TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYАLARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
DASTURIY INJINIRING FAKULTETI
AXBOROT XAVFSIZLIGI YO’NALISHI
640-22 GURUH TALABASI
MEHMONALIEV YAHYOBEKNING
FALSAFA FANIDAN
REFERATI
JAMIYAT RIVOJINING FALSAFIY TAXLILI
REJA:
1. Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida.
2. Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi.
3. “Madaniyat” tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funksiyalari Sharq va G‘arb madaniyatlarining o‘zaro bir-biriga ta’siri.
4. Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati.
5.Jamiyat taraqqiyotining falsafiy tahlili
Jamiyat hayoti asrlar osha olimlar va faylasuflarning tadqiqot ob’ektibo‘lib kelmoqda. U turli fanlar, chunonchi: sotsiologiya, tarix, siyosatshunoslik, huquqshunoslik,etnografiya, iqtisodiy nazariya va hokazolar doirasida o‘rganiladi. Muayyan fanlardan farqlio‘laroq, falsafaning vazifasi tarixiy jarayonning umumiy jihatlarini o‘rganishdan iborat. Falsafamuayyan hodisalarning sabablari nimada degan savolga javob topish vazifasini o‘z oldigaqo‘ymasada, tarix fanining metodologik asoslarini yaratadi, mazkur sabablarni aniqlashganisbatan qanday yondashish kerak, degan savolga javob beradi. U dunyoqarashga doir o‘zmo‘ljallariga tayanadi, ijtimoiy va gumanitar fanlarning kategoriyalar apparatini ishlab chiqishdaishtirok etadi. O‘z kategoriyalarining ijtimoiy mazmunini yoritar ekan, falsafa shunga asoslanibmuayyantarixiy jarayonlarni tahlil qilishni amalga oshiradi. Tarix falsafasining muammolaridanbiri bu tarixiy jarayonning birligi muammosi va tarixni davriylashtirish tamoyillarini belgilashdir.Falsafaning vazifasi jamiyat hayotining asosiy negizlarini, uning tizim tashkil etadiganomillarini aniqlashdan iborat.Jamiyat tabiatning bir qismi, ya’ni ijtimoiy borliq bo‘lib, odamlar uyushmasiningmaxsus shakli, kishilar o‘rtasida amal qiladigan juda ko‘plab munosabatlar yig‘indisi, deganturlicha ta’riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchimurakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keladi.Jamiyat moddiy va ma’naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiyva ma’naviy hayot birbiridan keskin farqlanar edi. Moddiy hayot tadqiqiga ko‘proq e’tibor berilar.Xolbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog‘liq. Xuddiinson tanasini uning ruhidan ajratib bo‘lmagani singari, jamiyatning moddiy va ma’naviy jihatlariniham birbiridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo‘yish mantiqqa ziddir Prezident Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va ma’naviy manfaatlarini uyg‘unlashtirish ijtimoiytaraqqiyot asosi ekani ta’kidlangan. Inson ma’naviyatini yuksaltirish orqaligina iqtisodiyrivojlanishga erishish mumkin. SHuning uchun ham xozirgi davrda aholi ma’naviyatiniyuksaltirishga, milliy g‘oya va mafkura asoslarini shakllantirishga katta e’tibor berilyapti. Zero,kishilar iqtisodiy jihatdan qashshoq bo‘lgani uchun ilmsiz bo‘lmaydi, balki, aksincha — ilmsiz
bo‘lgani uchun qashshoq bo‘ladi. SHuning uchun yurtimizda xalq ma’naviyatini yuksaltirish orqaliiqtisodiy farovonlikni ta’minlashga katta e’tibor berilyapti. Jamiyatning vujudga kelishi Kishilarnioila bo‘lib, jamoa bo‘lib uyushishga nima majbur qilgan, degan masala qadim zamonlardanoqulug‘ mutafakkirlar e’tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish uni ilohiy kuch, xudobilan bog‘lab izohlashdir. Dunyoviy qarashlarga ko‘ra, odamlar o‘zlarining moddiy va ma’naviyehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo‘lib birlashishga ko‘nikkan. Kishilarhayotiy tajriba, aql va tafakkur tufayli jamiyat bo‘lib yashashning qulay, afzal va zarurliginitushungan. Bu jarayonda o‘zaro munosabatlarga kirishgan kishilar ana shu munosabatlarnitakomillashtirish, yanada rivojlantirish orqali ma’naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biribilan yaqinlashtirgan, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish imkonini bergan. Ijtimoiymunosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy shakllari — oila,davlat, jamoa (qishloq, shahar) vujudga kelgan. Odamlar o‘rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy,ilmiy, falsafiy, xuquqiy, iqtisodiy, mafkuraviy kabi munosabatlarning barchasi bir so‘z bilan
ijtimoiy munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma’naviyehtiyojlarini qoldirishga yordam beradi. Ular mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarursharti hisoblanadi. Masalan, oila, davlat, ta’lim-tarbiya, mahalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz insonva jamiyat o‘z mohiyatini yo‘qotadi.
Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi: kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy shart-sharoitlar; oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqilg‘i, kommunikatsiya vositalari; moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish; ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlarmajmui;moddiy boyliklar, tabiiy zahi-ralar.Jamiyatning ma’naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to‘g‘risidagiqarashlar, nazariyalar, ta’limotlar, G‘oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’limtarbiya,axborot vositalari, madaniyat, ilmfan muassasalari va boshqa-lar kiradi. Jamiyatning moddiy vama’naviy hayotini boshqarish, kishilar o‘rtasi-dagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy,institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o‘rin tutadi. Jamiyatniboshqarishning siyosiy,xuquqiy jihatlari ham muhimdir. Kishilar tamonidan siyosiy va huquqiybilimlarning chuqur o‘zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim ahamiyat,kasb etadi.
Jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi nazariyalar. Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning,mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi Gegeljamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L. Feyerbax din bilan bog‘lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan.Fransuz mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviytaraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K. Marksjamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o‘zgarishlar bilan bog‘lagan, barchijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun’iyravishda mutlaqlashtirgan va ziddiyatlarni hal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobniamalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bundaynazariyaning bir yoqlama va xato ekanini ko‘rsatdi. Jamiyat taraqqiyoti ko‘p bosqichli jarayonekani to‘g‘risidagi qarashlar AQSH faylasufi O. Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bundayqarashga ko‘ra jamiyatlar taraqqiyotiga binoan, agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrialjamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizatsiyali yondashuv g‘oyasiilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko‘ra har bir xalq o‘zining betakror, noyob, o‘ziga xos vao‘ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan holda, boshqa xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanishorqali ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos modelini yaratadi.
Qadimgi davrdayoq faylasuflarni qadriyatlar muammosi qiziqtirgan. Ammo o‘sha davrdaqadriyat borliq bilan ayniylashtirilgan, qadriyatga xos bo‘lgan xususiyatlar esa uning mazmunigakiritilgan. Masalan, Zardo‘sht, Moniy, Suqrot va Platon uchun yaxshilik va adolat kabiqadriyatlar haqiqiy borliqning bosh mezonlari hisoblangan. Bundan tashqari, qadimgi faylasuflarqadriyatlarni tasniflashga harakat qilganlar. Xususan, Moniy zulmat va ziyo dunyosi mavjud,
birinchi dunyoda adolatsizlik, zulm, zo‘ravonlik, ikkinchisida esa abadiy, engilmas doimiyqadriyatlar hukm suradi deb hisoblaydi Aristotel o‘ziga to‘q qadriyatlarni (ular jumlasiga faylasufinson, baxt, adolatni kiritgan) va anglab etish imkoniyati insonning oqilligiga bog‘liq bo‘lgannisbiy qadriyatlarni farqlaydi.Turli falsafiy davrlar va ularda mavjud bo‘lgan falsafiy maktablar qadriyatlartushunchasining shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Masalan, O‘rta asrlarda g‘arbda hamsharqda ham qadriyatlar diniy xususiyat kasb etgan va ilohiy mohiyat bilan bog‘langan.Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida.
Jamiyat fanga ma’lum tizimlar orasida eng murakkabi bo‘lib, uni o‘rganish jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi. Jamiyat hayoti juda faol bo‘lib, har bir xalq o‘zining alohida, betakror tarixiga ega. Jamiyat hayotining barcha jarayonlari bir-biri bilan shu darajada uzviy bog‘liqki, ba’zan turli vaziyatlarda belgilovchi va belgilanuvchi jarayonlar o‘rin almashadi. Tarixiy jarayonda tasodiflar va sub’ektiv omil ayniqsa, muhim rol o‘ynaydi. Muayyan fanlardan farqli o‘laroq, falsafaning vazifasi tarixiy jarayonning umumiy jihatlarini o‘rganishdan iborat. Falsafa, muayyan hodisalarning sabablari nimada, degan savolga javob topish vazifasini o‘z oldiga qo‘ymasa-da, tarix fanining metodologik asoslarini yaratadi, mazkur sabablarni aniqlashga nisbatan qanday yondashish kerak, degan savolga javob beradi. U dunyoqarashga doir o‘z mo‘ljallariga tayanadi, ijtimoiy va gumanitar fanlarning kategoriyalar apparatini ishlab chiqishda ishtirok etadi. O‘z kategoriyalarining ijtimoiy mazmunini yoritar ekan, falsafa shunga asoslanib, muayyan-tarixiy jarayonlarni tahlil qilishni amalga oshiradi. Tarix falsafasining muammolaridan biri bu tarixiy jarayonning birligi muammosi va tarixni davriylashtirish tamoyillarini belgilashdir. Falsafaning vazifasi jamiyat hayotining asosiy negizlarini, uning tizim tashkil etadigan omillarini aniqlashdan iborat. Tarix falsafasida dunyoqarashga doir mo‘ljallarining rang-barangligi bilan ajralib turadigan ko‘plab oqimlar va yo‘nalishlar mavjud bo‘lgan. Shu sababli har bir faylasuf, odatda, o‘z mo‘ljallariga amal qiladi, nafaqat dunyoni, balki jamiyatni ham o‘ziga xos tarzda tushuntiradi. Madaniy-tarixiy tiplar g‘oyasi. XIX asrda madaniy-tarixiy tiplar nazariyasi vujudga kelgan bo‘lsa-da, aslida bu haqdagi dastlabki qarashlar Forobiy ijodiga mansub. Forobiy insonlar jamiyatini ikki madaniy-tarixiy tiplarga ajratadi. Birinchisi to‘liq jamiyat bo‘lib, u o‘zida a) Yer yuzidagi jami insonlarni qamrab oluvchi yirik jamiyat, b) Yerning muayyan qismida yashovchi bir millat yoki bir dinga mansub kishilarning o‘rta jamiyati v) muayyan qavm yoki dinga mansub bir shahar jamiyatini qamrab oladi. Ikkinchisi bir qishloq, ovul, yoki bir oiladan iborat bo‘lgan to‘liqsiz jamiyat25. Forobiy fikricha, «Eng yaxshi fazilat va oliy darajadagi komillikni kichik birligi shahar hisoblanadigan madaniy jamiyat ichidagina qo‘lga kiritish mumkin.
. Jamiyatni to‘liq va to‘liqsizga ajratar ekan, Forobiy shahar to‘liq jamiyatning birinchi bosqichidir deb e’tirof etadi. Platon va Aristotel esa to‘liq jamiyatni shahar bilan chegaralaganlar va shahar insoniyat jamiyati takomilining oxirgi darajasi, jamoaviy baxt saodatning bosh markazi deb ta’kidlaganlar. Forobiy esa, butun dunyodagi jamiyat haqida fikr yuritib, uning xukmdori qandaydir alohida olingan xalq, qavm yoki jamoa boshlig‘i emas, balki butun madaniy dunyodir deb ta’kidlaydi va bu fikri bilan yunon faylasuflaridan ilgarilab ketadi. Fuqarolik jamiyati, davlat, demokratiya. Hozirgi zamon jamiyati o‘ta murakkab va faol ijtimoiy tizimdir. Umuman olganda, uni quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan jamiyat sifatida tavsiflash mumkin: • u spontan tarzda vujudga keladi va biron-bir boshlang‘ich g‘oyani o‘zida mujassamlashtirmaydi, jamiyatning barcha a’zolari uchun muqarrar bo‘lgan olamshumul maqsadga ega bo‘lmaydi; • u o‘z hayotining barcha tomonlarini yagona markazdan nazorat qilmaydi; • unda muvofiqlashtirishga muayyan umumiy maqsad va yagona markazga bo‘ysunish hisobiga emas, balki xulq-atvor umumiy qoidalariga rioya etish hisobiga erishiladi; • mazkur jamiyatning iqtisodiy asosi xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik, markazlashtirishdan chiqarilgan bozor tizimi va raqobatdir; • uning individlari erkin va mustaqil bo‘lib, qonun bilan muhofaza etiladigan shaxsiy hayot sohasiga egadirlar, bu hayot doirasida ular o‘zlari istagan har qanday qarorlarni mustaqil ravishda qabul qilishga haqlidirlar; • individlar shak-shubhasiz va uzviy fundamental huquqlar va erkinliklarga, shu jumladan fikrlash va so‘z erkinligi, uyushmalar va tashkilotlar tuzish erkinligi, vijdon erkinligi, bir joydan boshqa joyga ko‘chib yurish erkinligi, o‘zi istiqomat qiladigan mamlakatni tanlash erkinligiga egadirlar; • bu ko‘ppartiyaviy jamiyat bo‘lib, unda siyosiy partiyalar hech qanday bevosita ommaviyhokimiyat vakolatlariga ega emaslar; • davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning vakillik organlari aholi tomonidan saylanadi; • hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari bir-biridan ajratilgan. Zamonaviy jamiyatning umumiy tavsifida quyidagi tushunchalar markaziy o‘rinni egallaydi: fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat, ko‘ppartiyaviylik, demokratiya, hokimiyatning bo‘linishi, xususiy mulk, bozor, shaxs erkinligi va suvereniteti. Fuqarolik jamiyati – davlat hokimiyati organlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvidan qonunlar bilan muhofaza etilgan ixtiyoriy uyushmalar va tashkilotlar majmui. Zamonaviy jamiyatda davlat odamlarning shaxsiy hayotiga aralashmaydi, ularni yagona mafkura va qadriyatlar yagona tizimini qabul qilishga majburlamaydi.Kishilarning rang-barang manfaatlari, ularning hamkorlikdagi harakatlari orqali ro‘yobga chiqariladi, bunga erishish uchun ular davlat oldida hisobdor bo‘lmagan ixtiyoriy birlashmalar va uyushmalarga birlashadilar. Odamlarning manfaatlarini aks ettiradigan nodavlat, nohukumat tashkilotlari fuqarolik jamiyatini tashkil etadi. Ular rasmiy statistikaga kirmaydi va ularning hisobini yuritish ancha qiyin ish. Chunonchi, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda yuz minglab bunday tashkilotlar faoliyati 25 mingdan ortiq xayriya fondlaridan mablag‘ bilan ta’minlanadi. Norvegiyada bu mamlakat fuqarosi hisoblangan har olti kishidan biriga bitta nohukumat tashkiloti to‘g‘ri keladi. XIX asr fransuz sotsiologi A.de Tokvil Amerikada demokratiyani qo‘llab- quvvatlovchi ijtimoiy sharoitlar to‘g‘risida mulohaza yuritar ekan, amerikaliklarning fuqarolik va siyosiy tashkilotlar tuzishga bo‘lgan moyilligiga alohida e’tiborni qaratgan: «Turli yosh, mavqe va qiziqishlarga ega bo‘lgan amerikaliklar turli xil uyushmalarga ixtiyoriy ravishda birlashadilar.
Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi.
Sivilizatsiya so’zi insoniyat tarixidagi sifat chegarasini belgilash bilan bog’liq. Ushbu tushunchaning yuzaga kelishi Ma’rifatparvarlik davridagi Yevropa fani va adabiyotining yutug’idir. Ammo sivilizatsiya haqidagi ilk tushunchalar ancha ilgari yuzaga kelgan. Qadimgi davrlardayoq insonlar o’zlarining dunyolarini o’zgalar dunyosi bilan solishtira boshlashgan. Antik davrda sivilizatsiya so’zi bilan belgilanmasa-da, o’z taraqqiyot darajalariga varvarlikni qarama-qarshi qo’yganlar.
Sivilizatsiya so’zi lotincha sivilis - fuqarolikka, davlatga, shaharga taalluqli ma’nolarini anglatuvchi o’zakdan kelib chiqqan. U "silvaticus", ya’ni lotinchadan tarjima qilganda qo’pol, yovvoyi so’ziga qarshi ma’noda qo’llanilgan. Sivilizatsiya tushunchasi “madaniyat” tushunchasi bilan uzviy bog’liq ravishda paydo bo’lgan. Dastlab madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari sinonim sifatida qo’llanilgan, ammo bora-bora bu ikki atama o’rtasida farq paydo bo’ldi. Masalan, nemis faylasufi I.Kant bu tushunchalar o’rtasidagi yaqinlik va tafovut mavjudligini ko’rsatib o’tgan edi. Ko’pchilik faylasuflar “sivilizatsiya” deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, “madaniyat” deganda esa faqat uning ma’naviy qadriyatlarini tushunishgan. XX asr boshlariga kelib, nemis faylasufi O.Shpengler “Yevropa quyoshining so’nishi” asarida madaniyat va sivilizatsiya tushunchalarini bir-biriga qarama-qarshi qo’ydi. Uning fikricha, sivilizatsiya madaniyatning eng yuqori bosqichi bo’lib, undan keyin esa madaniyat asta-sekin inqirozga yuz o’giradi. Nemis faylasufi sivilizatsiya deganda texnik- mexanik jarayonlar majmuini nazarda tutgan.
Madaniyatning paydo bo’lishi insoniyatning yovvoyilikdan keyingi davri bilan bog’liq bo’lsa, sivilizatsiya - tarixiy jarayon, ijtimoiy hodisadir. Sivilizatsiyaning rivojlanishi jamiyatni yuksaltirishga olib keladi, natijada bu jamiyat fuqarolar erkinligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Sivilizatsiyali hayot insonni madaniyatli qiladi va uning har tomonlama kamol topishi uchun shart-sharoit yaratadi.
Sivilizatsiya kategoriyasining serqirraligi va ko’p serma’noligi tufayli unga aniq ta’rif berish mushkul. “Sivilizatsiya” ning yuzdan ortiq ta’riflari mavjud bo’lib, har bir o’ziga xos ta’rifida ijtimoiy hayotning ma’lum tomonlari, jihatlariga alohida urg’u beriladiki, bu umuman sivilizatsiyaning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyatini to’laroq anglab etishga xizmat qiladi.
Sivilizatsiya tushunchasining tarixiy-falsafiy mohiyati – tarixiy jarayonning birligi va ushbu jarayon davomida insoniyatning moddiy-texnik hamda ma’naviy yutuqlarning majmui. Sivilizatsiya umumjahon tarixiy jarayonining ijtimoiylikning ma’lum darajasiga erishish bilan bog’liq bosqichini ham anglatadi. Sivilizatsiyaning yana bir ma’nosi - madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr sivilizatsiyasi, Mesopotamiya sivilizatsiyasi va b.). Sivilizatsiya madaniyatso’zining sinonimi sifatida, ko’pincha moddiy madaniyat ma’nosida ham qo’llaniladi.
Shveytsariyalik tarixchi J.Starobinskiyning fikricha, sivilizatsiya tushunchasini ilk bor fransuz iqtisodchisi Viktor Riketi Mirabo (1715-1789 yy) o’zining “Qonunlar do’sti” asarida qo’llagan. 1767 yilda u shotlandiyalik ma’rifatparvar Adam Fergyusson (1723-1816) asarida paydo bo’ldi. O’shanda ushbu atama madaniy taraqqiyotning umumiy darajasini anglatgan. Sivilizatsiya ma’rifatsiz xalqlarga, qorong’u feodalizm davri va o’rta asrlarga qarama-qarshi qo’yilgan. A.Fergyusson ibtidoiy jamiyat tarixini davrlashtirish mezoni sifatida “madaniyatning o’zlashtirish darajasini” ilgari surdi: yovvoyilik, varvarlik, sivilizatsiya. Keyinchalik shved olimi S.Nilson bu davrlashtirishni bir oz to’g’irladi va to’ldirdi: yovvoyilik, nomadizm (yunon. nomados – ko’chib yuruvchi, ko’chmanchilik), dehqonchilik va sivilizatsiya.
Ma’rifatparvarlik davridagi ensiklopediyalarda sivilizatsiya tushunchasi taraqqiyot konsepsiyasi bilan uyg’unlashib ketdi. Fransuz faylasuf ma’rifatparvarlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni sivilizatsiyalashgan jamiyat deb bilganlar.
Sivilizatsiya tushunchasiga turlicha mazmun berish davom etdi va XVIII asrdan “sivilizatsiya” tushunchasi tarixchilar lug’atidan mustahkam o’rin oldi. Shu davrdan sivilizatsiyaning turli nazariyalari shakllana boshladi. XIX asr boshlaridayoq sivilizatsiyalar to’g’risida ko’plikda fikr yuritila boshlandi, bu esa xalqlar sivilizatsion taraqqiyotining rang-barangligini tan olishni anglatardi.
O’z asarlarida tarixning yo’nalishi, shuningdek tarixiy jarayonda yagonalik va rang-baranglikning o’zaro nisbati muammolarini ayniqsa to’la qamrab olgan dastlabki tadqiqotchilardan biri italyan faylasufi Jambatissta Viko (1668-1744) o’zining “Millatlar umumiy tabiati haqidagi yangi fan asoslari” deb nomlangan risolasida jahon tarixining barcha xalqlar uchun yagona bo’lgan tarixiy aylanma harakat sifatidagi dunyoviy konsepsiyasini ilgari surgan. Viko fikriga ko’ra, barcha xalqlar o’z rivojlanishida bir xil bosqichlardan o’tadi: ibtidoiy varvarlik (“xudolar asri”)dan feodalizm (“qahramonlar asri”) orqali demokratik respublika yoki konstitutsiyaviy monarxiya (“sivilizatsiya asri”) sari harakatlanadi. Har bir tsikl mazkur jamiyatning umumiy inqirozi va parchalanishi bilan tugaydi. Tsikl yakunlangach, rivojlanish jarayoni yangilanadi va ayni shu bosqichlardan, lekin yuqoriroq darajada o’tadi. Vikoning g’oyalari madaniyatlar va sivilizatsiyalarning rivojlanishida tsikllilik nazariyalari (Danilyevskiy, Shpengler, Toynbi)ga asos bo’lgan.
Madaniyat – bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratigan moddiy va ma’naviy boyliklar majmuigina bo’lib qolmay, ayni paytda bu jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi ya’ni, jamiyatdagi bilim, ma’zon va qadriyatlarning yig’indisi madaniyatda gavdalanadi. Madaniyatni o’rganishda obyektiv qonuniyatlar, hodisalardagi sababiy bog’liqlik haqidagi ma’naviy tasavvurlardan foydalanmaslik ham mumkin. Umumiy bir soha sifatida madaniyatga sistemali yondashuv bir-biriga ta’sir etuvchi turli madaniyat sohalarining o’ziga xos xususiyatlari bo’lib emas balki ularni yaxlit tasavvur etish imkoniyatini beradi. Sistemali yondashuv taraqqiyotining juda ko’p imkoniyatlaridan foydalanishga imkon yaratadi. Aynan, sistemali yondashuv madaniyatga o’ziga xos shaklda munosabat bildirgan kishilar hayot faoliyati sohalari, madaniyat institutlari tashkil topib, ular aniq tuzilmaga va aniq vazifalarga ega bo’lgan holda ijtimoiy munosabatlar tamoyili, komunikatsiya, madaniy namunalarni tashkil qilib madaniyat tizimini belgilaydi.
Madaniyatni ilmiy izohlab uning tarixiy mazmuni va ma’nosi ijtimoiy, tarixiy bilimlar tizimidagi o’rni va mavqeyini asoslab beradi. “Madaniyat’’ atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rang-barang ma’nolarda ifodalangan. ”Madaniyat” va “kultura” atamalari mutaxasislar fikriga ko’ra ayni ma’noni anglatib, lotincha “ishlov berish”, “parvarish qilish” ma’nosini anglatgan. Keyinchalik “ma’rifatli bo’lish”, “tarbiyali”, “bilimli bo’lish” mazmunida ishlatilgan. O’zbek tilida keng ishlatiladigan “Madaniyat” atamasi arabcha “madaniy” – “shaharlik” dagan ma’noni bildiradi. Agar Amerikalik madaniyatshunos olimlar A.Kreber va K.Klakxonlarning 1952-yildagi ma’lumotlarga ko’ra madaniyat hodisasiga berilgan ta’rif 164 ta bo’lsa so’nggi adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni tashkil etadi.
Qadimi Rim “madaniyat” - tushunchasi hayotni ma’naviy jihatdan yanada yaxshilashga va tozalashga qaratilgan g’amxurlik degan ma’noda ham foydalanilgan. Ko’rinib turibdiki ”Madaniyat” tushunchasi xilma-xil talqiniga qaramay qadimdan hozirgi kungacha o’z mohiyatini o’zgartirmagan.
- Hozirgi davrdagi madaniyaning ilmiy tushunchasi insoniyat tomonidan yaratilga va yaratilishi davom etayotgan ma’naviyat, ruhiyatining uziga xosligini anglashi natijasida vujudga keldi. Insoniyatning ”Tabiiy” turmush tarzi shaklida yashagan davrda : ya’ni terib iste’mol qilish, ov qilish, baliq tutish, chorvadorlik va dehqonchilik bilan shug’ullangan vaqtlarida madaniyat to’g’risidagi fikrning tug’ulishi munozaralidir. Oddiy, bir maromda rivojlanuvchi jamiyatda inson o’z madaniyati bilan “qo’shilib” yashagan. Urf-odatlar, e’tiqodlar hayotning moddiy va ijtimoiy shakillari undan farq qiladi. Madaniyatning avtonomiyasi namoyon bo’lishi bilan muayyan darajada texnikaning rivojlanishi va mehnatning ijtimoiylashuviga erishish talab etiladi. Shu asosida madaniyat asta-sekinlik bilan insoniyatdan tobora ko’proq mustaqqil bo’lib boradi. Insonning esa madaniyatga tobeliga ortadi.
Insoniyat jamiyati doimiy rivojida bo’lib, u o’zgarib takomillasib boradi. Turli tarixiy davrlarda va xilma-xil madaniyatlarda odamlar dunyoni o’zgacha anglaydilar va qabul qiladilar, o’zlariga xos ravishda tasavvurlari va bilimlarini hosil qiladilar.
Madaniyat – jamiyatning mahsuli, ijtimoiy hayotning keng jabhalaridan biridir. Madaniyatsiz jamiyat bo’lmaganidek, madaniyat ham jamiyatdan tashqarida mavjud bo’lmaydi. Murakkab ijtimoiy voqeylik sifatida madaniyatning o’ziga xos xususiyati shundaki, u insoniyat avlodlarining mehnati va bilimlarini o’ziga singdirib oladi, saqlayda va doimiy boyitib boradi. Madaniyat ijtimoiy hayotning vorisligi, qadriyatlarini to’plashi va ularni kelgusi avlodlarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan sohalarni ifodalaydi.Ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida madaniyatni jamiyatda tutgan o’rni, jamiyatning mazmuniga va tahlil qilinayotgan ijtimoiy borliqning xususiyatlariga bog’liqdir. Ijtimoiy jarayon kishilarning hatti-harakati, ya’ni sotsial faoliyati madaniy idiallarini, qadriyatlarni, normalarni qaror toptirilishi yoki barham berilishida vosita vazifasini, shuningdek kishilarning ijtimoiy va shaxsiy munosabatlarining shaxslar aro va guruhlar aro aloqalari shakli vasifasini ham bajaradi.Madaniyat kishilarga tana azolari, instinktlar yoki tug’ma iste’dod kabi tabiatdan berilmaydi, har bir individ o’zining shaxsiy tajribasi asosida, mustaqil ravishda bevosita tevarak atrofidagi kishilarning, jamiyatning va o’tgan avlodlarning to’plagan tajribalarini o’zlashtiradi. Shaxsning shakillanishi jarayonida madaniyatning moddiy dunyosini ham boyitadi. Shuningdek inson madaniyat normalariga amal qilgan holda nafaqat tabiatni va jamiyatni, balki shaxsiy “tabiat”ni ham o’zgartiradi. Madaniyat shaxsning ichki dunyosi mazmuniga, “ikkinchi tabiati”ga aylanadi.
Inson tabiatning oliy mahsuli bo’lib, uning mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig’indisi bilan belgilanadi. Inson ayni paytda ham tarixni taraqqiyotning mahsuli, ham uning sub’yektidir. Ijtimoiy munosabatlar insonni ijtimoiy vujudga aylantiradi, dunyoqarashini shakillantiradi. Inson ishlab chiqarish jarayonida faqat narsalar yaratib qolmay, o’zini, o’z shaxsiyatini ham qayta yaratadi. Bu jarayonda inson o’zini takror ijod qiladi va u ijtimoiy mavjuddir. Odam ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish natijasida shaxsga aylanadi. Aqliy madaniyat – jamiyat, sotsium, induvidlar tomonidan aqliy kamolot me’yorlariga erishish darajasidir. Kundalik turmushda, kishilar faoliyatida amal qiladigan va o’zlashtiriladigan axloqiy qadriyatlar, axloqiy kamolot me’yorlari bilan bog’liqdir. Axloqiy madaniyat – tarkibiga axloqiy ong, axloqiy munosabat va axloqiy faoliyat kiradi.
Estetik madaniyat – insonning ma’naviy – hissiy faoliyat bina bog’langan qadriyatlar tizimini ifodalaydi. Estetik madaniyat jamiyat madaniyatining iqtisoslashtirilagan qismi bo’lib, uning holatini san’at va estetik munosabatlar rivojlanishi bilan bog’lab tushuntirish mumkin.Sharq Uyg’onishi, Sharq Renessansi haqida gap ketganda turli soha olimlari-tarixchilar, adabiyotshunoslar, madaniyatshunoslar va san`atshunoslar bu masalaga befarq bo’lmaganlaridek, qarashlar ham asosan ikkiga bo’linadi. Uyg’onish atamasi (ital`yancha-fransuzcha-Renaissans-Uyg’onish) ni dastavval shu madaniyat sohiblari-italyan gumanistlari ishlatganlar jumladan italiyalik yozuvchi J.Bakachcho bu atamani Djotto ijodiga qarata, «u antik san`atni uyg’otdi» deb birinchi bor ishlatgan edi. Butun bir davrni anglatuvchi tushuncha sifatida san`at tarixchisi J.Vazari (1511-1574 y.) tarafidan uning «Mashhur san`atkorlar hayotidan lavhalar» kitobida (1550) tilga olingan. Bu tushuncha birinchi paytda antik madaniyat an`analarini Italiyada «ming yillik yovvoyilikdan so’ng» tiklanishini anglatib, so’ngroq ilmiy tadqiqotlarda keng ishlatila boshlandi. Ya.Burxart Uyg’onish (Renessans) ni alohida tipdagi madaniyat deb baholadi. Masalaga qiziqish ortib, ilmiy izlanishlar ko’paya borgani sayin Uyg’onish tushunchasi, bu davr madaniyatining xronologik va geografik chegaralari, uni davrlashtirish xususida ziddiyatli, turlicha fikrlar bildirila boshlandi. Y.Xeyzing o’zining «o’rta asrchilikning kuz fasli» asarida Uyg’onish davri-o’rta asr madaniyatining intixo davri deb hisoblasa, boshqa olimlar Uyg’onish davri yangi davr madaniyatining boshlanishi deb sanaydilar. Ko’pchilik olimlar Yevropa Uyg’onish klassik tarzda davrlashtirib u XIV-XVI asrlarga xos deb bilsalar, boshqalar Uyg’onish madaniyatini bir muncha ilgariroq XII asr – Karolinglar Renessansidan boshlab, Ispaniya, Italiya shimolidagi mamlakatlardagi (Shimoliy Uyg’onish) Uyg’onishni XVII asr bilan yakunlaydilar. Diniy mazmundagi san`at asarlari o’zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Dalvarzintepadagi ikki ibodatxonadan topilgan tasviriy san`at namunalarida qadim ibodat timsoli buyuk ona xudo obrazi ifodalangan. Ko’hna Termizdagi Qoratepa, Fayoztepadagi ehromlarini buddaga dahldor yodgorliklar bezab turibdi. Ushbu asarlarda Shimoliy-G’arbiy Hindistonga xos «gandxara uslubi» ustuvorlik qilsada, unda mahalliy san`at ustalarining yunon san`ati an`analari ta`sirida ijod qilganligi sezilib turadi. Baqtriya-Budda uslubidagi buyuk ijod namunasi Ayritom shahridagi, eramizning II asriga oid budda majmui bezaklari bo’lib unda turli etnik tipdagi obrazlar galereyasi berilgan.Kushon san`ati Kushon imperiyasidan keyin ham ana shu zamonlar turli ellardagi, jumladan, Markaziy Osiyo, Hindiston va Xitoylik san`at ustalari va ijodkorlarini ruhlantirib keldi. Kushon san`ati an`analari ifodasi Hindistondagi Gupta davlatiga xos haykallar, Sug’ddagi bo’rtma tasvir va bezaklar (Panjikent, Vuraxiva, Afrosiyob), Sharqiy Turkiston topilmalarida bir-biridan farqlanadi.
Kushonlar imperiyasi davrida (I-III asrlar) Markaziy Osiyoda sug’orma dehqonchilik, hunarmandlik, shaharsozlik, savdo-sotiq va iqtisodiy aloqalar ravnaq topdi. Bunga Kushon-Baqtriya yozuvlari, brahma va kharoshhi hind alifbosidagi yozuvlar, kushon tangalari guvohlik beradi. Buddizm dinning rasmiy darajasi budda ibodatxonalarining o’sha zamon san`ati bilan bezatilishida namoyon bo’ladi. Termiz yaqinidagi Ayritomdan topilgan ibodatxona tashqi devori peshtoqlariga sarg’ishroq toshlardan haykallar o’rnatilgan. Bino ichida g’ishtdan ishlangan «Budda» haykalining qoldiqlari topilgan. Haykallarning ishlanish uslubi, kiyimi, musiqa asboblari Hindiston, o’rta Osiyo, Yunoniston madaniyatlarining o’zaro ta`sirida rivojlanganligidan dalolat beradi. Buni Xorazm, Farg’ona, Sug’d, Parfiyadan topilgan turli xil buyumlar, madaniy obidalar, topilmalar timsolida ham ko’rsatish mumkin. Kushonlar davrida shaharlar qurilishi keng rivojlandi. Shaharlar qalin devorlar bilan o’ralib, ichida ark va arkning atrofida har xil binolar qad ko’targan Sopol idishlar nihoyatda nafis va jarangdorligi hamda xilma-xilligi bilan ajralib turgan. Amaliy san`at keng taraqqiy etgan. Zeb- ziynat buyumlari mehnat va jang qurollari yasash, mato to’qish rivojlangan. Umuman, Kushonlar davri madaniyati Markaziy Osiyoning eng cho’qqisi hisoblanib, ma`lum hudud va zamon bilan chegaralanmaydi. Bu madaniyat Old Osiyo, Markaziy Osiyo, Antik va Hind madaniyatlari yutuqlarini o’zida jamlab, qo’llab Sharq xalqlarining o’rta asrdagi madaniyati rivoji uchun asos bo’ldi va jahon madaniyati tarixida o’chmas iz qoldirdi. O’zbekistonda Sharq Uyg’onish davri masalasi mahalliy materiallarni umumlashtirgan holda yetarli ishlanmagan. Markaziy Osiyo mintaqasidagi Uyg’onish haqida gap borganda IX-XII asrlar avvalo xorijiy madaniyat va qaror topgan islomiy eti`qodga nisbatan rivojlangan va boyigan qadimiy madaniyat negizida milliy Uyg’onish deb qaralmog’i lozim. Markaziy Osiy uzoq yillik tarixida ko’p bosqin va talonchiliklarni ko’rdi, ularga qarshi ozodlik va mustaqillik uchun kurash olib bordi. haqiqat shundaki, har bir bosqindan so’ng milliy davlatchilik va madaniyat tiklandi. Mustaqillikka intilish g’oyasi va harakati o’zga xalqlar tomonidan yaratilgan madaniyatlarni inkori emas. Markaziy Osiyo madaniyatida umuminsoniy ahamiyatga molik jamiki madaniyat yutuqlari ijodiy uyg’unlashganidek, ayni paytda mintaqa madaniyati boshqa xalqlar madaniyatlariga samarali ta`sir ko’rsatdi va ularni boyitdi. Uyg’onish davri madaniyatining buyuk namoyondalari o’z ijod, izlanishlarida bevosita qadimgi madaniyat merosga tayandilar. Avvalgi ma`ruzada Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi yunonlar, rimliklar, mesopotamiyaliklar, hindistonliklar va xitoyliklarning madaniyati bilan yaqindan tanish bo’lganligi, bu tillarni yaxshi bilganliklarini qayd etgan edik. Yurtni xarobaga aylantirgan, madaniy yodgorliklarni xonavayron qilgan, ilm ahllarini quvg’in etgan (Ibn Kutayba) arab bosqiniga qaramay, qadimgi boy madaniyat izsiz yo’qolmadi. Islom butun madaniyatga, tilga, udum-an`analarga ma`lum darajada o’z ta`sirini o’tkazgan bo’lsada, uning mohiyati o’zgarmadi. Bu xalqimizga xos ezgulik, mehr-shafqat, insonparvarlik, xayr-muruvvat, oqko’ngillik, bag’rikenglik, ilmga tashnalik, o’zga xalqlarga ishonch ehtirom fazilatlaridir. Yunon, Hind, Xitoy madaniyatini juda yaxshi bilgan Markaziy Osiyoning ilm ahligina o’zga xalqlarni boshqalar madaniyati bilan yaqindan tanishtirishi mumkin edi. Shuning uchun ham mashhur matematik al-Xorazmiy Hindlarning hisob tizimini, Farobiy Yunonistonlik Arastuning falsafiy ta`limotini, Ibn Sino Gippokrat tibbiyotini yangi davrda yangi bosqichga ko’tardi, imom al-Buxoriy islomiy ta`limotni asosladi Muhammad Payg’ambardan keyingi ikkinchi shaxsga aylandi. O’rta Osiyo zaminida temuriylar davri ilm-fan, adabiyot, san`at sohalarida kamolot bosqichiga ko’tarildi. Temuriylar davlatining qudrati ayniqsa me`morchilikda namoyon bo’ldi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan «qudratimizni ko’rmoq istasang- binolarimizga boq!» degan yozuv Temur davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar edi. Temur davrida Movarounnahr shaharlari qurilishida istehkomlar, shoh ko’chalar, me`moriy majmualar keng ko’lam kasb etadi. Ilk o’rta asrlardagi shaharning asosiy qismi bo’lgan «Shahriston»dan ko’lam va mazmuni bilan farq qiluvchi «Hisor» qurilishini Samarqand va Shaxrisabzda kuzatish mumkin. Temur davrida Kesh shahar qurilishi yakunlandi. «Hisor»ning janubi-g’arbida hukumat saroyi Oqsaroy va atrofida rabotlar, bog’-rog’lar qurildi.
Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an`analarimiz qayta tiklanib, yanada
rivojlangandagina jamiyatimizda o’tkazilayotgan islohatlar muvaffaqiyatli amalga
osha oladi, chunki ma`naviy barkamol, ma`rifatli, ruhan bardam, yangicha
tafakkurlash qobiliyatiga ega insongina istiqlol va taraqqiyot yo’lini sharaf bilan o’taoladi. SHunday ekan, xalqimizning boy madaniy merosi, yuksak ma`naviy
qadriyatlarini chuqur va atroflicha o’rganib, ularni Respublikamizda yashovchi har bir insonning ongiga singdirib, ayniqsa yosh avlodni ma`naviy etuk, fidoyi etib tarbiyalash hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan hisoblanadi.
“Qadriyatlar falsafasi” fanidan tuzilgan ushbu ma`ruzalar matnida
qadriyatlarning mohiyati va asosiy turlari, tabiiy, moddiy, ma`naviy, ijtimoiy-siyosiy,
ahloqiy qadriyatlarning o’tmishdagi ahvoli, ularning mustaqillik sharofati bilan
tiklanishi, istiqboli, hadriyatlarning islohotlarni chuqurlashtirib, jamiyatimizni
yangilashdagi, inson ma`naviy barkamollgi, uning dunyoqarashi, bunyodkorlik
faolligini, yuksak insoniy fazilatlarini shakllantirishdagi o’rni, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligi, milliy qadriyatlarimizning jahon
hamjamiyatiga kirishdagi vositachilik roli kabi dolzarb masalalar haqida fikr
yuritiladi. Respublikamizda ta`lim tizimini isloh qilish, va ta`lim-tarbiya ishlarini
takomillashtirish shu kunning muhim vazilaridan biri bo’lib qolmoqda. Bu esa o’z
navbatida oliy o’quv yurtlaridagi tegishli kafedralar zimmasiga o’quv
predmatlarining dasturlari hamda dasrlik va o’quv qo’llanmalarni xozirgi zamon
talablari va ilm-fanning keyingi yutuqlarini xisobga olgan holda yangilab borish,
O’zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan so’ng o’quv rejasiga kiritilgan
yangi fan-predmetlar bo’yicha o’quv dasturlari va darsliklar yaratish vazifasini
yuklaydi. Zero, ming yillar davomida to’plangan boy ma`naviy merosni avaylab-
asrab, uni zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan ijodiy boyitib, kelajak avlodning
tafakkuri, dunyoqarashini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosid shakllantirib,
ularning bunyodkorlik faoliyatini oshirish-mustaqillik poydevorini
mustahkamlashning asosiy garovidir. Hech bir xalq o’zini anglamasdan, milliy
madaniyati va qadriyatlarini avaylab-asrab saqlamasdan turib boshqa xalqlarning
qadriyatlariga xurmat-izzat bilan qaray olmaydi. SHuning uchun qadriyatlarning
tiklanishi umuminsoniy qadriyatlar sari rivojlanishining yakkayu-yagona yo’lidir.
«Qadriyatlar falsafasi» fani mustaqil O’zbekistonimizning kuch-qudrati
xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga nechog’li sodiqligiga bog’liq ekanligidan
kelib chiqib, milliy qadriyatlarning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashib
ketish jarayoni, ularningtaraqqiy etishiuchunzarur bo’lgan imkoniyatlarning paydo
bo’lishjarayoni, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligi
masalalarining qay ahvolda bo’lganligi va qay tarzda xal etilganligiga alohida urg’u beradi. Istiqlol tufayli kiritilgan yangi «Aksiologiya» o’quv predmetining ahamiyati uning ijtimoiy fanlar orasidagi o’rin, ular bilan o’zaro aloqasi va o’zaro ta`siri hamda tarbiyaviy funktsiyalari bilan belgilanadi.
Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an`analarimiz qayta tiklanib, yanada
rivojlangandagina jamiyatimizda o’tkazilayotgan islohatlar muvaffaqiyatli amalga
osha oladi, chunki ma`naviy barkamol, ma`rifatli, ruhan bardam, yangicha
tafakkurlash qobiliyatiga ega insongina istiqlol va taraqqiyot yo’lini sharaf bilan o’ta oladi. SHunday ekan, xalqimizning boy madaniy merosi, yuksak ma`naviy
qadriyatlarini chuqur va atroflicha o’rganib, ularni Respublikamizda yashovchi har bir insonning ongiga singdirib, ayniqsa yosh avlodni ma`naviy etuk, fidoyi etib tarbiyalash hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan hisoblanadi.
“Qadriyatlar falsafasi” fanidan tuzilgan ushbu ma`ruzalar matnida
qadriyatlarning mohiyati va asosiy turlari, tabiiy, moddiy, ma`naviy, ijtimoiy-siyosiy, ahloqiy qadriyatlarning o’tmishdagi ahvoli, ularning mustaqillik sharofati bilan tiklanishi, istiqboli, hadriyatlarning islohotlarni chuqurlashtirib, jamiyatimizni yangilashdagi, inson ma`naviy barkamollgi, uning dunyoqarashi, bunyodkorlik
faolligini, yuksak insoniy fazilatlarini shakllantirishdagi o’rni, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligi, milliy qadriyatlarimizning jahon
hamjamiyatiga kirishdagi vositachilik roli kabi dolzarb masalalar haqida fikr
yuritiladi. Respublikamizda ta`lim tizimini isloh qilish, va ta`lim-tarbiya ishlarini
takomillashtirish shu kunning muhim vazilaridan biri bo’lib qolmoqda. Bu esa o’z
navbatida oliy o’quv yurtlaridagi tegishli kafedralar zimmasiga o’quv
predmatlarining dasturlari hamda dasrlik va o’quv qo’llanmalarni xozirgi zamon
talablari va ilm-fanning keyingi yutuqlarini xisobga olgan holda yangilab borish,
O’zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan so’ng o’quv rejasiga kiritilgan
yangi fan-predmetlar bo’yicha o’quv dasturlari va darsliklar yaratish vazifasini
yuklaydi. Zero, ming yillar davomida to’plangan boy ma`naviy merosni avaylab-
asrab, uni zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan ijodiy boyitib, kelajak avlodning
tafakkuri, dunyoqarashini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosid shakllantirib,
ularning bunyodkorlik faoliyatini oshirish-mustaqillik poydevorini
mustahkamlashning asosiy garovidir. Hech bir xalq o’zini anglamasdan, milliy
madaniyati va qadriyatlarini avaylab-asrab saqlamasdan turib boshqa xalqlarning
qadriyatlariga xurmat-izzat bilan qaray olmaydi. SHuning uchun qadriyatlarning
tiklanishi umuminsoniy qadriyatlar sari rivojlanishining yakkayu-yagona yo’lidir.
«Qadriyatlar falsafasi» fani mustaqil O’zbekistonimizning kuch-qudrati
xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga nechog’li sodiqligiga bog’liq ekanligidankelib chiqib, milliy qadriyatlarning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashib
ketish jarayoni, ularning taraqqiy etishi uchun zarur bo’lgan imkoniyatlarning paydo bo’lishjarayoni, milliy, mintaqaviy va umuminsoniyqadriyatlarning mushtarakligi masalalarining qay ahvolda bo’lganligi va qay tarzda xal etilganligiga alohida urg’u beradi. Istiqlol tufayli kiritilgan yangi «Aksiologiya» o’quv predmetining ahamiyati uning ijtimoiy fanlar orasidagi o’rin, ular bilan o’zaro aloqasi va o’zaro ta`siri hamda tarbiyaviy funktsiyalari bilan belgilanadi.
Qadriyat- voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiyaxloqiy, madaniymaʼnaviy ahamiyatini koʻrsatish uchun qoʻllanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar, mas, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, goʻzallik, moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana, urf-odat va boshqalar Q. hisoblanadi. Ijtimoiy fanlarning qaysi sohasida Q.ga doir tadqiqot olib borilgan boʻlsa, bu tushunchaga shu jihatdan taʼrif berishga intilishgan. Holbuki Q. aksiologiyaga xos kategoriyadir. Q.ni aksiologiya nuqtai nazaridan talqin qilish uni kategoriya sifatidagi mohiyati, mazmuni, obʼyektiv asosi, namoyon boʻlish shakllari va xususiyatlarini oʻrganish imkonini beradi. Q. kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qimmatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega boʻlgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar. talab va tartiblar va boshqalarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy jarayonlar taʼsirida kishilarning Q.lar toʻgʻrisidagi qarashlari oʻzgarib boradi. Tarixiy zaruriyatga qarab goh u, goh bu Q. ijtimoiy taraqqiyotning oldingi safiga chiqadi. Mas, yurtni yov bosganida — ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiklol, urush davrida — tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, kasal yoki bemorlikda — sihatsalomatlikning qadri oshib ketadi. Q.lar ijtimoiytarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida oʻz tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega. Q.lar mehnat, ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar oʻrtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, xattiharakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati, xattiharakatini maʼlum yoʻnalishga buradigan, tegishli meʼyorga soladigan maʼnaviy hodisaga aylanadi. Q.lar umumbashariy, milliy, shaxsiy boʻlishi mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim tomonlarini, qonunqoidalarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan Q.lar umumbashariy xususiyatga ega. Bunday Q.lar oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan, abadiy Q.lardir. Muayyan bir elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, maʼnaviyati, urf-odat va anʼanalari, oʻtmishi va kelajagi bilan bogʻliq
Adabiyotlar:
Madaniyatshunoslik maruzalarmatni. E.Gulmetov, T.Qobiljonov,Sh.Ernazarov, A.Mevrulov T.2002yil.
Falsafa:ma'ruzlar matni Т.2000.
Jaloliddin Rumiy. Ma'naviy masnaviy. Т., «Sharq», 1999.
Abu Ali Ibn Sino. Falsafiy qissalar. (A.Irisov taijimasi. Т., 1980).
Do'stlaringiz bilan baham: |