Rejalashtirishning sifat darajasi quyidagi muhim shartlar bilan aniqlanadi: boshqarishni barcha bo‘g‘inlarida firma rahbariyatining kompetentligi; funksional bo‘linmalarda ishlovchi mutaxassislar malakasi, tajribasi, ko‘nikmasi; axborotlar bazasining mavjudligi va kompyuter texnikasi bilan ta’minlanganligi. Rejalashtirish quyidagilarni nazarda tutadi: maqsadlarni asoslangan holda tanlash; siyosatni aniqlash; chora va tadbirlarni ishlab chiqish; maqsadlarga erishish usullari; navbatdagi uzoq muddatli qarorlarni qabul qilish uchun asosni ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |