
Gipermatn
 (ingl.: 
hypertext
 ) - matnni kompyuterda ifodalash shakli. Unda 
ajratilgan  tushunchalar,  obyektlar  va  bo‘limlar    orasidagi  ma’noli  bog‘lanishlar 
avtomatik tarzda qo‘llab-quvvatlanadi. 
Hozirgi paytda axborotlarni tasvirlashning turli uslublarini o‘z ichiga olgan 
va  Internetdan  foydalaniladigan  telekommunikatsion  tizimga  asoslanayotgan 
gipermatnli texnologiyalar va u bilan aloqador multi va gipermedia texnologiyalari 
paydo bo‘lmoqda. 
Axborotlarni  gipermatnli  tasvirlash
  asosida,  ajratilgan  matnli  lavhalar 
orasida  bir-birini  kesib  o‘tadigan  aloqalar  o‘rnatiladigan  va  matnning  bir 
lavhasidan boshqasiga o‘tish qoidalari aniqlanadigan chiziqsiz matn tushunchasini 
kiritish  yo‘li  bilan  an’anaviy  matn  tushunchasini  kengaytirish  g‘oyasi  yotadi. 
Telekommunikatsiya  va  axborot  texnologiyalarining  ta’limda  qo‘llanilishi  yanada 
rivojlangan axborot vositalarini – 
gipermedia tizimlarini
 yaratishga olib keldi. 
Gipermuhit yoki gipermedia
 deb, tarkibiga axborot turlari (matn, rasm, ovoz, 
video)  kirgan  gipermatnga  aytiladi.  Hozirgi  paytda  juda  ko‘p  elektron  axborotli 
multimedia ensiklopediyalari,  ma’lumotnomalar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar 
yaratilyapti.  Ularning  har  biri  o‘zaro  mantiqan  bog‘langan,  rasm,  videolavhalarni 
birlashtiruvchi  gipermedia-tizimdan  iboratdir.  Ularning  bir  qismlari  sayt 
ko‘rinishida  Internetda  joylashtirilmoqda.  Maxsuslashtirilgan  multimedia 


 
176 
texnologiyasini  paydo  bo‘lishi  tufayli  turli-tuman  axborotlarni  zamonaviy  AKT  
vositalaridan foydalanib taqdim etish imkoniyati yaratildi. 
Giperbog‘lanish  (ingl. 
hyperlink
  )  –  gipermatnli  hujjatning  bir  qismi  bo‘lib, 
ushbu  yoki boshqa  bir hujjatning  elementiga  (masalan, fayl,  matn, sarlavha, rasm 
va b.) o‘tishni bajaradi.  
Bu yerda uchraydigan tushunchalar bitta ma’noga ega, bular: Giperbog‘lanish; 
Giperaloqa; Gipermurojaat; Giperhavola. 
Giperbog‘lanish    html-hujjatning  istalgan  elementi  orqali  amalga  oshirilishi 
mumkin  va  odatda  uni  brauzer  boshqa  elemendan  farqliroq  qilib  tasvirlaydi 
(masalan, rangi bilan  ajratadi). Ushbu element  faolligi  bilan boshqalaridan  ajralib 
turadi, ya’ni kursor unda o‘z shaklini o‘zgartiradi.  
Agar giperbog‘lanish orqali foydalanuvchi oldinroq o‘tgan bo‘lsa, unda uning 
ham rangi boshqacha tasvirlanadi.  
Agar giperbog‘lanish Internetda joylashgan obyektga o‘tishini belgilash kerak 
bo‘lsa,  unda  giperbog‘lanishda  uning  to‘liq  URL  manzili  ko‘rsatilgan  bo‘lishi 
kerak.  
Agar ko‘rsatilgan manzilda  obyekt mavjud bo‘lmasa, u holda brauzer xatolik 
borligini ma’lum qiladi.    
Misol sifatida, html-hujjatdan namunalar keltiramiz. 
1) 
 1-Matn  
- hujjatning o‘zida ”#manzil” joyiga o‘tishni  bajaradi, faqatgina ushbu manzil 
hujjatda quyiudagicha ko‘rsatilishi lozim:  
 2-Matn  
2) 
   
- hujjatning o‘zida ”#1-bob” joyiga o‘tishni  rasm orqali bajaradi.  
3) 
O

zbekiston Milliy axborot agentligi   
- hujjatdan 
http://uza.uz/
 veb-saytiga  o‘tishni   bajaradi.  


 
177 
 

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish