Mehmonxona xo’jaligi korxonalarida buxgalteriya hisobini takomillashtirishning o’ziga xos xususiyatlari



Download 26,21 Kb.
bet2/3
Sana29.03.2023
Hajmi26,21 Kb.
#922788
1   2   3
Bog'liq
Raximov Faxriddin Maqola

Tahlil va natijalar. Mehmonxona xo’jaligi faoliyatini tahlil qilish uchun mavjud iqtisodiy resurslar va uning jami kapiatli toʻgʻrisida umumiy ma’lumot toʻplash va shu asosda umumiy resurslarning bugungi va kelajakdagi zaxiralarini aniqlash lozim. Albatta, bu miqyosdagi ishni bajarish uchun, avvalambor, ishonchli ma’lumotlar, tajribali buxgalterlar, zamonaviy texnologiyalar talab etiladi. Bundan tashqari, bu ishni amalga oshirish uchun juda koʻp vaqt kerak boʻladi. Bu ishlarni bir tizimga solish va tahlil qilish uchun esa avtomatlashgan tizim zarur. Bunday tizim, kompyuter texnologiyalari takomillashuvi bilan chambarchas bogʻliq. Shu bilan birgalikda, mehmonxona faoliyatidagi buxgalteriya ishlarni soddalashtirish, ortiqcha qog’ozbozlik ishlarini kamaytirish, vaqtdan yutish va albatta xarajatlarni kamaytirish uchun bizga zamonaviy kompyuter dasturlari va elektroni hujjatlar tizimi zarur boʻladi. Mazkur tizimining asosiy vazifalari – bu barcha ma’lumotlarni yigʻish va qayta ishlov berish vositasida avtomatlashgan raqamli ma’lumotlar bazasini yaratish va uni kelgusida tahlil qilishdan iborat. Bunday takomillashgan buxgalteriya tizimi orqali olingan ma’lumotlar tahlil etilib, barcha turdagi buxgalteriya va soliq hisobotlarini tayyorlashda qoʻllaniladi. Bu tizim buxgalterga an’anaviy usulda yaratiladigan hisobotlardan farqli ravishda moliyaviy hisob tahlilini yaratishda va uni analiz qilishda judayam yoram beradi.
Elektron hujjat aylanishining turlari:

  • ishlab chiqarish hujjatlari aylanishi;

  • boshqaruv hujjatlari aylanishi;

  • arxivlash (arxiv ish jarayoni uchun protseduralar to'plami);

  • HR ish jarayoni (HR yozuvlari protseduralari);

  • Ichki buxgalteriya hujjatlari aylanishi;

  • ombor hujjatlari aylanishi;

  • maxfiy tijorat sirlari va maxfiy ofis ishlari;

  • texnik va texnologik hujjatlar aylanishi.

Shubhasiz, mehmonxonada qancha xizmat turlari mavjud bo'lsa, shuncha ko'p ish oqimi tizimlari bo'lishi mumkin, shu sababli takomillashgan buxgalteriya tizimlari ommaviy ravishda rivojlanmoqda. Elektron hujjatlar aylanishini avtomatik nazorat qilish orqali samarali buxgalteriya tizimi va barcha turdagi hisobotlarni shaffofligini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bundan tashqari, xalqaro standartlarga mos keladigan buxgalteriya tizimini yaratish va moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yaratish ushbu tizimning muhim vazifalardan biridir.
Har bir xodimning faoliyatini rasmiylashtirish va kadrlar moslashuvchanligini ta'minlash ham juda muhimdir. Mehmonxona faoliyatida ichki buxgalteiya tekshiruvlarini o’tkazish, bo'limlar faoliyatini tahlil qilish, faoliyatdagi "qaynoq nuqtalarni" aniqlash zarur. Mehmonxona biznesida buxgalteriya jarayonlarini optimallashtirish va ularni amalga oshirish va nazorat qilish mexanizmini avtomatlashtirish lozim. Bu subyektning ichki aylanmasidan qog'oz hujjatlarini kamaytirish va tashkilotda hujjat aylanishini boshqarish xarajatlarini qisqartirish orqali ham resurslarni tejashga olib keladi. Takomillashgan buxgalteriya tizimida operatsion elektron arxiv mavjudligi sababli qog'oz hujjatlarni saqlash zaruriyatini bartaraf etish yoki sezilarli soddalashtirish va xarajatlarni kamaytirish mumkin. Buxgalteriya tizimida elektron arxivlarni shakllantirish va takomillashtirish mehmonxona faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega. Elektron arxiv – bu buxgalteriya ma'lumotlarini samarali saqlash tizimining alohida holati. Ma’lumki, elektron hujjat aylanish tizimlari - bu mehmonxonada yuzaga kelayotgan xarajatlar o'zgaruvchanligini tushunish uchun muhim hisoblanadi. Mehmonxonada takomillashgan buxgalteriya tizimining asosiy vazifalaridan biri bu agar buxgalterlar, koxona rahbari va boshqaruv kengashi a’zolari ular geografik hudud jihatdan ajratilgan bo'lsa ham, tashkilotdagi barcha sodir bo’lgan operatsiyalarni va ular asosida yaratilgan buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarni masofadan turib kuzata olish imkoniyatini yaratib berishdir.
Xulosa: Raqamli iqtisodiyot zamonaviy buxgalterning imkoniyatlarini kengaytirmoqda, takomillashgan buxgalteriya hisobi mehmonxonada buxgalteriya tiimini sifati va tezkorligini oshiradi, turli xil hisob kitoblarni integratsiyalashning zamonaviy innovatsion yondashuvlarini shakllantiradi. Shaxsiy kompyuterlar va maxsus buxgalteriya dasturlari yordamida qogʻoz ishini avtomatlashtirilgan hisob bilan almashtirish buxgalterni muntazam ishdan ozod qilish va ularning ish natijalarini yaxshilash imkonini beradi. Bugungi kunda buxgalterning kundalik faoliyatiga tatbiq etiladigan barcha onlayn buxgalteriya operatsiyalarini, banklarni va axborot texnologiyalari portfellarini ishlab chiqarish imkonini beruvchi maxsus Internet-xizmatlar paydo boʻldi. Bulutli texnologiyalar axborotni saqlash va qayta ishlash uchun internetda boʻsh joy ijarasi xizmatini yaratib bermoqda. Bulutli texnologiyalar buxgalteriya hisobi hujjatlaridan foydalanish uchun yetarli afzalliklarga ega, ammo kamchiliklar ham mavjud, ularning asosiy qismini uzluksiz internet aloqasi tashkil etadi.
Xulosa yakunida shuni aytish mumkinki, ilg'or, zamonaviy buxgalteriya tizimlaridan mehmon xo’jaligi faoliyatida yaratish bu mehmonxona biznesini tahlil qilish, iqtisodiy va moliyaviy muammolarni o’z vaqtida aniqlash uchun xizmat qiladi.

Download 26,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish