1.
Kommutatsiyali ulanish
- Dial-Up, bunda ulanish oddiy modem bilan
telefon raqamini terish orqali telefon simi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda
analogli telefon tarmog‘idagi ma’lumotlarni uzatish tezligi 56 Kbit/s gacha
bo‘ladi.
2.
Ajratilgan liniya orqali ulanish
- kommutatsiyasiz ulanish, bunda ulanish
telefon raqamisiz telefon stansiyalararo ajratilgan liniya orqali amalga oshiriladi.
Bunday ulanish yuqori tezlikli Internetga ulanishni ta’minlab beradi va oddiy
o‘rama juftlik sim orqali amalga oshiriladi. Bunday ulanish kommutatsiyasiz va
doimiy bo‘ladi, shu bilan oddiy telefon aloqasi bilan farqlanadi. Unda
ma’lumotlarni uzatishda 100 Mbit/c tezlikka erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |